Buxoro Amiri Haydarning farmoni
U abadiy tirik!
Kattabek eshik og‘aga1 ma‘lum va ravshan bo‘lsin va (u) bilsinki, mulozimingiz Raximqulibekbiy olijanob, qut-blar qutbi janob xoja Axrorning, qabri nurga to‘lsin, Kamongarondagi vaqf yerlariga qasd qilgan. Bu gapni (pod-shoh hazratlarining) oliy uzangisini o‘pish paytida say-yodat maob eshon Olamgirxoja shayxulislom aytgan.
Shunga asoslanib, Siz janobga buyuramiz:
Agar (haqiqatan) shunday qilingan bo‘lsa, Ollohning la‘natiga qolmaslik uchun bu ishni darhol to‘xtatsinlar, mazkur vaqf yerni, mazkur farmoni oliyga asoslanib, ega-siga qaytarilsin, (Farmonga) aslo mone‘lik qilmasin-lar.
Munis va Ogahiy. XVIII asrning so‘nggi choragi va XIX asrda o‘tgan xorazmlik yirik shoir, tarjimon va tarix-shunos olimlar.
Munis (asl ismi: Shermuhammad ibn Avazbiy) 1778 yili Xorazmning Kot qishlog‘i (qadimda yirik shahar)da dunyoga kelgan; Xiva madrasalarida tahsil ko‘rgan; 1800 yiddan boshlab xon saroyida sarkotib bo‘lib xizmat kilgan. U 1829 yili 51 yoshida vafot etgan.
Munis atroflicha ma‘lumot olgan, turli fanlar, xu-susan adabiyot va tarixdan keng xabardor bo‘lgan yetuk olim va iste‘dodli shoir sifatida tarixda qoldi. U 1806 yili Eltuzarxon (1804-1806)ning topshirig‘i bilan «Firdavs ul-iqbol» («Jannat bog‘i») asarini yoza boshlaydi. Lekin asar, ayrim sabablarga ko‘ra, tugallanmay qolgan.
Munis zo‘r tarjimon sifatida ham ma‘lum. U Mirxond-ning yuqorida tilga olingan «Ravzat us- safo» asari tarji-masini ham boshlab bergan va uning birinchi jildini tarjima qilib tamomlagan.
Ogahiy (haqiqiy ismi: Muxammad Rizo ibn Erniyoz-bek) ham asli kotlik. 1809 yili tug‘ilgan. Yuqorida zikr etilgan Munisning jiyani va uning qo‘lida tarbiya topgan. Yaxshi o‘qib, turli fanlarni, xususan tarix va adabiyotni chuqur egallagan. Munisning vafotidan (1829 y.) keyin saroyni tark etib, ota kasbi — miroblik bilan kun ke-chirgan. Ogahiy 1847 yili vafot etgan.
Ogahiy ham iste‘dodli shoir, tarixnavis olim va tarjimon sifatida shuhrat topdi. U tog‘asi boshlagan «Firdavs ul-ikbol»ni oxiriga yetkazdi. Undan tashkari, «Riyoz ud-davla» («Davlatning jannat bog‘i»), «Zubdat ut-tavorix» («Tarixlar sarasi»), «Jomi‘ ul-voqyeoti sultoniy» («Sulton voqyealarining majmuasi»), «Gulshan ud-davlat» («Davlat gulshani») kabi asarlar ham yozgan.
Undan tashqari, Ogahiy 19 asarni fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima kil-gan. Mirxondning «Rayuatus- safo»si, Sharafuddin Ali Yaz-diyning «Zafarnoma», Zaynuddin Vosifiyning «Badoi‘ ul-vaqoiy» asari shular jumlasidandir.
Munis va Ogahiy Xorazmning qadim zamonlardan to Qo‘ng‘irot sulolasidan1 chiqqan Olloqulixon (1825—1842 yy.) zamonigacha bo‘lgan tarixidan bahs yurituvchi «Fir-davs ul-iqbol» («Iqbol bog‘i») nomli muhim asar ham yozib qoldirganlar.
«Firdavs ul-iqbol» muqaddima va besh bobdan iborat. 1806 yili boshlangan va 1840 yili yozib tamomlangan.
Muqaddimada Eltuzarxon nomiga hamdu sano o‘qiladi; Munisning mazkur xonning xizmatiga kirish sabablari aytiladi, shuningdek, asar mundarijasi keltiriladi.
Asarning I—II boblari islomiyatdan avval o‘ttan pay-g‘ambarlar, eski tarix kitoblarda turk- mo‘g‘ul qabilalari-ning ajdodi hisoblangan Yofas ibn Nuh va qo‘ng‘irot amir-larining ilk tarixiga bag‘ishlangan.
Uchinchi bobda Burtajon va Chingizxon tarixi, Mo‘g‘ul imperiyasining Chingizxon zamonidan to Oltin o‘rda xoni Berdibek (1357-1361 yy.) davrigacha bo‘lgan tarixi bayon etilgan.
To‘rtinchi bob Xorazmning Shayboniylar davri (1511— 1804 yy.)dagi ijtimoiy-siyosiy tarixi haqidadir.
Beshinchi bob Xiva xonligining 1804—1825 yillar ora-sidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z ichiga oladi.
Munis va Ogahiy mazkur asarining asosiy ahamiyati shundaki, unda Xorazmning qariyb 300 yillik (1511-1825 yy.) tarixi yaxlit, xronologik tartibda bayon etilgan. Qolaversa, asar turli mavzudagi daliliy ma‘lumotga niho-yatda boy. Asarda, masalan, Xorazm (Xiva xonligi) o‘ramida istiqomat qilgan turkman, qoraqalpoq va qozoq xalklari va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, katta yer egaligi, ekspluatasiya va mehnatkash xalkning og‘ir ahvoli (masalan, xalkdan undiriladigan so-liq va jarimalar: xiroj, zakot, peshkash, tansuqot va hoka-zolar; o‘n to‘rt urug‘ning tarqatib yuborilishi, 1714, 1722— 1723 va 1768 yillari sodir bo‘lgan ocharchilik va qahatchi-lik va hokazo); Xorazm shaharlari (Urganch, Kot, Vazir, Yangi shahar, Tirsak, Gandumkon, Hazorasp, Shohobod va b.)ning umumiy ahvoli; turkmanlar va Xorazm o‘zbeklari- ning etnik tarkibi; Xiva xonligining boshqa mamlakat-lar, xususan, Eron, Buxoro xonligi va Rossiya bilan bo‘lgan iqgisodiy va siyosiy munosabatlari xususida qimmatli ma‘-lumotlar uchratamiz.
«Firdavs ul-iqbol» kam o‘rganilgan, nusxalari hali chop etilmagan. Uzbekistan, Rossiya va xorijiy mamlakatlar-ning kutubxonalarida sakdanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |