iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ining o‘sish sur’atlari YAIM nominal hajmini o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda, jumladan, 2020 yilda 20−25 foiz atrofida (valyuta kursi o‘zgarishlarini hisobga olmaganda) bo‘lishi kutilmoqda.7
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.
Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan talabning nobarqaror darajada bo‘lishi mazkur usul samaradorligining pasayishiga olib keldi.
Natijada markaziy banklar pul massasidagi o‘zgarishlarga samaralari ta’sir ko‘rsatish va inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati cheklanishi kuzatildi.
Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizlanishi tufayli ko‘pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab bo‘ldi.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
1994 yildan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.
Shuningdek, bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida tijorat banklarini aholi va biznes vakillarining jamg‘armalarini investitsiyalarga aylanishiga, iqtisodiyotda uzoq muddatli pullarning shakllanishiga xizmat qiladigan moliya instutitlariga transformatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar ehtimolini kamaytirish maqsadida makroprudensial nazoratning samarali choralari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Inflyatsiyaning nomonetar omillariни pasaytirish maqsadida ularning har biri bo‘yicha chuqur va har tomonlama tahlil amalga oshiriladi hamda ishlab chiqilgan takliflar keyinchalik Hukumatga va tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boriladi.
Bundan tashqari, kelgusi yillarda monetar-fiskal va tarkibiy siyosat sohasidagi islohotlarni samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.8
Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi ko‘zlangan. O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.
Bunday siyosat, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
U muman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi o‘zgarishi o‘rtasida aniq va barqaror o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanmadi.
Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Xulosa
Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirishlar va inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish milliy bank tizimi rivojlanishini ta’minlashning zamonaviy usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Shuningdek, bankning moliyaviy tahlillarini avtomatlashtirishga juda katta e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-sonli Farmoniga ko’ra “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha texnologiyalarning qo’llanishini tartibga solishda ishtirok etish1” belgilab qo’yildi.
Tijorat banklari moliyaviy tahlillarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ish vaqtidan va sifatdan yutishga xizmat qiladi.
“Blokcheyn - texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), "sun’iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bо‘yicha faoliyat jahonning kо‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Blokcheyn" texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning kо‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.9
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi.
Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur rejimidan foydalaniladilar.
MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan.
Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion targetlash rejimining tanlanilishi ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta kursi yoki pul agregatlarini targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan izohlanadi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning shakllanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.O’zbekiston Respublikasinin Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2014. -40 b.
2.A.Umirov. “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan o`quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent-2020
3. Sh.Mirziyoyev ,”Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ” , T. O’zbekiston-2017
4.Axmedov D.Q. Ishmuhammedov A.E., Jumayev Q.X. Toshkent 2014.
5.Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - Toshkent 2014.
6.Makroiqtisodiyot: Darslik / E.I.Ergashev, I.Bakiva, Sh.Fayziyev, B.Shermuxamedov.. «Iqtisod-Moliya» – T.: 2019.
7. Internet saytlari:
http://www.gov.uz-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti
http://www.soliq.uz-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi rasmiy sayti
http://www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
http://www.press-service.uz-O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti
http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti)
http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Rasmiy sayti)
Do'stlaringiz bilan baham: |