2. Korxonalar faoliyati reytingining turlari, mohiyati va baholash usullari
Reyting baholash turlari. Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks baholashning nazariy va metodologik asoslariga tayanadi. Yakuniy reyting baholash natijalari korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichlariga; iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, faoliyat va mahsulot rentabelligiga, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslar samaradorligiga, mablag‘larning mavjudligi va ularning manbalariga bog‘liq.
Reyting baholashning quyidagi turlarini tarkiblash mumkin.
Korxona tarkibiga kiruvchi bo‘limlar, filiallar reytingi;
Tarmoq va soha bo‘yicha reyting;
Hudud bo‘yicha korxonalar reytingi;
Davlat bo‘yicha barcha korxonalar reytingi;
Dunyo bo‘yicha korxonalar reytingi.
Reyting baholashda moliyaviy moliya holatning umumiy reytingi va tarkib ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingi alohida o‘tkazilishi mumkin.
Faoliyat turlarining farqlanishi bo‘yicha moliyaviy holatning quyidagi turlari tarkiblanadi.
- Korxonalar reytingi;
- Banklar reytingi;
- Sug‘urta kompaniyalar reytingi;
- Auditorlik tashkilotlari reytingi;
- Aktsionerlik jamiyatlari reytingi va x.k.
Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashning mohiyatini reyting baholash uchun tanlab olingan ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha axborotlarni shakllantirish, ularning tahlil etish va ranjirlash orqali yakuniy reyting jadvali shakllantirish va ularning aniq ketma-ketligini tuzib chiqish tashkil etadi.
Korxonalar reytingini aniqlash alohida ko‘rsatkichlar va ularning kompleks natijasi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Reyting baholashda quyidagi usullar tizimidan foydalaniladi: Summa usuli; o‘rtacha geometrik usul; koeffitsiyent usuli; ballik usul; masofa usuli.
Reyting baholash usullari
№
|
Usullar
|
Aniqlash formulasi
|
1
|
Summa usuli
|
Bu yerda:
xfij, xbij – i ko‘rsatkichning joriy va o‘tgan yildagi miqdori;
i=1,2,…, n, j=1,2,…, m
|
2
|
O‘rtacha geometrik usul
|
|
3
|
Koeffitsient usuli
|
|
4
|
Ballik usul
|
|
5
|
Ob’ekt miqdori usuli
|
|
Moliyaviy holatni reyting baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini aniq soni va tarkibini tanlash bo‘yicha yagona uslubiyot shakllanmagan. Shu sababli analitiklar, ekspertlar va ularning guruhi, reyting agentlari har bitta tarmoq, soha va korxonalarning mulki shakli, faoliyati va boshqa jihatlari bo‘yicha tarkiblangan moliyaviy koeffitsiyentlar guruhi bo‘yicha uni aniqlash tartiblarini belgilaydilar.
Moliyaviy holatni reyting baholashda aniqlanadigan muhim ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini kiritish tavsiya etiladi:
- to‘lov layoqati va likvidlik ko‘rsatkichlari: joriy , oraliq va umumiy to‘lov layoqati likvidlik ko‘rsatkichlari;
- moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi moliyaviy koeffitsiyentlar: avtonomiya, kapitallashuv, manevrlik koeffitsiyentlari va h.k.;
- ish aktivligini xarakterlovchi koeffitsiyentlar: aktivlar, kapital va majburiyatlarning aylanuvchanligi koeffitsiyentlari va h.k.;
- foyda va rentabellikni xarakterlovchi moliyaviy koeffitsiyentlar: aktivlar, kapital, xarajatlar rentabelligi koeffitsiyentlari va h.k.
Korxonaning oxirgi besh yildagi faoliyat natijalari
Ko‘rsarkichlar
|
Yillar
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
1. Avtonomiya koeffitsiyenti
|
0,613
|
0,600
|
0,612
|
0,605
|
0,590
|
2. Joriy likvidlik koeffitsiyenti
|
1,531
|
1,383
|
1,349
|
1,247
|
1,197
|
3. Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti
|
0,288
|
0,291
|
0,269
|
0,152
|
0,216
|
4. Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti
|
3,056
|
3,141
|
3,531
|
3,857
|
4,710
|
Ko‘rsatkichlarning etalon birligi va ularning joylashtirish
Ko‘rsatkichlar
|
Yillar
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
1. Avtonomiya koeffitsiyenti
|
1
|
4
|
2
|
3
|
5
|
2. Joriy likvidlik koeffitsiyenti
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
3. Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti
|
2
|
1
|
3
|
5
|
4
|
4. Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
Ob’ekt miqdori
|
9
|
8
|
11
|
14
|
15
|
Moliyaviy holatni va samaradorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganishda birinchi navbatda aktivlar va passivlarni, mulkni, daromad va xarajatlarni “odilona baholash”ga muhim ahamiyat qaratish lozim. Negaki o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi avvalo ushbu qiymatning to‘g‘ri aniqlanganligi, asosligi va ishonchligi bilan xarakterlanadi. Uning, g‘oyaviy mualliflaridan biri Raymond Djon Chambers hisoblanadi. Chambers g‘oyaviy qarashlarida inflyatsiya ta’sirida aktivlarni real qiymatini aniqlashning usullari ilgari suriladi.
“Odilona baholash”ning ingliz tilidan tom ma’nodagi tarjimasiga nisbatan odatda turlicha so‘zlar ishlatiladi. Masalan “haqqoniy baholash”, “aniq baholash”, “qonuniy baholash”, “qoidaviy baholash”.
Dastlab, odilona qiymatni aniqlashga qayta baholashning muhim vositasi sifatida qaralgan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti, 32 (MFSO) standartiga muvofiq moliyaviy instrumentlarni mustaqil baholashning birinchi harakatlari boshlandi va bu holat buxgalteriya hisobida yangi bir davrni, o‘zgarishni ochib bergan. Bu holat, investitsion va moliyaviy aktivlar, valyuta balansi qiymatini o‘zgartirgan holda ularning moliyaviy natijalarga ta’sir etmagan.
Odilona baholash balans moddalarini tuzish paytiga xaqiqiy qiymati bo‘yicha hisob-kitob qilinishini xarakterlaydi.
“Odilona baholash” korxonaning mulki, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymati uning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda bozorning ta’siridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda korxonaning moliyaviy holati va uning moliyaviy natijaviyligini qayta baholashni izohlaydi. Ya’ni, subyektning ta’siridan xoli bo‘lgan moliyaviy hisobotlar tuzish talabini hal etadi.
Hozirgi hisobchilik tizimida, xalqaro maydonda odilona baholashning quyidagi xususiyatlari xarakterlanadi.
Qo‘llash sohasi: “Odilona baholash”ning qo‘llanish sohasi cheklangan. Ushbu usul aniq mulkiy birliklarga nisbatan (investitsion mulkka, biologik aktivlarga, moliyaviy instrumentlarga, aktivlarning alohida tarkiblari)ga nisbatan yoki jarayonlarning ayrim turlariga (biznesni birlashtirish, asosiy vositalarni qayta baholash, tekinga olinadigan qiymatliklarni baholash va h.k.) nisbatan qo‘llaniladi.
Hisoblash tartibi: xaqqoniy baholash xo‘jalik faoliyatining aktivlari va jarayonlariga nisbatan farqlanadi.
Aktivlarni odilona baholash korxonalarning moliyaviy natijaviyligiga, jarayonlarni odilona baholash esa kapitallashuv jarayoniga ta’sir etadi. Biologik aktivlarning (boquvdagi va o‘stiruvdagi jonivorlar, o‘simliklar) odilona baholanishidagi o‘zgarishlar foyda va zararlarga, asosiy vositalarni qayta baholanishi esa korxona kapitalining o‘zgarishiga olib boriladi.
Biologik aktivlar “odilona baholash” kabi hisobning yangi tushunchasidir. MHXSga muvofiq biotransformatsiyalashuvni boshqarishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jalik faoliyati biologik aktivlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratishni yoki qo‘shimcha biologik aktivlarni etishtirishni nazarda tutadi.
Baholash tartibi. Odilona baholash aktivlarning turiga va ular qiymatining o‘zgarish darajasiga bog‘liq.
Odilona qiymat raqobatbardosh bozor baholariga (sotuvchi va oluvchilarning axborotlar to‘liqligiga tayangan holda dallolsiz kelishuvlarga) tayangan holda aniqlanadi. Agar aktivning bozor bahosini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ulardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish muddatlarida keltiradigan daromadligiga qarab aniqlanadi. Agarda, aktivlarning kelgusida, daromad keltirishini aniqlash imkoni bo‘lmasa, qayta tiklash qiymati bo‘yicha baholanadi. Ayrim va juda kam kuzatiladigan hollarda, ya’ni yuqorida keltirilgan usullardan birontasi odilona qiymatni aniqlash imkonini bermasa, u holda dastlabki qiymat bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Moliyaviy holatni reyting baholash orqali turli tashkilot va korxonalarning o‘zaro bir-biriga nisbatan faollik darajasiga baho beriladi. Ushbu jarayonni, bir tizimga, tarmoqka kiruvchi korxonalarga nisbatan makro ko‘lamda o‘rganish masalasi sifatida qarash mumkin.
Ushbu masala ikkita jihat bilan xarakterlanadi. Birinchi jihat bir nechta korxonalarning faoliyatini kompleks baholashning tahlil etuvchi tomonidan tarkiblangan muxim ko‘rsatkichlar tizimiga tayangan holda taqqoslashni va ularni darajalar bo‘yicha ketma-ketligini belgilashni nazarda tutadi.
Ikkinchi jihati korxonalar o‘rtasida etalon sifatida olingan bir nechta natijaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash asosida o‘tkaziladigan jarayonlar nazarda tutiladi.
Birinchi jihatda reyting baholash yuzasidan ko‘rsatkichlar tizimi turlicha tanlanishi, ikkinchi jihatda esa rasmiy belgilangan ko‘rsatkichlar tizimiga tayaniladi.
Alohida moliyaviy hisobot tuzuvchi, tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini reyting baholash orqali tarkiblash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning kapitallashuv darajasi bo‘yicha raqobatdoshligini aniqlashning muhim vositasi hisoblanadi.
Reyting baholash maqsadini korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash orqali ularning raqobatchilar va boshqa subyektlarga nisbatan qiyosiy o‘rnini belgilab berish tashkil etadi.
Reyting baholashning quyidagi xususiyatlari tarkiblanadi.
- baholashda ishlatiladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar rasmiy chop etiladigan moliyaviy hisobotlarda aks etgan bo‘lishi lozim;
- reyting baholashning ko‘rsatkichlar tizimini tarkibiga: foydalilik ko‘rsatkichlari, boshqaruvning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ish aktivligi ko‘rsatkichlari, likvidlilik darajasi va baqarorlik ko‘rsatkichlari kiritiladi. Har bitta tarkibda uchtadan ettitagacha ko‘rsatkich qatnashadi;
- reyting baholashda barcha tarkib ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori darajaga ega bo‘lgan etalon korxona ko‘rsatkichi asos qilib olinadi;
- reyting baholash asosida chikariladigan xulosa moliyaviy holat tahlili xulosalaridan keskin farq etadi va bunda korxonani iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Reyting baholashda katnashuvchi koeffitsiyent quyidagi talabalarga javob berishi lozim
- maksimal darajadagi axborotlikka ega bo‘lishi;
- bir tomonlama xarakterga ega bo‘lishi (masalan koeffitsiyent o‘sishi moliyaviy holatni yaxshilanishini xarakterlashi lozim)
- barcha ko‘rsatkichlar miqdoriy minimal normalarga ega bo‘lishi lozim
- rasmiy, chop etiladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanishi lozim.
3. Reyting baholash amaliyoti
Reyting baholash yuzasidan aniqlanadigan va hisob-kitob kilinadigan formulani quyidagi birliklar nisbati orqali ifoda etish mumkin.
Bunda:
L – reyting baholashda aniqlanadigan ko‘rsatkichlar;
N – koeffitsiyentni normativ talabi;
K – koeffitsiyent 1/ L*;
N – indeks.
Ushbu ko‘rsatkichning 1 dan kichkina bo‘lishi moliyaviy holatni qoniqarsiz ekanligini xarakterlaydi. Reyting baholashda eng ko‘p ko‘llaniladigan ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagi ko‘rsatkichlar kiritiladi.
Bular:
1. O‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti;
2. Balans likvidligi;
3. Avanslangan kapital aylanuvchanligi;
4. Korxona boshqaruvining samaradorligi;
5. Xususiy kapital rentabelligi.
Reyting baholash ko‘rsatkichlari va ularning normalari
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkichlar mazmuni
|
Norma
|
1. O‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti
|
Kt = O‘z mablag‘lari manbasi (UMM) + Uzoq muddatli kredit va qarzlar (UMKQ) – Uzoq muddatli aktivlar (A) / Jami aktivlar (JA)
|
Kt>=0.1
|
2. Balans likvidligi
|
Kt = Joriy aktivlar (JA) / Joriy majburiyatlar (JM)
|
Kl>=0.1
|
3. Avanslangan kapital aylanuvchanligi
|
Ka = Sotishdan tushum / Avanslangan kapital*365
|
Ka>=2.5
|
4. Korxona boshqaruvining samaradorligi
|
Ks = Sotishdan olingan foyda / Sotishdan tushum
|
Ks>=(r-1)
|
5. Xususiy kapital rentabelligi
|
Kk = Soliq to‘loviga qadar foyda / Xususiy kapital
|
Ka>=0.2
|
Amaliyotida ko‘p ko‘llaniladigan ushbu metodik yondashuv yakunida reyting bahosi quyidagi formula asosida hisob-kitob kilinadi.
R=2Kt+0.1Kl+0.08Ka+0.45 s+ Kk
Ushbu amaliyot bankrotlikni, iqtisodiy nochorlikni aniqlashda xorijda ko‘llaniladigan modellarga o‘xshab ketadi.
Buxgalteriya balansi tahlilini oxirgi bosqichi tahlil natijalarini yakuniy xulosalarini chiqarish va rasmiylashtirish hisoblanadi.
Yakuniy xulosada, korxonalarni mulkiy holati, ularning manbalanishi, iqtisodiy va moliyaviy salohiyati, korxona to‘lovga qobilligi, likvidliligi, moliyaviy mustahkamlik va barqarorligini tashxisi qo‘yiladi.
Bu tashxis asosida korxonalarning iqtisodiy reyting bahosini ham berish mumkin. Korxonalarni buxgalteriya balansi asosida iqtisodiy va moliyaviy reytingini aniqlashning uslubiy mezonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- korxonani iqtisodiy va moliyaviy salohiyati;
- korxonaning mulkiy jamg‘armasi, aktivlar va passivlar real qiymati;
- korxonaning to‘lovga qobilligi;
- korxonaning moliyaviy mustahkamligi va barqarorligi;
- korxona mablag‘larini harakatchanligi (likvidliligi).
Tahlil natijalarini rasmiylashtirishni uslubiy tartibida xulosalarni aniq va ravon tilda bayon etilishiga, yutuq va kamchiliklarni asosligiga, o‘rinli va obyektivligiga, yuzaga kelish va o‘zgarishlarni davriyligiga, tahlil yakuni bo‘yicha korxona boshqaruvini optimal strategiyalarini (chora-tadbirlar) belgilab olinishiga ahamiyat berish lozim. Korxonalar moliyaviy holatining yildan-yilga barqarorlashib, investitsion jozibadorligining oshib borishi ham iqtisodiyotning etakchi tarmoqlariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkonini bermoqda.
Boshqaruv tizimida yuqori samaradorlikka erishish raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida korxonalar moliyaviy holatini, ularning faoliyati samaradorligini aniqlash va tahlil etish nafaqat xo‘jalik subyektlarining o‘ziga, shuningdek kreditorlar va investorlar uchun ham o‘ta muhim ahamiyatiga ega.
Moliyaviy tahlilda korxonaning moliyaviy ahvolinigina oydinlashtirib berilmasdan, balki uning istiqbollarini ham ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, investitsiyalarni faol jalb etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir.
Milliy va jahon amaliyotida korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Bunday usullarga «o‘rinlar yig‘indisi», taksonometrik usul, ko‘rsatkichlar yig‘indisi usuli, ballar usuli, masofalar usuli va hokazolarni kiritish mumkin. Bu usullar korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining turli tomondan tahlil qilish hamda ularning raqobatchilar orasidagi o‘rnini belgilash imkonini beradi. Investorlar uchun reytingi yuqori korxonalarni aniqlash imkoni tug‘iladi.
Korxonalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
|
Korxonalar
|
Qatorlar bo‘yicha o‘rtacha, xi
|
O‘rtacha kvadratik tafovvut, i
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Joriy likvidlik koeffitsiyenti
|
2
|
1,76
|
2,12
|
1,7
|
1,6
|
2,24
|
1,90
|
0,57
|
Sotish rentabelligi
|
23,3
|
27,5
|
30,8
|
29,2
|
25,8
|
28,3
|
27,50
|
5,9
|
TMZ aylanuvchanligi, kunda
|
55,1
|
44,0
|
46,6
|
39,2
|
32,3
|
36,0
|
42,22
|
18,3
|
Mahsulot sotishdan sof tushum, ming so‘m
|
153 750
|
232 500
|
236 250
|
255 000
|
192 500
|
167 500
|
206 250,00
|
91 719,7
|
Ko‘rsatkichlar
|
Korxonalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Joriy likvidlik koeffitsiyenti
|
3
|
4
|
2
|
5
|
6
|
1
|
Sotish rentabelligi
|
6
|
4
|
1
|
2
|
5
|
3
|
TMZ aylanuvchanligi, kunda
|
6
|
4
|
5
|
3
|
1
|
2
|
Mahsulot sotishdan sof tushum, ming so‘m
|
6
|
3
|
2
|
1
|
4
|
5
|
O‘rinlar yig‘indisi
|
21
|
15
|
10
|
11
|
16
|
11
|
«O‘rinlar yig‘indisi» usulida reyting baholashning mohiyati shundaki, bunda baholanayotgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxonalarning egallagan o‘rinlarining yig‘indisi eng kichik bo‘lgan korxona eng yuqori reytingga ega bo‘ladi va aksincha. Buning mazmuni shundaki, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘ringa intilgan sonlar yig‘indisi eng kichik son bo‘ladi hamda bu barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi pozitsiyadagi korxonaga tegishli bo‘ladi.
Korxonalar moliyaviy holatini taksonometrik usulda baholash uchun berilgan ma’lumotlarni quyidagi X matritsa ko‘rinishida ifodalaymiz
X=
|
2
|
1,76
|
2,12
|
1,7
|
1,6
|
2,24
|
23,3
|
27,5
|
30,8
|
29,2
|
25,8
|
28,3
|
55,1
|
44,0
|
46,6
|
39,2
|
32,3
|
36,0
|
153 750
|
232 500
|
236 250
|
255 000
|
192 500
|
167 500
|
X matritsaning har bir elementini qator bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan farqini o‘rtacha kvadratik tafovutga bo‘lib, Z matritsani hosil qilamiz.
Z=
|
0,18
|
-0,25
|
0,39
|
-0,35
|
-0,53
|
0,60
|
-0,71
|
0,00
|
0,56
|
0,29
|
-0,29
|
0,14
|
0,70
|
0,10
|
0,24
|
-0,17
|
-0,54
|
-0,34
|
-0,57
|
0,29
|
0,33
|
0,53
|
-0,15
|
-0,42
|
Etalon korxona Ze = (Z1e, Z2e, Z3e, Z4e) = (0,60; 0,56; -0,54; 0,53). Etalon Z matritsaning har bir qatoridagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Shuni ta’kidlash kerakki, etalon sifatida joriy likvidlik koeffitsiyenti, sotish rentabelligi va mahsulot sotishdan sof tushum ko‘rsatkichlari bo‘yicha qatordagi eng katta miqdorlar olingan. Chunki bu ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi barqaror moliyaviy holatni aks ettiradi. Aksincha, kun hisobida tovar moddiy zaxiralar aylanuvchanligi ko‘rsatkichining eng kichik miqdori aylanishning tezligidan dalolat beradi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichning eng kichik miqdori etalon sifatida olingan.
O‘rganilayotgan korxonalarning ko‘rsatkichlarini “Z” etalon korxona ko‘rsatkichlaridan farqlarining kvadratlari yig‘indisini hisoblash asosida korxonalarning reyting ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
R1 = (0,18-0,60)2 + (-0,71-0,56)2 + (0,70-(-0,54))2 + (-0,57-0,53)2 = 4,56
R2 = (-0,25-0,60)2 + (0,0-0,56)2 + (0,1-(-0,54))2 + (0,29-0,53)2 = 1,49
R3 = (0,39-0,60)2 + (0,56-0,56)2 + (0,24-(-0,54))2 + (0,33-0,53)2 = 0,69
R4 = (-0,35-0,60)2 + (0,29-0,56)2 + (-0,17-(-0,54))2 + (0,53-0,53)2 = 1,12
R5 = (-0,53-0,60)2 + (-0,29-0,56)2 + (-0,54-(-0,54))2 + (-0,15-0,53)2 = 2,45
R6 = (0,60-0,60)2 + (0,14-0,56)2 + (-0,34-(-0,54))2 + (-0,42-0,53)2 = 1,13
Bunda, Z etalon korxona ko‘rsatkichlariga eng yaqin bo‘lgan, ya’ni ko‘rsatkichlar tafovuti eng kichik korxona yuqori reytingga ega deb baholanadi.
Demak, aniqlangan reyting ko‘rsatkichlari ichida eng kichik qiymatga ega bo‘lgan korxona (3-korxona) 1-o‘rinda va, aksincha eng katta qiymatga ega bo‘lgan korxona (1-korxona) reytingi eng past deb baholash mumkin. Korxonalarning moliyaviy holati va investitsion jozibadorligi bilan qiziquvchi subyektlarning axborotga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish uchun yanada ko‘proq ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har bir axborotdan foydalanuvchining qiziqishidan kelib chiqib u yoki bu ko‘rsatkichlarni baholash asosida boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladigan xulosalarga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda ularning tarmoq xususiyati, raqobatdagi o‘rni, boshqaruv apparatining kompetentligi va boshqa omillar hisobga olinishi zarur, deb hisoblaymiz.
O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatlilik darajasi ham reyting bahosini o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, investitsion va moliyaviy qarorlarning samaradorligini oshirish uchun moliyaviy holatni reyting baholashda imkon qadar (korxona moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini har taraflama baholash imkonini beruvchi) ko‘proq ko‘rsatkichlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, korxonalarni moliyaviy holatini reyting baholashda ko‘rsatkichlar quyidagi talablarga javob berishi lozim, deb hisoblaymiz:
Korxona moliyaviy barqarorlik holatini aniq aks ettirishi hamda maksimal axborot berish xususiyatiga ega bo‘lishi;
Barcha ko‘rsatkichlar aniq miqdoriy o‘lchamga va normativlarning kamida minimal darajasiga ega bo‘lishi;
Faqat korxonaning ommaviy buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblanishi;
Korxonani zamon va makon bo‘yicha reyting baholash imkonini berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |