Reja: Kirish M. P. Musorgskiy hayot yo'li Yoshlik davrlari


M.P.Musorgskiy iqtidorining butun kuchi A.Pushkinning fojiasiga yozilgan “Boris Godunov” operasida namoyon bo'ldi



Download 15,59 Kb.
bet2/4
Sana15.05.2023
Hajmi15,59 Kb.
#938954
1   2   3   4
Bog'liq
Otabek mustaqil ta\'lim

M.P.Musorgskiy iqtidorining butun kuchi A.Pushkinning fojiasiga yozilgan “Boris Godunov” operasida namoyon bo'ldi.
Boris Godunov” sujeti M .P.M usorgskiyni juda qiziqtirib qo'ydi. U doimiy ijodda yonib yashadi. Asar yozilishi tez kechdi va 1869—yilda opera partiturasi birinchi tahrirda tugatilgan edi. Vafotidan birmuncha vaqt oldin operaning ayrim sahnalarini tinglashga ulgurgan A.Dargomijskiy uni hayajon bilan m a’qulladi. M .Balakirev to'garagidagi do'stlari ham operani qizg'in kutib oldilar. Biroq opera sahnalashtirishga qabul qilinmadi. Teatr qo'mitasi M .P.M usorgskiyning quloq eshitmagan dadil g'oyasidan g'azabda edi.
Operaning rad etilishi kompozitorda og'ir taassurot qoldirdi. Do'stlari operani qayta ishlashga uni ko'ndirishdi. Ikkinchi tahrirda M arina M nishek roli bilan ikkita polyak sahnasi kiritildi va, bundan tashqari, xalq isyoni, “Kroma ostidagi sahna” deb ataluvchi kulminatsiya sahnasi qo'shildi. M .P.M usorgskiy do'stlari, ayniqsa V. Stasov va N.RimskiyKorsakov, “Boris Godunov”ning ikkinchi tahririni zavqlanib kutib oldilar. Ikkinchi tahrir 1872—yilda tugatildi. Lekin faqat sahnalashtirish uchun uzoq va sabotli kurashdan so'ng, 1874— yil 8-fevralda nihoyat, “Boris Godunov” operasining premyerasi bo'lib o'tdi. Opera zo 'r muvaffaqiyat qozondi.
Boris Godunov”ning sahnalashtirilishi bilan bog'liq hayajon va iztiroblar Modest Petrovichning sog'lig'iga og'ir ta’sir qildi va u faqat do'stlarining samimiy qo'llab-quvvatlashlarida o'zining yuksak g'oyalari, san’atdagi haqiqat uchun kurashga kuch topa oldi. Uning N.Rimskiy-Korsakov bilan do'stligi alohida ahamiyat kasb etardi, bu do'stlik qiyinchilik yillarida yanada mustahkamlandi. 1817—yilda ular hatto bir joyda yashab, bir xonada, bitta cholg'u asbobida ishladilar. M.P.Musorgskiy hayotida V.Stasov bilan doimiy muloqot katta rol o'ynadi. Kompozitor tez-tez uni ko‘rgani borar, og'asi Dmitriy Vasilyevich Stasovning dala hovlisida mehmonda bo'lar, ko‘p vaqtini bu do'stona oila farzandlari bilan o ‘tkazardi. Kichkina bolalar bilan uchrashuvlar, ular hayotini kuzatish M .P.Musorgskiyni “Bolalar uchun” vokal turkumini yaratishga undadi. Ushbu qo‘shiq turkumida u katta sezgirlik bilan bolalar qalbining o ‘ziga xos dunyosini aks ettirdi.
1870-yillarda M .P.Musorgskiy yana rus tarixiga murojaat qildi. Uni XVII asr oxiridagi voqealar - o ‘qchilar isyoni va raskol mazhabdagilar harakati qiziqtiradi. Bu eski boyarlar Rusining endigina taxtga o ‘tirgan Pyotr I islohotlariga qarshi keskin kurash vaqti edi. V.Stasov maslahati bilan M .P.M usorgskiy 1872—yilda “Xovanshina” operasi ustida ish boshladi. XVII asr oxiridagi Pyotr I islohotlariga qarshi o'qchilar isyoni va raskol mazhabidagilarning noroziligi progressiv tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmasada, xalq harakatida kompozitor rus xalqining kuchi va qudratining namoyon bo‘lishini ko‘rdi.

Xovanshina” operasi V.V.Stasovga bag'ishlangan edi, u M.P.Musorgskiyga ish jarayonida o ‘zining maslahatlari bilan, kerakli tarixiy hujjatlami izlab topishda ko‘p yordam berdi. “Xovanshina” operasi ustida ishlash kompozitor hayotining deyarli oxirgi o ‘n yilini band qildi.


Bir vaqtning o'zida, 1874-yili, M .P.M usorgskiy N.Gogol povesti bo'yicha “Sorochinsk yarmarkasi” hajviy operasini yoza boshladi. Uning xushchaqchaq musiqasi xalq yumori, yorqin lirikaga to ‘la. Unda ukrain xalq qo‘shiqlaridan keng foydalanilgan.

Download 15,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish