Reja: Kirish Korxona moliyasini tashkil etishni nazariy asoslari. Korxonalarning vjkbyaviy xo’jalik faoliyatining nahlil etish fvfkbeoti Korxonaning amortizasiya siyosati Korxonalar moliyaviy faoliyatini baholash asosllari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Ijara korxonani moliyalashtirish manbai sifatida



Download 275 Kb.
bet7/8
Sana01.04.2022
Hajmi275 Kb.
#523238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши

5. Ijara korxonani moliyalashtirish manbai sifatida
Intensiv omillar moliyaviy soglomlashtirish, samarli soliq tizimini tashkil qilish hisobiga korxonalar o‘z foydalarini ko‘paytirib beradi.
Iqtisod bir meyorda xali to‘la izga tushmagan ishlab chiqaruvchilarning monopol sharoiti ma’lum darajada saqlanib turgan iste’mol bozorida rakobat deyarli yuk. Inflyatsiya sharoitini utayotgan iqtisodiyotning hozirgi axvolida turli mulkchilik shakllarida korxonalarning foydasini ko‘payishi asosan, iste’mol tovarlarini bahosini sun’iy ravishda oshirish hisobiga amalga oshirish mumkin, ya’ni bunda, foyda tuldirilishi ko‘payishi inflyatsiya okibatida amalga oshadi. Bunda ishlab chiqarishning xajmi bilan foydaning miqdori o‘rtasida o‘zaro bog’liqlik yuk bo‘ladi.
Iqtisodiyotning izdan chiqqanligi natijasida xo‘jalik yuritish mexanizmlarining ta’siri samarali bo‘lganligi okibatida foydaning o‘ziga hos funksiyalari to‘la darajada ishlamaydi. Shu sababli ko‘plab korxonalarda maksimal foyda olinishi bilan ta’minlash. qo‘yidagi intensiv omillar hisobiga xo‘jalik subyektlariga nisbatan samarali soliq tizimini tashkil qilish.
Foyda turli iste’molning iqtisodiy mazmuniga qarab moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Foydaning taqsimoti jarayonida davlat organlari orqali jamiyatning manfaati xo‘jalik subyektining bu xo‘jalik bilan munosabat turi bo‘lgan hamma xo‘jalik subyektlarining manfaati ayrim ishchi xizmatlarining manfaati alohida- alohida hisobga olinadi. Taqsimotning obyekti yalpi foyda hisoblanadi. qonunchilik asosida yalpi foydaning bir qismi soliqli va soliqsiz majburiy to‘lovlar sifatida davlat budjetiga mahalliy budjetga kelib tushishi ta’minlanadi.
Hissadorlik jamiyatlarida foydani soliqka tortishga zaxira jamg’armalalarini shakllantirish tartibi e’tiborga olinadi.
Foydaning taqsimoti quydagi tamoyillardan kelib chiqadi:
birinchi navbatda budjet oldidagi moliyaviy smajburiyatlar bajariladi;
turli mulkchilik shakllaridagi foydaning qolgan qismi iqtisodiy asoslangan proporsiyalarda jamg’armalarga va iste’molga bo‘linadi.
Jamg’arish bilan iste’mol o‘rtasidagi nisbatni aniqlashda ishlab chiqarish fondlarining va yetishtirilayotgan mahsulotlar rakobatbardoshlik holati hisobiga olinadi.
Xo‘jalik subyektlari korxona ixtiyorida qolgan sof foydani taqsimlash jarayonida foydani taqsimlash usulini o‘zlari mustaqil xal qiladilar.
6. Soliq to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda ikki qismga bo‘linadi: birinchi qismi, korxonaning mulkini ko‘paytiradi va jamg’arish jarayonida katnashadi.ikkinchi qismi foydaning iste’molga ishlatilayotgan miqdorini belgilaydi. Bunda jamg’arishga yunaltirilgan barcha mablag’larni to‘la ishlatib yuborish shart emas. Mulkni ko‘paytirishga ishlatilmagan foydaning qoldigi muhim zaxira ahamiyatiga ega va keyingi yillarda kurilishi mumkin bo‘lgan zararni koplash uchun, turli harajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalar to‘g’risidagi qonuning 18-moddasida shunday deyiladi “Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarniumumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir”. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichi ishlab chiqarish samarodorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri bu foydadir. Foyda korxonalar rivojlanishing birdan-bir manbasi hisoblanadi. qilingan daromad xajmiga qarab mustaqil mahsulot ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatga baho beriladi. Foyda korxona faoliyatining asosiy manbai hisoblanib, uning xajmining ko‘payganligi o‘z-o‘zini mablag’ bilan ta’minlash va moliyalashga, kengaytirilgan ishlab chiqarish tashkil etishga hamda mehnat jamosining ijtimoiy talabini qondirishda ishlatiladi.
Shuningdek olingan foyda hisobidan budjet, bank va boshqa tashkilotlarga bo‘lgan to‘lov majburiyatlari bajariladi. O‘z foydasi hisobiga sarmoyalash korxona qarzning miqdorini ko‘paytirmaydi, sarmoyasini moliyaviy tarkibini o‘zgartirmaydi, foiz to‘lashlarni ustirmaydi va sarmoyani kamaytirmaydi.
Foyda korxonaning xo‘jalik faoliyati, moliyaviy faoliyatini natijasida va favkulotdda foydalar va zararlar hisobidan olinishi mumkin bo‘lgan uch tarkibiy qismidan shakllantiriladi.
Xo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatida olingan moliyaviy natijaning umumiy moliyaviy natijaga nisbatidir. U o‘tgan davrda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan foydaning hissasini kursatadi.
Moliyaviy faoliyat moliyaviy natijaning umumiy moliyaviy natijaga nisbatidir. U o‘tgan davrda korxonaning moliyaviy foliyatidan olingan foydaning xissasini ko‘rsatadi.
Favkulotdda foydalar va zararlar umumiy moliyaviy natijada favqulodda foydalar va zararlarning xissasini ko‘rsatadi.
Tahlil qilinayotgan davr 3-yil bo‘yicha foydani shakllantirishning yakuni sifatida qo‘yidagi 4-jadvaldan foydalanamiz.
“A” hissadorlik jamiyatida foydani shakllantirish tarkibi(foiz hisobida)
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki “A” hissadorlik jamiyatida foydaning asosiy hissasi xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda hisobiga shakllangan. Bu hol mazkur tarmok korxonalarning ko‘pchiligi uchun ham hosdir. Bunda favqulotdda foydalar va zararlar bo‘lmagan. Shunga qaramasdan, korxona foyda olishning manbalaridan biri moliyaviy faoliyatni ko‘paytirish kerak bo‘ladi hamda bu faoliyatdan qurilayotgan zararlarni oldini olish lozim.
Korxona foydasi bir qancha ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Ular quyidagilardir.
Sotuvdan tushgan sof foyda mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan qo‘shilagan qiymat solig’i va aksiz solig’i olib tashlanganidan keyingi summa, ya’ni korxonaning sotuvdan olgan daromadi.
Sotilgan mahsulotning tannarxi korxonaning mahsulot chiqarish bo‘yicha harajatlari bo‘lib, ishlab chiqarish maqsadlaridagi bevosita va bilvosita, moddiy va mehnat harajatlarini o‘z ichiga oladi.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Korxonaning sotilgan mahsulotdan olgan daromadini tavsiflaydi va mahsulot sotishdan olingan sof foyda bilan sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Davr harajatlari ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo‘lmagan sarf-harajatlar (sotish harajatlari, ma’muriy va boshqa umum xo‘jalik harajatlari) dir.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda korxonaning asosiy faoliyatida natijasida olingan foydani tavsiflaydi va yalpi foydadan davr harajatlari va asosiy faoliyatining boshqa harajatlarni chiqarib tashlash va asosiy faoliyatidan boshqa daromadlarni qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda bu asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi bo‘lib, bunga moliyaviy faoliyatdan natijalar qo‘shiladi.
Soliqlar to‘lanishiga bo‘lgan foyda favkulotda foyda va zararlar hisobiga olingan holda aniqlanadi.
Daromadlar tarkibi tahlili (ming.sum)
Korxonada amalga oshirilgan harajatlar tarkibi tahlili
Ma’lumotlar “A” OTAJ korxonasining moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobotidan olindi.”
Sof foydaning 2000 yilga nisbatan 12999 ming sumga ko‘payishi qo‘yidagi omillar xisobiga sodir bo‘ladi.
-sotuvdan tushumning ko‘payishi korxona daromadini 690208 ming sumga ko‘paytirdi.
-sotilgan mahsulot tannarxini o‘sishi daromadini 567051 ming sumga ko‘paytiridi;
-davr harajatlarining ortib ketishi foydani 22363 ming sumga kamaytirdi;
-foydadan soliq to‘lovlari va boshqa ajratmalarni ko‘payishi foyda miqdorini 31876 ming sumga kamaytirdi;
Shunday qilib barcha omillarning ta’siri bizga sof foyda miqdorini 1999 yilga nisbatan 12053 ming sumga,2000 yilga nisbatan esa 12999 ming sumga ko‘paytirish imkonini beradi.
Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi tahlil qilishda biz yuqorida faqatgina foydani shakllanishini tahlil kildik. Endi korxona foydasini ishlatilishini tahlil kilamiz. Bunda biz qo‘yidagi foydalanamiz, jadvaldan kurinib turibdiki, korxona foydasi asosan ikki yo‘nalishiga sarflanadi: Budjetga to‘lovlar va boshqa ishlatishlar.
Budjet to‘lovlar 1996 yilda 7175 ming sumni, 2000 yilda 15612 ming sumni 2001 yilda esa 47488 ming sumni tashkil etgan. Jami foydada budjetga to‘lovlarni xissasi 1999 yili 69% 2000 yili esa 74,6% bo‘lgan. Bundan kurinib turibdiki foydani asosiy qismi budjetga to‘lovlarga ketmokda. Budjetga to‘lovlarni bu darajada ko‘p to‘latishiga ikkita sabab bor. Bu ham bo‘lsa foyda soligi va boshqa soliqlardir. Foyda soligiga korxona foydasining 65% 1999 yilda ishlatilgan bo‘lsa, 2000 yilda esa olingan foydaning 80,2% sarflangan. 2001 yilda 70,1 ishlatilagan. Foyda soligini bu darajada ko‘p to‘lanishiga sabab korxonada soliq bazasiga kiritiluvchi harajatlar barcha yillarda ham ko‘p amalga oshirilgan. Bu turdagi harajatlarni kamaytirish birinchidan iqtisod qilingan harajat miqdoridagi mablag’ni korxona o‘zida qolish imkonini beradi, ikkinchidan foyda solig’ini kamaytirgan bo‘lardi.
Boshqa soliqlar miqdori yillar davomida usib borgan. Shu bilan birga foydadagi salmog’i ham usib borgan.



Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish