Bremsberg yer yuzi bilan tutashmagan, va foydali qazilmaning yotqizg‘i tushib borishi bo‘yicha pastdagi gorizontga tashish uchun konveyr bilan jihozlangan yer osti kon lahimidir.
Gezenk vertikal lahim bo‘lib, u yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilmani tushurish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, shamollatish, odamlar tushib-chiqishi uchun xizmat qiladi.
Pech yer osti lahimi bo‘lib, foydali qazilmani pastga o‘z og‘irligi bilan tushirish uchun xizmat qiladi. Yer osti lahimlarini qazib otish va mustahkamlash lahimalari vertikal, gorizontal va qiya kon lahimlariga bo‘linadi.
Vertikal lahimlarning bir xillari yer yuzasiga chiqadi va bir xillari chiqmaydi. Vertikal stvollarning ko‘ndalang kesimi yuzasi aylana, tog‘ri burchak va ellips shaklida bo‘ladi.
Ko‘r stvollar vertikal kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilmani pastki qavatlardan yuqori qavatlarga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Gorizontal kon lahimlariga shtolnya, kvershlag, shtrek, prosek, ort va boshqalar kiradi.
Prosek gorizonatal kon lahimi bo‘lib, shtrekka parallel o‘tkaziladi. Odatda, yon tog‘ jinslarini portlatmasdan foydali qazilmani ajratib olish uchun yoki shtreklar o‘tilganida shamollatish uchun xizmat qiladi.
Ort gorizontal kon lahimi bo‘lib, ularni foydali qazilma yotqiziqlari qalinligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Gorizontal kon lahimlarining ko‘ndalang kesimi yuzasining shakli har xil bo‘ladi. Tog‘ri 19 burchak, trapetsiya, arkasimon, gumbazsimon, aylana va boshqalar.
Qiya kon lahimlari yer yuzasiga chiqadi yoki chiqmaydi. Yer yuziga chiqadigan qiya kon lahimlari shurflar, stvollar, shtolnyalar kiradi. Yer yuziga chiqmaydiganlarga bremsberg, uklon, sirpanma, xadok, pechlar kiradi.
Uklon qiya kon lahimlari bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va pastki gorizontlarga, yuqori gorizontlarga mexanik moslamalar yordamida foydali qazilmani ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Sirpanma qiya kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilmani o‘z og‘irligi bilan yuqori gorizontlardan pastdagi gorizontga tushirish uchun xizmat qiladi.
Xodok qiya kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va har xil maqsadlar uchun o‘tilgan bo‘ladi (odamlar yurishi, materiallar va asboblarni tashish, shamollatish). Xodoklar yuqorida ko‘rsatilgan qiya kon lahimlariga parallel o‘tkaziladi va transport vositalari bilan jihozlangan bo‘ladi.
Pech qiya kon lahimi bo‘lib, yer yuzasiga chiqmaydi va foydali qazilma yotqizig‘i qalinligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Pechlar odamlar yurishi, ko‘mir transportirovkasi asbob-uskuna tashish uchun xizmat qiladi. Kon lahimlarini qazib o‘tish usullari deganda, ish bajarilish ketma-ketligi va massivdagi sun’iy ochilgan bo‘shliqni tog‘ jinslari bosib qolmasligi uchun mustahkamlag‘ich o‘rnatish, tog‘ jinslarining fizik xossalariga qarab kon lahimalrining xizmat qilish muddati va ko‘ndalang kesim yuzasi tanlanadi. Oddiy usullar bilan kon lahimlarini o‘tish o‘rtacha kon geologik sharoitlarda qo‘llaniladi. Kon-geologik sharoit bo‘yicha suv bosib ketsa, kon lahimlari maxsus usulda o‘tiladi. Maxsus usulda o‘tish deganda, misol uchun, o‘tilayotgan kon lahimini suv bosib ketsa, uni chiqarib bo‘lmasa, unda suv yaxlatiladi va suv o‘tkazmaydigan gidroizolatsion mustahkamlagich o‘rnatib o‘tiladi. Oddiy usul bilan kon lahimlarini o‘tish burg‘ilash-portlatish va mexanizatsiyalangan kombaynlar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |