VII bo‘lim. O‘QUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH
Ushbu soatlarda o‘quvchining yil davomida olgan o‘qib, eshitib tushunish, og‘zaki va yozma nutqqa oid bilim, ko‘nikma va malakalari sinovdan o‘tkaziladi.
2.2. 2-sinf o’qish savodxonligi darsligining tuzilishi , mazmun - mundarijasi
I bo‘lim. O‘ZBEKISTON – MENING VA TAN IM!
O‘zbekiston – mening Vatanim!
(mustaqillik, Vatan, iftixor...) Berilgan mavzu bilan bog‘liq matn ustida ishlanadi. Vatan, Vatanga muhabbat mavzusidagi audiomatn ustida ishlanadi .Matn tarkibidagi so‘zlar tahlilini olib boriladi. Matnning xulosasini aniqlash, g‘oyasini ayta olish bilan bog‘liq topshiriqlar. Matn tarkibida qo‘llanilgan maqol va hikmatli so‘zlarni ajratish, ular ma’nosi bilan tanishish. Mustaqillik, iftixor tushunchalari bilan bog‘liq 3 yoki undan ortiq gap tuzib ijodiy matn yaratish. Matnning asosiy mazmunini tushunish. Matnning asosiy mazmunini ochishga yordam beradigan gaplarni topish. Matnga sarlavha qo‘yishdan iborat.
II bo‘lim. MEN, SEN, U VA ULAR
Maktabim – ikkinchi uyim.
Matnning asosiy mohiyatini ochib beruvchi savollar ustida ishlash. Maktabdagi shaxs va narsalarga qanday munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq audiomatn tarkibidagi ayrim so‘zlar tahlili. Matn mazmuni bo‘yicha berilgan savollarga javob berish, matnning xulosasi va g‘oyasini aniqlash. Maktabda o‘zini tutish, kiyinish odobi, oshxonada gigiyena va axloq-odob qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq matn ustida ishlash. Atrofdagilar bilan muloqot qilish, muloqot qoidalariga rioya qilgan holda mavzu bilan bog‘liq fikrlarini ifodalash. Mavzu bilan bog‘liq vaziyatlar aks etgan rasm asosida 3 yoki undan ortiq gap tuzish. Matndagi (asardagi) sabab va oqibat bog‘lanishlarini tushunish. Matndan (asardan) xulosa chiqarish. Tug‘ilgan kuning bilan!
Berilgan mavzu doirasida suhbat olib borish. Mavzu yuzasidan berilayotgan savollarga mantiqli va tartibli javob berish mashqlari. Mehmonga borish qoidalari haqidagi matn bilan tanishish, undagi ma’nodosh so‘zlar, ma’nolar o‘rtasidagi yaqinlikni aniqlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Matnni ifodali va ravon o‘qiy olish malakasini shakllantirishga oid mashqlar. Mehmonga borish va mehmon kutishda qo‘llaniladigan so‘z va birliklardan foydalana olish malakasini shakllantirishga qaratilgan mashqlar. Asar qahramoni xatti-harakatlariga baho berish. Qahramon harakatlaridan saboq chiqarish.
Mening mahallam
Qo‘shnichilik qoidalari mavzusida suhbat uyushtirish, bunda muloqot odobi, atrofdagilar bilan muloqot qilish qoidalariga rioya qilish. Mahalladagi urf-odatlarni aks ettiruvchi audiomatn bilan tanishish. Suhbat davomida zarur bo‘lgan o‘rinlarni aniqlash va ularni daftarga yozish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Asarning davomini tasavvur qilish. Asarni davom ettirishni mashq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |