Reja: kirish I bob. Ona tili fanidan dars tiplarining ta`lim jarayonidagi o`rni


O`quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakillantirish



Download 82,4 Kb.
bet8/10
Sana31.12.2021
Hajmi82,4 Kb.
#251564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi 1

.O`quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakillantirish;
. Asosiy fonetik, grammatik tushunchalar yordamida imloviy malakalarini shakillantirish;

  • Og`zaki va yozma nutq uzviyligi, uyg`unligini ta’minlash, muntazam ravishda mavzuga bog`liq holda yozma nutq ustida ishlash;

  • Ijodiy matnning mantiqiy jihatdan to`g`riligini, fikr izchilligini, lug`aviy me’yorini ta’minlash;

  • Mashg`ulotlarda turli didaktik voitalardan to`g`ri va unumli foydalanish; ta’limiy o`yinlar izchilligi va xilma-xilligi, qiziqarli bo`lishiga erishish;
  • Mavzuni muammoli ravishda yetkazishda turli noan’anaviy usullardan foydalanish, mashqlarning tizimi va optimal variantlariga alohida e’tibor berish;


    .O`quvchilarning fikrlash darajasini o`stirib borish: mashg`ulot vositalarini mazmunidan kelib chiqib tarbiyaviy jihatlarga e’tibor berish.

“Ajoyib o`qituvchi bo`lgan ona tili bolaga ko`p narsani o`rgatadi... Bola 2-3 yil ichida shuncha ko`p narsa o`rganadiki, ko`p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt va metodik jihatdan juda to`g`ri o`qiganda ham, uning yarmicha o`rgana olmaydi. Ona tilining ulug` pedagogligi ham ana shundadir”– deydi- K.D.Ushinskiy.

Boshlang`ich ta’lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta’lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yilgan muhim talablar quyidagi 3 parametr standart o`lchovi orqali aks ettiriladi.

1.O`qish texnikasi;

2.O`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash;

3.Fikrni yozma bayon etish malakasi.

Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar ona tili va o`qish bo`yicha quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashi shart:

a) o`qish texikasi bo`yicha:

Miqdoriy ko`rsatkichlar, bir daqiqa 80-90 so`zni o`qiy olish.

Talablar:

-harflarni to`g`ri talaffuz qilish;

-so`zlarni to`g`ri yozish;

-gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o`qish;

-sanash va ajratish ohanglaridan to`g`ri foydalanish;

-so`z urg`ulariga rioya qilish;

-ohangga rioya qilish;

-ilmiy atama va ramzlarni to`g`ri talaffuz qilish.

b) Matn mazmunini va o`zgalar fikrni anglash malakasi bo`yicha;

Miqdoriy ko`rsatkich, 10 daqiqadan 4-5 sahifali matnni o`qib, qayta so`zlab bera olish.

Talablar.

-og`zaki nutqning to`g`ri, ravon, aniq tushunarli va ta’sirchan bo`lishi;

- monologik nutqning ravon bo`lishi;

-diologik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatdan aniq bo`lishi.

d) diktant –yozma malakasi;

Miqdoriy ko`rsatkich 75-80 so`zdan iborat diktant yoza olish.

Talablar:

-imloviy xatolarga yo`l qo`ymaslik;

-ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

-berilgan izohlarning aniqligi;

-lug`atlarning to`g`ri va aniq berilishi.

e) fikrni yozma bayon etish malakasi bo`yicha:

Miqdoriy ko`rsatkich 5-6 gapdan iborat bo`lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bo`lgan mavzu asosida) yaratish:

Talablar:

-matndagi gaplarning mazmunini o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi ko`rsatilgan mavzu doirasida birlashtirish;

-harf va tinish belgilarni to`g`ri yozish;

-husnixatda qatorlarni to`g`ri joylashtirish;

-tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish;

-matnda so`zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo`llay olish;

-matnda xat boshlarining yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash;

-undosh so`zlardan foydalana olish.

Boshlang`ich sinflarda ona tili o`rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyati va yozma nutqini, tafakkurini amalga oshirish, ularni shaxs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga qiziqishni oshirish, faollik, mustaqillik mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o`stirish hisoblandi. Bolalarning aqliy va nutqiy qoobiliyatlarini muvaffaqiyatli o`stirish kelgusida fanlarni puxta o`zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Boshlang`ich sinflar “Fonetika, grammatika, imlo va nutq o`stirish” dasturi bo`yicha izchillik tamoyillari asosida tuzilgan bo`lib, fonetika, grammatika, imlodan beriladigan boshlang`ich ta’limotlar yuqori sinflarda o`qitiladigan ona tili va adabiyot, materiallari bilan uzviy bog`lanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So`z”, “Gap”, “Bog`lanishli nutq” va “Husnixat” bo`limlarini o`z ichiga oladi.

Tovushlar va harflar:

Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o`quvchilarning savod o`rgatish jarayonida o`rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda 1-2-sinflarda beriladi, ular haqida ko`nikma va malakalr hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi, bo`g`in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi.

Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishi farq qiladigan so`zlar: a va o, y va n tovushli so`zlarning aytilishi va yozilishi, so`z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarning jarangsiz jufti, n va m undosh eshitilsa ham d va ga harfining yozilishi, ayrim so`zlar oxirida kelgan g va m undoshlarning talaffuzda tushib, ammo yozuvda saqlanib, yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so`zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar.

3-4-sinflarda esa, tovushlar va harflarga oid bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanadi. So`zlarni tovush harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o`stirishga e’tibor kuchaytiriladi. Bular o`z navbatida o`quvchilar savodxonligini oshiradi. Xatosiz ko`chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko`nikmalarini o`stiradi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o`quvchilarning og`zaki va yozma nutq madaniyatini o`stirish va takomillashtirish yo`naltiriladi.

Boshlang`ich sinflarda bolalarni har tomonlama rivojlantirishga ongli, ifodali o`qish, hisoblash, savodli o`qish va yozish, nutqini o`stirish va xulq madaniyatini shakllantirishga puxta zamin tayyorlaydi.

Boshlang`ich ta’lim o`rta umumta’limning asosiy poydevoridir. O`quvchi boshlang`ich sinfda chuqur va puxta bilim olsagina yuqori sinflarda fanlarni yaxshi va a’lo darajada o`zlashtira oladi. Yangi DTS dasturi yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning vazifalarini hal qilishda o`qituvchiga, uning chuqur bilimliligi, g`oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga iste’dod madaniyatiga bog`liqdir.


Download 82,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish