Korxonalarning qarz mablaglari malum vaqtga va qaytarish sharti hamda ulardan foydalanganlik uchun tolovni tolash sharti bilan olingan mablaglar.
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio mumkin.
Ozoq muddatli qarz mablaglariga quyidagilar kiradi:
banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari;
uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;
uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablaglar;
lizing va b.
Qisqa muddatli qarz mablaglari:
tijorat (tovar) kreditlari;
qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablaglar;;
banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari.
Investitsiyalarning oz va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy kapitalini tashkil qiladi. Bu manbalar boyicha tashqaridan jalb qilingan summalar qaytarilishi shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi.
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy usullariga ozini-ozi moliyalashtirish, aksiyadorlik moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin.
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi. Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
Tola ichki ozini-ozi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya loyihalarini faqatgina oz (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida leveridjsiz moliyalashtirishni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim oz manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bolib, mahsulotning qoshilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi korsatkich hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy tolovlar tolanganidan song korxona ixtiyorida sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamgarish fondi korinishida toplanib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga yonaltirilayotgan qismi jamgarish fondida yoki shunga oxshash fondlarda toplanib boradi. Jamgarish fondi xojalik yurituvchi subyektning yangi mulkni tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablaglarini olish uchun ishlatiladigan mablaglari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning zararlarini qoplash, obligatsiyalarni sondirish va oz aksiyalarini qayta sotib olish uchun shakllantiriladi.
XULOSA Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya uchun yonaltirilishi mumkin. Ozining iqtisodiy mazmuni boyicha foyda rivojlanish uchun ishlatiladigan oz mablaglari zahirasining shakllaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yonaltirilayotgan sof foydaning hajmi bir qancha omillarga bogliq boladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga, narhlarga, mahsulot birligi tannarxiga, foyda soligi stavkasiga, iqtisodiy rivojlanishning umumiy strategiyasiga asoslanuvchi istemol va korxonaning rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga.
Moliyalashtirishning oz manbalarini ahamiyatliligi boyicha keyingisi amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Ular korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga otkazishi natijasida tashkil boladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatini bosqichma-bosqich tiklanishi jarayonida boshab qolgan pul mablaglari amortizatsiya ajratmalari korinishida amortizatsiya fondida toplanib boradi. Amortizatsiya fondining kattaligi korxonaning asosiy fondlarini hajmiga, ularning boshlangich yoki tiklanish qiymatiga, turlari va yoshlari oyicha tarkibiga, shuningdek maqsadi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qollanilayotgan usuliga bogliq.
Oz manbalardan foydalanishning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: foyda qismi boyicha: ularni yonaltirishboyicha vaqt va mablag sarfining yoqligi, qaytarmaslik riskining yoqligi, manba sifatida qollanilishi korxonaning investitsion jozibasini kuchaytiradi; amortizatsiya qismi boyicha: korxona ixtiyorida har qanday moliyaviy holatda ham mavjud bolishi, amortizatsiyani turli xildagi usullar bilan hisoblash imkoniyati.
Foyda qismidagi kamchiliklarga tolovlarni amalga oshmasligi, barterlar, soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish mumkin; amortizatsiya qismi boyicha: amortizatsiya fondi hajmining inflyatsiya darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz ishlatish ehtimoliga bogliqligi.
Investitsiya resurslarini shakllantirishning oz manbalarini sanab otilganlaridan qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayonida korib chiqilmaydi, madomiki ularning shakllanishi taktik va operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.