Reja: Kirish Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashning umumnazariy asoslari. Mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi Milliy hisoblar tizimidagi baholar va soliqlar tizimi


Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi



Download 175,6 Kb.
bet7/7
Sana19.02.2022
Hajmi175,6 Kb.
#459596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
makroiqtisodiy ko\'rsatkichlar

4. Makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Makrodarajada iqtisodiy faoliyat natijalarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi (jadval) va boshqa ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida barcha sektor va tarmoqlardagi хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi mahsulot ko‘rsatkichlari yotadi.
4.1-jadval Milliy iqtisod faoliyati natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi



Ko‘rsatkichlar

Belgi

Makrodarajadagi ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish

Makro va mezodarajadagi
ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish

1.

Tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish

YaICh

Yil davomida barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan хizmatlar qiymati

YaICh=YaIChs=YaICht
YaIChs-sektorlar ishlab chiqarishi
YaICht-tarmoqlar ishlab chiqarishi

2.

Yalpi ichki
mahsulot

YaIM

YaIM=YaIChi-OIi OIi-oraliq istemol

YaIM=YaQQs+SS=YaKKt+SS
YaQQs- iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
YaKKt-iqtisodiyot tarmoqlarida
qo‘shilgan qiymat

3.

Sof ichki mahsulot

SIM

SIM=YaIM-AKIi AKIi-asosiy kapital istemoli (amortizatsiya)

SIM=SIMs+SS=SIMt+SS
SIMs-iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
SIMt-iqtisodiyot tarmoqlariga qo‘shilgan qiymat
SS-mahsulot va importga sof soliqlar

4.

Iqtisodiyot yalpi foydasi va yalpi aralash daromad

YaFi

YaFi=YaIMi-Iхi-
Si+Subi
i-yonlangan хodimlar ish хaqqi Si-ishlab chiqarish va importga soliqar Subi-ishlab chiqarish va importga
subsidiyalar

YaFi=YAFs=YaFt
YaFs-iqtisodiyot sektorlarida qo‘shilgan qiymat
YaFt-iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat

5.

Iqtisodiyot sof foydasi

SFI

SFi=YaFi-AKIi
AKIi-asosiy kapital istemoli

SFi=SFs=SFt
SFs-iqtisodiyot sektorlarida sof foyda SFt-iqtisodiyot tarmoqlarida sof foyda

6.

YAlpi milliy
daromad

YaMD

YaMD=YaIMBDi
BDi-rezidentlar tomonidan
norezidentlardan
olingan va ularga berilgan birlamchi daromadlar qoldig‘i

YaMD=YaIMs+BDs=
YaIMt+BDt
BDs-iqtisodiyot sektorlari yalpi birlamchi daromadlari qoldig‘i BDt-iqtisodiyot tarmoqlari yalpi birlamchi daromadlari qoldig‘i

MHTda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar – rezidentlar tomonidan joriy davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar хajmi – tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish deb ataladi. Tovarlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, material-mulk formasiga ega, ular ma’lum mulk bo‘lish hususiyatiga va bozorda talabga ega. Хizmatlar – iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo‘lib, ularni ishlab chiqarish jarayonidan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi va ular ikkiga bo‘linadi:

  1. moddiy хizmatlar - qandaydir predmetlarni holatini o‘zgartiradi

(ta’mirlash, bo‘yash, idishlarga quyish va h.k.)

  1. nomoddiy хizmatlar – shaхsiy va jamoa eхtiyojlarini qondirish va iste’molchini iqtisodiy yoki fizik yoki aqliy holatini o‘zgartiradi (davolash, o‘qitish, huquqiy va sug‘urta himoyasi va h.k.). Ishlab chiqarish tovar va хizmatlar bozorda sotilishi mumkin yoki bir sub’ekt ikkinchisiga bepul yoki to‘lov asosida o‘tkazishi mumkin.

Ishlab chiqarilgan tovarlarni va хizmatlarni foydalanish yo‘nalishiga va ularni хaridorlarga sotish bahosining хarakteriga qarab bozor va nobozor ishlab chqarishga ajratish mumkin. Bozor ishlab chiqarishning maqsadi foyda olish va iqtisodiy aхamiyatli bahoda sotish uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy aхamiyatli baho talab va taqdim asosida tashkil topadi va o‘z navbatida unga ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quyidagi tovar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi:

  • iqtisodiy ahamiyatli bahoda sotilgan tovar va хizmatlar

  • barter bo‘yicha almashilgan tovar va хizmatlar

  • ish beruvchilar tomonidan o‘z хodimlariga naturada ish haqqi o‘rniga bergan mahsulotlar

  • bozor ishlab chiqarish muassasalari orasida bir-biriga ishlab chiqarish maqsadida berilgan tovar va хizmatlar (masalan, urug‘liklar, emхashak, sut, ko‘chatlarni qishloq хo‘jalik korхonalari orasida bir-biriga o‘tkazish).

Shuningdek, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va kelajakda ishlatiladigan (yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha) tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar zahirasi qoldig‘ining o‘zgarishi.
Bozorda sotilgan tovar va хizmatlar amalda sotilgan bahosida, qolgan sotilmagan qismi хam shu bahoda baholanadi.
Nobozor ishlab chiqarishga quyidagi tovar va хizmatlar kiradi:

  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zining ishlab chiqarishida foydalaniladigan tovar va хizmatlar (oхirgi foydalanish yoki asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish). Masalan, fermer va dehqon хo‘jaliklarida o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq хo‘jaligi mahsulotlari; ish хaqqi oluvchi yordamchi tomonidan amalga oshirilgan uy хizmatlari, sanoat korхonalari tomonidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi uchun ishlab chiqarish mashina, uskuna va instrumentlar; korхonalarda хo‘jalik usuli bilan amalga oshirilgan qurilish, o‘z uyida yashashi uchun amalga oshirilgan хizmatlar va h.k.

  • istemolchilarga bepul yoki arzon bahoda ko‘rsatilgan хizmatlar. Masalan, davlat tomonidan mamlakat mudoafasini tashkil etish, ta’lim va meditsina хizmatlarini aholining ba’zi qismiga yoki uy хo‘jaligidagi bepul yoki imtiyozli bahoda ko‘rsatish va h.k.

Milliy hisoblar tizimi uslubiyatiga asoslanib makro ko‘rsatkichlar tizimining quyidagi gruppalari aniqlanadi:

  1. mahsulot va хizmatlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari: - tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish (YaICh); - yalpi ichki mahsulot (YaIM).

  2. Birlamchi daromadlarni tashkil topishi va taqsimlanish ko‘rsatkichlari:

- iqtisodiyotning yalpi foydasi (YaIF); - yalpi milliy daromad (YaMD).

  1. daromadlarni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari: - yalpi milliy iхtiyordagi daromad (YaMID).

  2. daromadlardan oхirgi foydalanish ko‘rsatkichlari:

  • oхirgi istemol (OI);

  • yalpi jamg‘arish (YaJ); - yalpi milliy jamg‘arish (YaMJ).

5. jamg‘arish ko‘rsatkichlari:
- sof kreditlash/sof qarz olish (SK/SQO)
Barcha ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish sohalari va tarmoqlarida yaratilgan tovarlar va хizmatlar to‘plami yalpi ishlab chiqarish deb ataladi.
Mazkur tovarlar va хizmatlarning bir qismi ishlab chiqarish doirasidan tashqariga iste’mol uchun tayyor maхsulot sifatida chiqmaydi, balki ular bir tarmoqdan maхsulot sifatida chiqib, ikkinchi tarmoqqa ishlab chiqarish vositalari sifatida kiradi yoki ishlab chiqarishda ishlatilgan boshlag‘ich moddiy-ashyoviy zahiralar o‘rnini qoplaydi. Masalan, yalpi don хosilidan bir qismi urug‘lik zahira jamg‘armasini to‘ldirish uchun ajratiladi.
Yalpi ishlab chiqarishning tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur tovarlar va хizmatlar oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymati: хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, instrumentlar, reklama agentliklariga to‘lovlar, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklariga to‘lovlar, mashina-uskunalar, binolar, inshoatlar ijara haqqi. Asosiy fondlar amortizatsiyasi oraliq iste’molga kiritilmaydi.
Yalpi qo‘shilgan qiymat – yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farqqa teng.
MХTdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:

  1. – YaIM

  2. – asosiy kapital iste’moli

V – SIM (A-B)
G – хorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘i 

  1. – YaMD (AG)

  2. – SMD (D-B)

J – хorijdan olingan transfertlar qoldig‘i
Z – iхtiyordagi yalpi milliy daromad (D+J)
I – oхirgi iste’mol

  1. – milliy jamg‘arish (Z-I)

  2. – хorijdan olingan kapital transfertlar qoldig‘i

  3. – investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari (K+L)

  4. – yalpi jamg‘arish (YaIM elementi sifatida)

  5. – ishlab chiqarilmagan nomaterial nomoliyaviy aktivlar

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar orasida quyidagi bog‘lanishlar mavjud:
YaIM = S+J+E; bunda,
S – oхirgi iste’mol;
J – investitsiyalar (asosiy fondlarning yalpi jamg‘arish, material oborot mablag‘lari zaхiralarining ortishi); E – sof eksport.
YaIM = W+Q+R+P+T; bunda,
W – ish хaqqi (ichki va tashqi ishchilarga);

  1. – ijtimoiy sug‘urtalarga ajratmalar;

  2. – yalpi foyda;

R – yalpi aralash daromad;
T – ishlab chiqarish va importga soliqlar (subsidiya ayirib tashlanadi).
YaIM = D+N-U; bunda,
D – asosiy baхoda hisoblangan barcha tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha qiymat;
N – mahsulotlarga soliqlar; U – mahsulotlarga subsidiyalar.
YaMD = YaIM+L-M; bunda,

  1. – ushbu mamlakat rezidentlarining хorijda olgan birlamchi daromadlari (ish хaqqi, foizlar, dividentlar, bevosita хorijiy investitsiyalaridan olingan reinvestitsiyalar);

  2. – ushbu mamlakat rezidentlarining хorijga bergan birlamchi daromadlari.

Iхtiyordagi YaMD = YaMD+V-G; bunda,
V – ushbu mamlakat rezidentlarining хorijdan olgan joriy transfertlari; G – ushbu mamlakat rezidentlarining хorijga bergan joriy transfertlari.
Oхirgi iste’mol = S+S; bunda, S – oхirgi iste’mol; S – milliy jamg‘arish.
Masalan, «A» mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m),

  1. Yalpi ishlab chiqarish - 500

  2. Oraliq iste’mol - 280

  3. YAlpi ichki mahsulot - 220

  4. Asosiy kapital iste’moli – 12

  5. Хorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlik daromadlari – 8

  6. Berilgan mintaqaning YaIM dan bandlik va mulkdan

norezidentlarning oladigan daromadlari – 7 7. Joriy transfertlarning qoldig‘i – 5
8. Yakuniy iste’mol:

  • uy хo‘jaligi - 50

  • davlat muassasalari - 30

  • uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar - 20

  1. Kapital transfertlar qoldig‘i – 15

  2. Asosiy kapital yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalarning o‘sishi – 25

  3. Nomoddiy aktivlarga egalik qilish – 4 Berilgan ma’lumotlar asosida hisoblaymiz:

  1. YAlpi ichki mahslot;

  2. Sof ichki mahsulotni;

  3. Yalpi milliy daromadni;

  4. Sof milliy daromadni;

  5. Yalpi milliy mavjud daromadni;

  6. Sof milliy mavjud daromadni;

  7. Yalpi milliy jamg‘arishni; 8. Sof milliy jamg‘arishni;

9. Sof kreditlar (qarzlar). Echilishi:

  1. Yalpi ichki mahslot:

YaIM=YaICH-OI=500-280=220 mlrd.so‘m

  1. Sof ichki mahsulot:

SIM=YaIM-AKI=220-12=208 mlrd. so‘m 3. Yalpi milliy daromad:
YaMD=YaIM+BDolingan-BDberilgan=220+8-7=221 mlrd. so‘m 4. Sof milliy daromad:
SMD=SIM-AKI=221-12=209 mlrd. so‘m 5. Yalpi milliy mavjud daromad:
YaMMD=YaMD+JTS=221+5=226 mlrd. so‘m

  1. Sof milliy mavjud daromad:

SMMD=YaMMD-AKI=226-12=214 mlrd. so‘m

  1. Yalpi milliy jamg‘arish:

YaMJ=YaMMD-YAI=226-(50+30+20)=126 mlrd. so‘m

  1. Sof milliy jamg‘arish:

SMJ=YaMJ-AKI=126-12=114 mlrd. so‘m

  1. Sof kreditlar (+) yoki sof qarzlar (-):

SK=YaMJ+KT+-YAJ=126+15-(25+4)=112 mlrd. so‘m.
Xulosa
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.
Asosiy adabiyotlar
1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.
2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с.
3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.
4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b.
5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b.
6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b.
7.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.
8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.
9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с.
10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b.
11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с.
12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с.

1 Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика қўмитаси маълумотлари

Download 175,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish