Reja: Kirish I bob. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish metodikasi

Download 79,42 Kb.
bet3/16
Sana30.05.2022
Hajmi79,42 Kb.
#620001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ONA TILI o\'qish metodikasi

Kurs ishi mavzusining vazifasi: 2- sinf o’qish savodxonligi darsligining tuzilishi, g’oyaviy-badiiy tahlil qilish. Bоlа оngiga ona tili o’qish savodxonligini jоylаsh, uning bilim dоirаsini kеngаytirish, tаfаkkurini rivоjlаntirish vа tаrtibgа sоlish, irоdа vа tаlаbchаnlikni tаrbiyalаsh.

Kurs ishi mavzusining predmeti:

Kurs ishi mavzusining ob'yekti:

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 4 band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar majmuasidan iborat.

Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyatini va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.
Sh.M.Mirziyoyev
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qillib olingan. Dunyo tillarini biladigan va boshqa madaniyatlarni yaxshi tushuna oladigan fuqarolikni shakllantirish millat muvaffaqiyati uchun juda muhim. Dunyo mamlakatlari hozirda global darajada iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy realliklar bilan uzviy bog‘liq. Lingvistik va madaniy tushunchalarga ega bo‘lish va dunyo tillarini o‘rganish bilan bog‘liq tushunchalar XXI-asrda global hamjamiyat va savdo-iqtisodiy sohada ishtirok etadigan fuqarolar uchun zarur. Xalqlarni ajratib turadigan geografik chegaralar endi dahshatli to‘siq emas, balki davlatlar bir-biriga tobora bog‘liq bo‘lib, turli millat va madaniyatlardan maqsadli ravishda foydalana oladigan bir nechta tillarni biladigan fuqarolar uchun ta’lim va karera imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bir paytlar chet elga sayohat qilishda foydali ko‘nikma sifatida qaraladigan chet tillarini bilish va turli madaniyatlar bilan tanishish endi kundalik hayotda samarali muloqot qilish uchun juda muhim; ilgari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun elita akademik tanlovi sifatida qaraladigan tillarni o‘rganish, hozirgi kunda dunyo jamiyatidagi barcha talabalarning muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Skarino1 tildan foydalanish va uni o‘rganish o‘quvchilarning lingvistik va madaniy tizimlar o‘rtasida “harakatlanishini” talab qiladigan ko‘nikmalar va shu bilan birga bu tillarning foydalanuvchilari hamda o‘rganuvchilari sifatida o‘zgarashni, shakllanishni talab etishini ta’kidlab quyidagilarni taklif qiladi: o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning shaxsini o‘zgartirishga intiladigan tillarni o‘qitishga yo‘naltirish - bunga o‘rganilayotgan tilni o‘z tillari va madaniyatlari bilan doimiy solishtirish orqali erishiladi. Shunday qilib, o‘quvchilar o‘zlarining lingvistik va madaniy dunyosiga nisbatan joylashuvini boshqa til nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga erishadilar. Ular o‘z til va madaniy dunyosi bilan o‘rganilayotgan til foydalanuvchilari o‘rtasida harakat qilishni o‘rganadilar. O‘quvchilarning “o‘rtada harakatlanish”ga bo‘lgan ehtiyoji, tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot bir tilli hodisa emas, balki ikki tilli yoki ko‘p tilli ekanligini aniq ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun bu jarayon ham madaniyatlararo, ham madaniyatlar ichra mavjud bo‘lgan jarayondir. Zamonaviy nazariya va amaliyotda tildan foydalanish quyidagicha: shaxsiy, ma’noli va xilma-xil; uning ijtimoiy, madaniy va tarixiy sharoitlari bilan uzviy bog‘liqligi; o‘quvchilardan tilni o‘rganish tajribalari haqida fikr yuritishni, ulardan foydalanish va boshqalar hayotiga nisbatan o‘z hayoti o‘rtasida mazmunli aloqalarni o‘rnatishlarini talab qilish.

I bob. ‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISh METODIKASI 
Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish yo‘llari va vazifalari 
Reja: 
1.Nutq va uni o‘stirish tushunchasi 
2. Nutq turlari 
3. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar
4. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. 
5. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi. 

Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z 

birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro 
fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. 
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri
sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir. 
Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq 
o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni) 
aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, 
o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga 
yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga 

rioya qilish zarur: 
1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini 
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va 
zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, 
boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida 
ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti 
–nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular: 
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish. 
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish 
va yozish malakalarini o‘zlashtirish. 
3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. 
Nutq o‘stirishda uch yunalish aniq ajraladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2)so‘z birikmasi va gap 
ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. 
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikalogiya 
(frazealogiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq 
esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikaga asoslanadi. 
Nutq o‘stirishda izchyaillik to‘rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-
xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini amalga oshirish 
bilan ta’minlanadi. 
Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z 
fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq
hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan “o‘ylangan” (fikrlangan) nutqdir. Tashqi 
nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan 
nutqdir. 
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. 
Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi.
1.1

O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish.
Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z 

Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi.
O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir 
qator talablarga rioya qilinadi.
1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. 
2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin. 
3. Nutq aniq bo‘lsin. 
4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. 
5. Nutq tushunarli bo‘lsin. 
6. Nutq ifodali bo‘lsin. 
7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin. 
Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrini bayon etish 
vositasigina bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi 

vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini 

egallash asosidagina nutqni muvafaqqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini 
o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy 
operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. 
Tafakur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvafaqqiyatli 
o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til 
vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z 
birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega 
bo‘ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.”Nutq tafakkur bilan 
chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni 
ifodalab berib bo‘lmaydi”.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini 
ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib 
olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, 
faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini 
o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchining fikriy rivojining asosiy 
o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarning barcha predmetlaridan materialni 
o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z 
nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday 
bayon eta olishiga qaratiladi.
Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr 
nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni 
shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham 
uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti 
haqida bilim oladilar: ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida 
to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam 
beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi. 
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga 
tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala 
normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng 
imkoniyat mavjud. 
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, 
bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi 
bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma 
yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh 
bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari 
juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar. 
Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan 

boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va 

terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar. 
O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini 
o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib 
aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va 
tafakkurini o‘stiradi. 
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan 
tashqari mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi. 
O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik 
talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham 
doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi 
zarur. 

Download 79,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish