Reja: Kirish. Internet va web manzillar haqida



Download 23,87 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi23,87 Kb.
#530861

Mavzu: Internetda qishloq xo`jaligiga oid veb manzillar va ulardan axborotlarni ko`chirish.


Reja:
Kirish.
1.Internet va web manzillar haqida.
2.Qishloq xo`jaligiga oid web manzillar va axborotlarni ko`chirish.
3.Internetda qishloq xo`jaligiga oid web manzillar va axborotlar xafsizligini ta`minlash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Istalgan joyda turib, dunyoning narigi chekkasidagi odam bilan gaplashish imkoni bor. Butundunyoda Internet tarmog‘ining qamrovi tobora kengayib borayotir. O‘tgan asrda radio, televideniye kabi axborot vositalari ommalashgan bo‘lsa, Internet xizmati so‘nggi vaqtda 2 milliardli auditoriyani qamrab oldi. Internet axborot olish, almashish, sotish, xarid qilish kabi kundalik ehtiyojlar uchun eng qulay va samarali vositaga aylandi. Ayniqsa, bu tizim jahondagi deyarli barcha ochiq ma’lumotlarni o‘zida jamlagani bois, insonning bilim doirasini kengaytirish, dunyoqarashini shakllantirishda tengi yo‘q manbadir. Ammo har bir taraqqiyot mahsulidan har kim turlicha foydalanishi mumkin. Internet olami ham, kompyuter qarshisidagi odamning maqsadiga qarab, ma’rifat yo qabohat maskaniga aylanib borayotgani sir emas. Bugun dunyoda o‘z ta’sir doirasini kengaytirish, kishilar ongini boshqarishga urinayotgan g‘arazli kuchlar ham borki, ular Internetdan qurol sifatida foydalanishmoqda. Hozirgi kunda axborot oqimining ko‘pligi bois ma’lumotlarning hammasini tahlil qilishga, obdan fikr yuritishga ulgurilmaydi. Bugun yoshlarimiz o‘quv dargohlarida Internet orqali zarur ma’lumotlarni olishi, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari bilan tanishishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Chekka qishloqlarda ham zamonaviy asosda jihozlangan, kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan ta’lim muassasalari farzandlarimizning intellektual salohiyatini, iste’dodini, orzu va istaklarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilayotir. Axborot-kutubxona muassasalarida Internet tizimi orqali masofaviy axborot almashish jadallik bilan rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar soni ham ortayotir. Asosiysi, undan qanday maqsadda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
1.Internet — bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butundunyo kompyuter tarmog‘idir. Dastavval Internet tarmog‘i harbiy maqsadlarni ko‘zlab yaratilgan bo‘lsa-da, uning faoliyati keyinchalik fan va ta’lim sohasida axborot almashish, o‘zaro aloqaga ega bo‘lish uchun ishonchli va mukammal ishlaydigan tizim sifatida qo‘llanila boshladi. Internet (International Network — xalqaro kompyuter tarmog‘i) butundunyoni qamrab qolgan global kompyuter tarmog‘idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning ko‘plab (150 dan ortiq) mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Internet dastlab faqat tadqiqot va o‘quv yurtlariga xizmat qilgan bo‘lsa, u ishlab chiqarish doirasida ham keng tarqalmoqda. Internet bir qancha qulayliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bular tarmoqning tezkorligi, arzonligi, aloqaning keng qamrovli ekanligidir. Internetning erkin kiriladigan arxivida inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab qoladigan axborotgacha, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin. Internetda ulanish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:
• telefon tarmog‘i; • modem (tashqi yoki ichki);
• tashqi modem uchun ketma-ket portga, ichki modem uchun uni qo‘shish uchun joyga ega bo‘lgan kompyuter;
• SLIP yoki PPP qaydnomalar dastur ta’minoti; • Internet provayderda almashinish qaydnomasi; • ro‘yxatdan o‘tkazish. Internetda ishlash uchun:
• dunyo tarmog‘ining ma’lum bir tuguniga kompyuterni ulash;

• vaqtincha yoki doimiy IP manzil bilan ta’minlanish;


Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rov va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS xizmatidan foydalaniladi. W W W tushunchasi. W W W (World Wide Web) — Butunjahon o‘rgimchak to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW — bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rt poydevor mavjud: Web-sahifa tushunchasi va shakli. Manzil qatori (адресная строка). Internetga sayohat qilishdan oldin kerakli manzil tanlanadi (masalan, yandex.ru), so‘ng Enter tugmasi bosiladi. Sahifalarni yangilash uchun manzilni yangidan kiritish kerak bo‘lmaydi, ishni sichqoncha yordamida davom ettiramiz. Manzil qatoridagi manzilning to‘liq shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin, ammo, http :// prefiksini yozish ko‘p hollarda shart emas, chunki u manzildan oldin avtomatik ravishda qo‘yiladi, ba’zan WWWni ham yozish shart bo‘lmaydi, negaki, brauzer uni o‘zi qo‘shib, manzilni aks ettiradi. Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha «site» (joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Quyidagi ko`rinishda bo`ladi:http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz.
2.Qishloq xo`jaligiga oid web manzillar va axborotlarni ko`cherish maqsadida yurtimizda bir qator chora -tadbirlar o`tazish bilan bir qatorda Milliy axborot-qidiruv tizimi WWW.UZ ham joriy qilindi.
Milliy axborot-qidiruv tizimi WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog'idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborotqidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko'p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o'zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma'lumot omborlari bilan o'zaro ishlay olishidadir. WWW.UZ Internet tarmog'i foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan veb-saytlar bo'yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni vebsayt manzili va ichki ma'lumotlari bo'yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo'lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Shu WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (vebsaytlari) katalogini va veb-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo'yicha jamlangan statistik ma'lumotlarni to'playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. WWW.UZ “Katalog” bo'limi – Internet tarmog'ida ochiq holda joylashgan, O'zbekiston Respublikasiga aloqador bo'lgan, ro'yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo'yicha saralangan veb-saytlar to'plami. WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o'zlariga kerak bo'lgan saytni mavzular bo'yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi. Shu bilan birga WWW.UZning har bir foydalanuvchisi “Top-reyting” bo'limiga kirib, barcha ro'yxatga olingan saytlar reytingini ko'rishi, “Jamlangan statistika” bo'limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish ushbu O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to'g'risida Nizomga muvofiq ro'yxatga olish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o'tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi. 14 https://my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining umumiy ko'rinishi 6. Portallar Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash hisoblanadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish bo'yicha video yo'riqnomani qo'yida ko'rsatilgan xavola orqali tanishib o'rganib chiqish tavsiya etiladi.
3.Internetda Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rеzidеntsiyalari va razvеdka missiyalaridan tashqariga chiqmagan.Bugungi kunga kelib esa axborotlarni ximoya qilish va xafsizligni ta`minlash maqsadida turli tuman xafsizlik tizimlari faoliyat ko`rsatmoqda. Axborotlarni himoyalashning asosiy vosatalari quyidagilar:
.SSL (Secure Socket Layer) va SET (Secure Electronic Transactions) ;
• SET xavfsiz elеktron tranzaktsiyalari protokoli yakinda ishlab chikilgan bo‘lib, faqatgina moliyaviy ma’lumotlarni shifrlashda kullaniladi. SET protokolining joriy etilishi bеvosita Internetda krеdit kartalar bilan tulovlar sonining kеskin oshishiga olib kеladi. SET protokoli quyidagilarni ta’minlashga kafolat bеradi:
• axborotlarning tuliq maxfiyligi, chunki foydalanuvchi tulov ma’lumotlarining himoyalanganligiga tuliq ishonch xosil qilishi kеrak;
• ma’lumotlarning tulikq shaklanishi, ya’ni ma’lumotlarni uzatish jarayonida buzilmasligini kafolatlash. Buni bajarish omillaridan biri rakamli imzoni qo‘llashdir;
• krеdit karta soxibining hisob rakamini audеntifikatsiyalash, ya’ni elеktron (rakamli) imzo va sеrtifikatlar hisob rakamini audеntifikatsiyalash va krеdit karta soxibi ushbu hisob rakamining xaqiqiy egasi ekanligini tasdiklash;
• tijoratchini uz faoliyati bilan shugullanishini kafolatlash, chunki krеdit karta soxibi tijoratchining xakikiyligini, ya’ni moliyaviy opеratsiyalar bajarishini bilishi shart. Bunda tijoratchining rakamli imzosini va sеrtifikatini qo‘llash elеktron tulovlarning amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Xulosa
Global tarmoqlarning rivojlanishi va axborotlarni olish, kayta ishlash va uzatishning yangi tеxnologiyalari paydo bo‘lishi bilan Internet tarmogiga har xil shaxs va tashkilotlarning e’tibori karatildi. Ko‘plab tashkilotlar uz lokal tarmoqlarini global tarmoqlarga ulashga karor qilishgan va hozirgi paytda WWW, FTP, Gophes va boshqa sеrvеrlardan foydalanishmokda. Tijorat maqsadida ishlatiluvchi yoki davlat siri bo‘lgan axborotlarning global tarmoqlar buyicha joylarga uzatish imkoni paydo buldi va uz navbatida, shu axborotlarni himoyalash tizimida malakali mutaxassislarga extiyoj tugilmokda. Bundan tashqari mustaqol ishi yozish davomida axborotlarni tarqatish, qabul qilish, himoyalash nechog’lik zarur ekanligini mazmun va mohiyatini tushunib yetdik.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Wikipedia.org

  2. R.X. Alimov, B.YU. Xodiеv, K.A. Alimov, S.U. Usmonov, B.A. Bеgalov, N.R. Zaynalov, A.A. Musaliеv, F. Fayziеva, «Milliy iqtisodda axborot tizimlari va tеxnologiyalari», O‘quv qo‘llanma, T. Sharq, 2004 yil.

  3. Informatsionnые sistеmы v ekonomikе: Uchеbnik/Pod rеd. prof. V.V. Dika.-M.:Finansы i statistika,1996.-272 s.

  4. Pеtrov B.N. Informatsionnые sistеmы. – SPb.: Pitеr, 2003. – 688s.:il.

  5. Y. O. Mannonov, K.G. Mavlonov. Axborot-kutubxona texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T., 2013.

  6. Sh. Qudratxojayev. Internet va axborot: xizmatlar, foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T., 2013

  7. Sh. Qudratxojayev. Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik. O‘quv uslubiy qo‘llanma. T., 2011.

Download 23,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish