Reja: kirish. I bob. O’simliklarga ta’sir qiluvchi omillar


O’simliklar resurslaridan oqilona foydalanish va ularning ekologik muhofazasi



Download 457,41 Kb.
bet5/9
Sana17.07.2022
Hajmi457,41 Kb.
#815011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xurshida

1.2. O’simliklar resurslaridan oqilona foydalanish va ularning ekologik muhofazasi
O’simliklarning tuproqni eroziya va defilyasiyaga qarshi barqarorligini oshirishda bosh omil, deb baho berilsa mubolag’a bo’lmasa kerak. Chunki, o’simlik mavjud bo’lgan joyda suv yoki shamol o’z kuchini ko’rsata olmaydi. O’simlik qoplami tuproqqa chuqur kirib borgan sari uni yuvilish, surilish va uyilish jarayonlaridan saqlaydi. Barglari, novdalari va poyalari, xullas barcha tanasi bilan yog’in-sochinning asosiy qismini qabul qiladi va tuproqqa nam kam tushadi, shamol vaqtida esa uning yo’nalishiga ro’para bo’lib, uning kuchini ancha qirqadi. Agar o’simlik siyrak yoki butunlay mavjud bo’lmagan sharoitda eroziya, deflyasiya, surilma, sel, garmsel kabi noxush hodisalar tabiiy komplekslarga jiddiy zarar yetkazadi. Eng dahshatli tuproq usti yuvilishi va u qulay sharoitlarda jar eroziyasiga o’tib ketishi tabiatda ko’p kuzatiladi. Qiya tog’ yonbag’irlarida lyossimon yotqiziqlar yoki lyoss qoplami yog’in-sochin vaqtida namga bo’kishi natijasida og’irlik massasi bir necha barobar ortib ketadi va mazkur yotqiziqlar ostida suv o’tkazmaydigan qumtosh yoki namga chidam boshqa jinslar, qiyalik ustida bir necha 10 yoki 100 m.ga surilib tushadi. Bu hodisa katti hududlarda sekin-asta, ba’zan bir zumda ro’y berishi mumkin. Surilgan hududda yoki uning oldida qishloq, chorva fermasi, avtomobil yo’li, biror korxona va boshqa xo’jalik obyektlari joylashgan bo’lishi mumkin. Buning oqibatida surilgan grunt massivi chuqur va keng yoriqlarga ajralib ketadi va o’z yo’lida uchragan barcha inshootlarni yakson qiladi.
To’satdan bo’lgan bunday noxush hodisalarning iqtisodiy zarari va oqibatlari bir necha yuz minglab so’m bilan hisoblanadi.
Sayyoramizda so’nggi davrlarda ro’y berayotgan halokatli toshqinlari, kuchli-talofatli shamollar va chang-tuzonli bo’ronlarning kuchayganligi, tuproq, deflyasiyasi va eroziyasining tezlashganligi, iqlimdagi ro’y berayotgan o’zgarishlar, nam tropik o’rmonlar maydonining qisqarishi oqibatidir. Eng xatarlisi havoning musaffoligi yo’qolib, kislorod muvozanati o’zgarmoqda.
O’zbekiston hududining tekislik qismida o’simliklar shimodan janubga qarab o’zgarib boradi, bunda o’simlik tiplarining birin-ketin almashinuvining asosiy sababi kenglik bo’ylab iqlimning o’zgarishidir.
Tog’ yonbag’irlari bo’ylab ko’tarilganda ham iqlim asta-sekin tog’ cho’qqilariga qarab o’zgaradi. Joyning absolyut balandligi qancha yuqori bo’lsa, iqlim shuncha salqin keladi. Tog’ etagidan cho’qqiga ko’tarilgan sari iqlimning o’zgarishi natijasida tuproq va o’simliklar ham o’gzara boradi: tekisliklarda o’sadigan ancha issiqsevar va kserofit o’simliklar o’rnini asta-sekin sovuqqa chidamli va mezofill o’simliklar oladi. Tabiatdagi bunday hodisa tik mintaqaviylik deb yuritiladi. Kavkaz, Markaziy Osiyo va boshqa tog’li o’lkalarda tik mintaqaviylik ravshan namoyon bo’ladi .
To’qayzorlar yildan yilga kamayib bormoqda. 1978 yilda ularning maydoni 78 ming.ga, 1983 yilda 34 ming.ga, 1992 yilda 31 ming gektargacha kamaydi. Amudaryo deltasida daraxtli butali to’qaylarning maydoni cho’llashish munosabati bilan ayniqsa, juda tez qisqarmoqda.
60-yillarga qadar hududda to’qayzorlar maydoni 270 ming ga bo’lgan holda ularning maydoni hozirda 10-15 marta kamaydi. 70-80 yillarda paxta maydonlarini kengaytirish bahonasida daryolar uzanlariga qadar yangi yerlar ochildi, shuning uchun ham ko’p to’qayzorlar ayni shu davrda butunlay yo’qoldi.
Sanoat revolyusiyasi tufayli inson tabiatga ta’sirini juda kuchaytirdi. Ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tubdan o’zgardi, tabiiy resurslardan foydalanish hajmi keskin ortib ketdi. Sanoatning kislorodga bo’lgan ehtiyoji orta borayotgan bir paytda, sayyoramiz o’simliklari ishlab chiqarayotgan kislorodlarning chorak qismiga yaqini inson tomonidan yoqib yuborilmoqda. Yana yiliga atmosfera tarkibidan ishlab chiqarish maqsadlari uchun 90 mln.t kislorod va 70 mln. t azot olinmoqda. Olimlarning hisoblaricha yiliga yoqib yuborilayotgan kislorodning 1%i qayta tiklanmay qolaversa, Yana VI-VII asrdan so’ng yer atmosferasi kislorod zahirasining 70%ga yaqini tugashi mumkin ekan .
Buning ustiga yer sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o’rmonlar maydoni yil
sayin 125 ming km ga qisqarmoqda. Inson sayyoramiz yashil boyligi – o’rmonlarni 50% dan ortig’ini kesib bo’ldi. Yevropa mamlakatlarida o’rmonlarning 85-95%i kesib yuborilgan bo’lsa, AQSh da o’rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. ga dan 260 mln. ga qisqardi. Hozir Hindistonning 18% hududi o’rmon Bilan qoplangan bo’lsa, XXI asrda bu ko’rsatkich atiga 9% ni tashkil etadi .
Landshaft yelementlari inson yashaydigan muhit hisoblanib, uni har qanday ko’ngilsiz va nooqilona o’zgarishlarni ham ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning yelementlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, tabiatning tipik va ajoyib territoriyalarini tabiiy holicha saqlab qolish kabilar tushuniladi. Landshaft va uning yelementlarini turli shakillarda muhofaza qilish mumkin. Ularni umumlashtirib quyidagi uch guruhga ajratamiz: landshaftning butun konponentlarini to’la-to’kis muhofaza qilish; landshaftning
ayrim va ajoyib obektlarini muhofaza qilish; antropogen landshaftning vujudga kelishi va uni optimal saqlash . Landshaftning butun komponentlarini muhofaza qilishda qo’riqxonalarning ahamiyati juda katta.
Qo’riqxonalar – bu tabiat etaloni bo’lib, tabiatni muhofaza qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1.Qo’riqxonalar tashkil etish orqali ma’lum bir o’lka yoki geografik zona tabiatining barcha komplekslari bilan birga namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.
2.Qo’riqxona – bu tabiat etaloni sifatida tabiat komplekslari yaxshi saqlangan maydonlar hisoblanib, unda tabiiy territorial komplekslarining rivojlanish qonuniyatini, o’zaro aloqasini, organizm bilan muhit o’rtasidagi munosabatlarni ilmiy jihatidan o’rganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Bu tabiiy laboratoriyada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi, insonning xo’jalik faoliyati tufayli o’zlashtirilgan qo’shni territoriyada sodir bo’lgan salbiy va ijobiy o’zgarishlarga taqqoslanib ilmiy bashorat beriladi.
Xo’jalik faoliyati natijasida atmosferaga yiliga faqat turli yoqilg’ilar yoqish hisobiga 22 mlrd. t karbonad angidrid, 200 mln.t dan ortiq, uglerod oksidi, 160 mln. t sulfat oksidi, 50 mln. t azot oksidi, Yana shuncha uglevodlar, 250 mln. t turli kimyoviy zarrachalar aerozollar hamda 300 ming t qo’rg’oshin chiqarilmoqda.
XX asr o’rtalarida faqat toshko’mir yoqishning o’zidan yer yuzasiga har yili 2 mlrd.t shlak chiqarilgan. Faqat yoqilg’i yoqish maqsadida esa 15 mlrd.t kislorod sarflanmoqda.
Hozir inson quruqlik yuzasining 60% dan ortiq qismdan o’z maqsadlari uchun
foydalanayotgan bo’lsa (30% dan ortig’ida qishloq xo’jalikda, 11% da yerlarni haydab ekin ekmoqda), 20% dan ortig’ini turli qurilishlar tufayli butunlay o’zgartirib yuborgan (XX asrning o’zida bunday yerlar 250 mln.ga ga ortdi), 100 mln.ga yer faqat shaharlar qurilishi bilan baland, sanoatlashgan hududlarning yarmidan ortig’ini muxandislik qurilmalari egallagan.
O’rmonlarning betartib kesib yuborilishi oqibatida keyingi 80-90 yil mobaynida Dunyo bo’yicha sug’oriladigan yerlarning chorak qismi erogiyaga uchrab (AQShda eroziyaga uchragan yerlar 50% ga yaqinlashdi) qishloq xo’jalikda foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan bo’lsa, suv eroziyasi tufayli yiliga 24-10 t tuproqlarning unumdor qismi yuvilmoqda .
Eroziyaning muqarrar rivojlanishi evaziga, keyingi asr mobaynida 2 mlrd. ga yer yaroqsizlandi, yiliga 200-300 ming ga yer shurlanish va botqoqlanish evaziga qishloq xo’jalik ahamiyatini yo’qotmoqda. Shuning uchun bu jarayonlarning oldini olishda o’simliklar muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko’p o’simliklar turlari butunlay yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi. O’simlik va hayvon turlarining tobora yo’qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va malga oshirish extiyojini tug’dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muxofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muxofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtirib, 1973 yilda ―Qora ro’yxat‖ni chop etdi va undan batamom yo’qolib ketgan hayvonot turlari ro’yxati keltirildi. Keyinchalik bu ―ro’yxat‖ ―Qizil kitob‖ nomini oldi. Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda o’z Qizil kitoblari tashkil etilmoqda. O’zbekiston ―Qizil kitobi‖ ham 1984 yilda tashkil topgan. Undan ko’pgina o’simlik va hayvon turlari kiritilgan.
Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak...
―Qizil kitob‖ning yana bir muhim joyi bo’lib, bu uning sahifalari xech qachon tugallanmasligidir, doimo uning sahafalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirib boradi. AQSHning Norzern Universiteti biologlarining xulosalariga ko’ra, ―Qizil kitob‖ning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va xulqini doim oshira borish kerak.
O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4200 ga yaqin gulli o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muxtoj ko’pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular O’zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Misol uchun, Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur bo’lib, undan 201 tur dorivor o’simliklardir. O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik ―Qizil kitob‖ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi ―Qizil kitob‖da esa (1998) kiritilgan o’simlik turlarining soni 301 taga etdi.
Hozirgi vaqtda tog’ o’rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy o’simligi archa hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat.
Cho’l o’rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o’rmonlarning asosiy o’simligi saksovulzorlardir.
To’qay o’rmonlari ilgarilari juda zich bo’lib, hozirda atigi 25 ming ga maydonda saqlanib qolgan.
Vodiy o’rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12 ming ga dan iborat.
XX asr boshlarida O’zbekiston o’rmonlarining maydoni 4-5 martaga qisqardi. Ayniqsa to’qay o’rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi.
Dunyo bo’yi o’rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o’rmonlarni kesilishi avj olib, ularning tiklanishi etarli emas. O’rmonlar kesilishini yillik hajmi 3 mlrd.m3 ni tashkil etadi. Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x tashkiloti)ning ma’lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib 1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik o’rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g’oyat tashvishlidir.
Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida bundan 1,5 ming yil muqaddam o’rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ular 27% ni tashkil qiladi. Ko’p mamlakatlardagi sanoat manbalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda ko’p o’rmonlar kesilib, ularning o’rniga katta-katta zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan chiqindilar atrof-muhitni ifloslanishi natijasida ko’plab nodir va noyob o’simlik turlari qirilib ketishiga sabab bo’lmoqda. BMTning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda sanoat rivojlana boshlagan davrdan 250 ming xil o’simlik turi yo’q bo’lib ketishi xavotir ostida ekanligi ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgach atrof-muhitni, hayvonot va o’simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish» to’g’risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» to’g’risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish» to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Ushub qonunlarda tabiiy sharoitda o’sadigan o’simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o’stiriladigan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar to’g’risida boradi.
2-modda – O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar to’g’risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari quyidagilardir:
- Floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish. Tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlab qolish.
- O’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni ta’minlash yuridik va jismoniy shaxslarni o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.
4-modda - O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari boshqaruv organlaridir. Yuridik va jismoniy shaxslar o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart.



Download 457,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish