O’simlikning namsevar yoki salqin sevarligi, issiq yoki sovuqqa chidamligi va boshqa bir qator ekologik xususiyatlari bilan bog’liq tomonlari uzoq muddat davomida evolyutsiya jarayonida shakllangan. Zero bizning sharoitimizdagi issiqsevar o’simliklar va qisqa kun o’simliklari shimoliy mintaqadagi issiqqa talabi kam, uzun kun o’simliklardan farqlanadi. Tabiatda har bir geografik hududdagi aloxida o’simlik o’zining biologiyasi jihatidan mos keladigan ekologik sharoiti joyida namsevarlar suv havzalarining yaqinida, soyasevarlar quyosh nuri bevosita tushmaydigan joylarda va shu kabilarda o’sadi. O’simliklarning irsiyati tashqi muhitning muayyan sharoitlarda shakllanadi. Bu o’rinda o’simlikning ontogenezi davridagi tashqi muhitning omillarini ta’siri ham katta ahamiyatga ega. O’simliklar qishloq xo’jalik ekinlarining nihollari, ko’chatlar ko’p hollarda tashqi muhitining o’zlari uchun noqulay bo’lgan u yoki bu omillarini bo’lgan ta’siridan ularga nisbatan tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan yashash uchun kurash natijasi sifatida moslanishlarni hosil qiladilar. O’simliklar tashqi muhitning noqulay abiotik va biotik omillaridan samarali tarzda himoyalanishadi.
O’simliklarning tashqi muhitni muayyan iqlim, tuproq sharoitlariga moslashishlari ularda ro’y beradigan fiziologik mexanizimlar (fiziologik jihatidan moslanishi) natijasida, oganizimlarning popultsiyasidagi irsiy o’zgaruvchanliklarida va tabiy tanlanishida (irsiy jihatidan moslanish) sodir bo’ladi. Tashqi muhitida ro’y beradigan omillar qonuniy jihatidan va tasodifan ro’y beradi. Qonuniy tarzda ro’y beradigan tashqi muhitdagi o’zgarishlar masalan, yil fasllarining almashinuvlari davrida himoyalanish o’simliklarda bu xodisalarga irsiy jihatidan moslanishlarni hosil qiladi. O’simliklardagi moslanishlar va chidamlilik imkoniyatlari mavjud. Tabiy sharoitda o’sayotgan yoki ekilgan o’simlik o’zining o’sishi va rivojlanishi davrida o’zi uchun noqulay bo’lgan tashqi muhitning haroratidagi o’zgarishlari, yoritilishi, qurg’oqchilikni ro’y berishi, me’yoridan ortiqcha namlikni bo’lishi, tuproqning sho’rlanishi kabi bir qator omillarning ta’sirini ostida bo’ladi. Har bir o’simlik tashqi muhitida ro’y berayotgan o’zi uchun qulay yoki noqulay bo’lgan ta’sirlarga genetikasida belgilangani bo’yicha moslanishlar, chidamliklarni hosil qiladilar. O’simlikda bunday moslanish va chidamlikni qanchalik darajada yuqori yoki past bo’lishi mazkur o’simlikning moslanishi va chidamligining reaktsiya normasini belgilaydi.