Bunday MBBT taqsimlangan qayta ishlashni ta’minlamaydi. Ma’lumot baza serveri modeli. Ma’lumot baza serveri modelida, ilova ham asosan ishchi stansiyalarda bajariladi. Ilovaga foydalanuvchi va biznes – qoida bilan muloqot tashkil qilish uchun model kiritilgan. MBBT yadrosi barcha ishchi stansiyalar uchun umumiy bo‘lib, u serverda ishlaydi. MBBT murojaat qilish operatori (SQL – operatorlar) AD – amaliy dasturga kodlanib kiritilgan bo‘lsa ham, ishchi stansiyada bajarilmaydi. U qayta ishlash uchun serverga jo‘natiladi. MBBT yadrosi indekslar va boshqa qo‘shimcha (oraliq) ma’lumotlar murojaat qilib, so‘rovni translyasiya qiladi va uni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |