Reja: Kirish Kanal sathi va uning vazifasi mac sathi va uning vazifasi



Download 355,53 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi355,53 Kb.
#287691
  1   2   3
Bog'liq
Kanal sathi va uning vazifasi mac sathi va uning vazifasi llc sa



Reja:

  1. Kirish

  2. Kanal sathi va uning vazifasi

  3. MAC sathi va uning vazifasi

  4. LLC sathi va uning vazifasi

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Kanallarning asosiy farqlovchi xususiyatlari - tarmoqli kengligi va shovqinlarga qarshi immunitet. Kanalda axborot uzatish shovqin va shovqinlarga uchraydi. Ular tabiiy sabablarga ko'ra (masalan, radiokanallar uchun atmosfera) yoki dushman tomonidan maxsus yaratilgan bo'lishi mumkin. Ma'lumot signallarini shovqindan ajratish uchun har xil turdagi analog va raqamli filtrlar, shuningdek, shovqin ta'sirini kamaytiruvchi maxsus xabarlarni yuborish orqali uzatish kanallarining shovqin immuniteti oshiriladi. Bu usullardan biri - foydali kontentga ega bo'lmagan, lekin xabarning to'g'riligini nazorat qilishda, shuningdek, undagi xatolarni tuzatishda yordam beradigan qo'shimcha belgilarni qo'shish. Kanal sig'imi bir soniya ichida shovqin bo'lmasa, u uzatadigan ikkilik belgilarning maksimal soniga teng. Turli kanallar uchun u bir necha kbit / s dan yuzlab Mbit / s gacha o'zgarib turadi va ularning fizik xususiyatlari bilan belgilanadi. Klod Shennon uzatilgan ma'lumotlarni kodlash bo'yicha maxsus nazariya muallifi bo'lib, u shovqin bilan kurashish usullarini kashf etgan. Bu nazariyaning asosiy g'oyalaridan biri - axborot uzatish liniyalari orqali uzatiladigan raqamli kodni qayta ishlash zarurati. Bu kodni uzatish paytida uning bir qismi yo'qolsa, zararni tiklashga imkon beradi. Bunday kodlar (raqamli axborot signallari) tiqilib qolishga qarshi kodlar deb ataladi. Biroq, kodning ortiqcha bo'lishi juda katta bo'lishi mumkin emas. Bu ma'lumot uzatishning kechikishiga, shuningdek, aloqa tizimlari narxining oshishiga olib keladi.


Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emas¬ligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.

Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) (1-rasm) deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi.

1-rasm. Kadr tuzilishi

Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bi¬lan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri etib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.

Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.

Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo‘linadi:

1. LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi.

2. MAC (Media Access Control) - muxi¬tiga ulanishni boshqarish sath osti sathi.

LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi.

MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi.

2-rasm. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi.

Lokal kompyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki qismga bo‘lingan bo‘ladi: MAS sathi tavsifi, fizik sath tavsifi.

2- rasmdan ko‘rinib turibdiki MAS sathining yagona protokoliga, fizik sath protokollarining bir-nechta variantlari to‘g‘ri keladi.

Barcha texnologiyalarning kanal sathi uchun esa umumiy bir-nechta ish rejimli LLC protokol tasvirlangan. IEEE institutidan boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal tarmoq standartlari ham 802.2 bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan LLC sathi protokoliga moslangan bo‘lishi kerak.

802 komitet tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

- 802.1 Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish, ya’ni bir-nechta tarmoqlarni birgalikda ishlashini ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo‘limi;

- 802.2 Logical Link Control (LLC) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish standartlarini ishlab chiqish bo‘limi;

- 802.3 Ethernet, ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;

- 802.4 Token Bus LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga mu¬rojaat qilishning Token Bus usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;

- 802.5 Token Ring LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;

- 802.6 Metropolitan Area Network (MAN) - megapolislar tarmog‘i yoki shahar tarmog‘i;

- 802.7 Broadband Technical Advisory Group – har-xil ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish standartlari guruhi;

- 802.8 Fiber Optic Technical Advisory Group – optik tolali tarmoqlar bo‘yicha texnik maslahat guruhi;

- 802.9 Integrated Voice and data Networks – tovush va ma’lumotlarni uzatuvchi integratsiyalangan tarmoqlar;

- 802.10 Network Security – tarmoq xavfsizligi;

- 802.11 Wireless Networks – o‘tkazgichlarsiz tarmoqlar;

- 802.12 Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN – ahamiyatga egalik darajasi asosida talab qilish usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT.

Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, qoida bo‘yicha OSI modelining ikkita quyi sathlari – fizik va kanal sathlari vazifalarini amalga oshiradilar (3-rasm).

Odatda LLC sathi vazifalari operatsion tizim tarkibiga kiruvchi dasturlar yordamida, MAC sathi vazifalari esa tarmoq adapterining (va uning drayveri) apparat-dasturiy vositalari yordamida amalga oshiriladi.

MAC sathi va uning vazifalari. MAC sathining asosiy vazifalari quyidagilardir:

1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishni ta’minlash.

2.Fizik sathning bajaradigan vazifalari va qurilmalardan foydalangan holda, chekka bog‘lamlar (kompyuterlar, stantsiyalar) o‘rtasida kadrlarni uzatib berish.

Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishning quyidagi uchta asosiy usuli mavjud:

- tasodifiy ulanish usuli;

- tasodifiy bo‘lmagan ulanish usuli;

- so‘rovlar algoritmiga asoslangan ulanish usuli.

Qaysi ulanish usuli qo‘llanilishidan qat’iy nazar MAS sathi tomonidan kadrlarni uzatish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Kadrni shakllantirish bosqichi. Ushbu bosqichda yuqori sath protokolidan olingan axborot asosida kadrning tashkil etuvchi qismlarini to‘ldirish amalga oshiriladi. Olingan axborot tarkibida – ma’lumotlar yuborilayotgan va yuborayotgan kompьyuterlarning adreslari, foydalanuvchining ma’lumotlari va yuqori sath protokolining belgilari kiradi. Kadr shakllantirilib bo‘lingandan so‘ng, MAS sathi kadrning nazorat qilish summasini hisoblab chiqaradi va u uchun kadr tarkibida ajratilgan o‘rniga joylashtiradi.

2-bosqich. Muhit orqali kadrni uzatish bosqichi. Kadr shakllantirilib uzatish muhitiga ulanish uchun ruxsat olingandan so‘ng, MAS sathi kadrni fizik sathga uzatadi. Fizik sath kadrning qismlarini bitma-bit ma’lumotlarni uzatish muhiti orqali uzata boshlaydi. Fizik sath vazifalarini tarmoq adapteri bajaradi. U kadrning baytlarini ketma-ket uzatiladigan bitlarga aylantiradi va ularga mos elektr yoki optik signallar yordamida kodlaydi. Uzatilgan signallar muhit orqali qabul qiluvchi kompyuterning tarmoq adapteriga kelib tushadi. Ushbu adapter esa, avvalgi jarayonga teskari bo‘lgan jarayonni amalga oshiradi, ya’ni signallar kodlarini baytlarga aylantiradi.

3-bosqich. Kadrni qabul qilish bosqichi. Tarmoqqa ulangan har bir kompьyuterning MAC sathi, unga kelib tushgan kadrdagi, ma’lumot yuborilgan kompьyuter adresi qismini tekshirib ko‘radi, agar u o‘zining adresi bilan mos tushsa, kadrni ishlashni, ya’ni uni qabul qilib olishni davom ettiradi, aks holda kadrni ishlash, ya’ni uni qabul qilish to‘xtatiladi. Kadr to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng, uning nazorat qilish summasi hisoblanadi. Agar nazorat qilish summasi to‘g‘ri chiqsa, kadr MAC sathi orqali, undan yuqorida joylashgan sathga uzatiladi. Agar nazorat qilish summasi to‘g‘ri chiqmasa, ya’ni ma’lumot muhit orqali uzatilganda noto‘g‘ri etib kelgan bo‘lsa, kadr e’tiborga olinmaydi (tashlab yuboriladi). Bunda ma’lumotlarni uzatish paytida xatolik sodir bo‘lgan bo‘ladi.

LLC sathi va uning vazifalari. LLC sathi ikkita vazifani bajaradi:

1.Kanal sathi bilan tarmoq sathi orasidagi interfeysni tashkil qilib berish.

2.So‘ralgan darajada ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berish.

LLC sathining interfeysni tashkil qilib berish vazifasi deganda – foydalanuvchining va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarni, MAC va tarmoq sathlari o‘rtasida uzatib berish tushuniladi. Ma’lumotlarni yuqoridan-pastga uzatishda LLC sathi tarmoq sathi protokolidan paketni (IP paketni) qabul qilib oladi. Ushbu paketda foydalanuvchining ma’lumotlari yozilgan bo‘ladi.

Ma’lumotlarni pastdan-yuqoriga uzatishda esa LLC sathi, MAS sathidan tarmoq orqali kelgan tarmoq sathi paketini qabul qilib oladi.

LLC sathining ikkinchi asosiy vazifasi – so‘ralgan darajadagi ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berishdir. LLC protokoli kadrlarni etkazib berishning bir necha xil rejimlarini ta’minlay oladi. Bu rejimlar kadrlarni uzatish davomida, ular yo‘qolib qolganda yoki xato uzatilganda tiklash muolajalarining bor yoki yo‘qligi bilan bir-biridan farq qiladilar.




Download 355,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish