Reja Kirish I bob. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi. Nutq


I BOB.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi.Nutq



Download 35,54 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi35,54 Kb.
#782793
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi rivojlanish psixologiya — копия

I BOB.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi.Nutq.

    1. Maktabgacha yoshidagi bolalarni nutqini rivojlantirish.



Maktabgacha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi:
Bog‘cha Yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir.
Bog‘cha Yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.
Bog‘cha Yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1. Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;
3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak.

Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog‘cha Yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha Yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.


Bu Yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’sirida, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bo­la ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi.
Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu Yoshdagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular ko‘pining ma’nosiga yaxshi tushunmaydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushunarli, foydali bo‘lgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi.Bugungi kunda 0‘zbekistonda maxsus ta’limga o'zgartirishlar kiritilishi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib, maxsus uyushtirilgan ta’lim-tarbiya orqali aqli zaif bolalarning nutqini o'stirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, faollashtirish imkoniyatini yaratadi.
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya’ni nutqini egallash uchun eng ma’qul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir.
Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar bilan me’yorida rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli farqlardan biri — ruhiy jarayonlarning yetarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va uning intellekti orasida o'zaro murakkab munosabatlar hukm suradi.
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan va me’yoridagi bolalar asosiy nutqiy o‘sish bosqichlarini turli yosh davrlarida o‘tadilar. Nutqning orqada qolishi bola rivojlanishida qator kamchiliklaming yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarda nutq o‘stirish muammosiga bag'ishlangan ko‘pgina ilmiy tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, bu xildagi nuqsonli bolalarda dastlabki nutqiy ko'rinishlar guvurlash davrining bo‘lmasligi yoki kechikishi (bu keyinchalik nutqni egallash uchun zarurdir); dastlabki so‘zlarning kechikib hosil bo'lishi; so‘z birikmalarini egallash davrining sekin va qiyinchilik bilan kechishi; so‘zlardan sodda gaplarni tuzish uchun uzoq vaqt talab etilishi; nutqiy ijodiyotda mustaqillikning yetishmasligi; fonetik kamchiliklaming uchrashi; nutqiy faollik darajasining pastligi; nutqiy muloqot kambag‘alligi kuzatiladi.
Nutqning bunday kech paydo bo‘lish sabablarini qayd etgan ko‘pgina tadqiqotchilar aqli zaif bolalarda ruhiy jarayonlarning umumiy rivojlanmasligi va aqliy rivojlanishning kechikishi xos xususiyat ekanligini ta’kidlaganlar. Buning natijasida tovushlarni idrok etish hamda ularni o‘zaro farqlash kabi murakkab psixik faoliyat, ya’ni fonematik eshituv rivojlanmaganligi ko‘rsatiladi.
Fonematik eshituvning rivojlanmasligi tovushlarning ko‘pincha buzib talaflfuz etilishi va nutqning kechikib rivojlanishiga olib keladi.
Aqli zaif bolalar nutqini o'stirish qiyin kechsa-da, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim. Nutq tarbiyasi ta’lim asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham aqli zaif bolalar nutqini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolalarda nutqning o'sishiga yordam beradigan vositalami yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofiq pedagogik ta’simi tashkil etishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog'lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma’nosini anglash qiyinchiliklari, hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasawurlaming yetishmasligi, mavzudan chalg'ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma’lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi.
Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me’yorida rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, nuqsonga ega boMgan tengdoshlari ham, albatta bosib o‘tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga aqli zaif bolalarning bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un buzilishi sabab bo'ladi. Bu holat aqli zaif bolaning nutqiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif bolalar nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada qoladi, nutq ma’no tomonidan o‘ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan xatolarga yo‘l qo'yadilar.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o‘stirish vazifasi turadi. Bunda aqli zaif bolalarga o‘z fikrini, istak- orzusini, hissiyotini aniq ifoda etish, ona tilida kishilar bilan aloqa o'rnatishda, hayotga o‘rganish jarayonida foydalanishga o‘rgatish, aqliy jihatdan kamchiliklarini bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, hamda yordamchi maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.
Defektolog bolalar nutqini atrofdagi hayot bilan, oilaviy turmush, bolalar bog‘chasining hayoti bilan, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqea va hodisalar, o‘zbek xalqining mehnati, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o'stirib boradi.
Maxsus usullar yordamida bolalami faqat lozim bo‘lgan so‘zlaming ma’nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan o‘z nutqlarida faol qo'llashga o‘rgatib boriladi.
Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati, odob-axloq normalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi - ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi. Maxsus bolalar bog'chasining ta’lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o'stirish bo‘yicha quyidagi bilim, ko'nikma, malakalar bilan qurollantiriladi: Nutq o'stirish kursi aqli zaif bolalarni ma’lum bilim va malakalami o'zlashtirib olishlarinigina emas, balki idrok, xotira, tafakkur, tasawur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Bu yo'nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining muhim usullarini o‘rgatish, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksion- pedagogik ishda aqli zaif bolalaming yoshi, psixik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, ona tilining o'ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o'stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi» - deyilgan.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir. V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, Ye.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan. Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya 13 va boshqalar bolalarning og‘zaki nutqi va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: – nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir; – nutqni rivojlantirish -bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; – bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.
Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar. Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli masalalar qamrab olingan.



Download 35,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish