Mavzu: Òquvchilar nutqini òstirishda frazeologik birliklardan foydalanish.
REJA:
KIRISH
I. bob. Frazeologik birliklarning lingvistik talqini
1.1.Lisoniy birliklar orqali tushuncha ifodalash usul-vositalari
1.2.Sharqona lutfni ifodalashda lisoniy birliklar hamda iboralarning o`rni
II.bob. Frazeologik birliklarning faol nutqqa aylanishi va uning nutq madaniyatidagi o`rni
2.1.Ibora badiiy nutqning ifoda obrazi, ijodkorning badiiy quroli sifatida
2.2.Nutqiy malakani shakllantirishda iboralardan foydalanish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Til – jamiyat va shaxs hayotida o‘ziga xos o‘rin egallab, jamiyatning har tomonlama rivojida va har bir shaxsning yuksak mavqega erishishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Globallashuv davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, tobora kuchayib borayotgan raqobat asri bo`lgan hozirgi sharoitda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo`lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda til ta`limining o`ziga xos o`rni bor. Ta`lim-tarbiya jarayonida ona tili o`qitishni zamonaviy uslublarda olib borish, til birliklarining mohiyatini anglash zamon talabi.
Muhtaram Yurtboshimiz 2022 yil 16-17 fevral kunlari Toshkent shahrida "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizasiya qilishning eng muhim sharti" mavzusidagi xalharo konferensiyada so`zlagan o`z nutqida mamlakatimizda ta'lim tizimining isloh qilinishdagi faoliyatni atroflicha tahlil qilib berdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo`yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etildi.
Ushbu modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta'lim maktabidagi 9 yillik o`qishdan so`ng o`quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta'lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo`yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. O`tgan yillar davomida ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo`yicha miqiyosi va ko`lamiga ko`ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Hariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta'minlandi. O`quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo`yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi. 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Barcha ta'lim, fan, madaniyat va maorifat muassasalari ta'lim portali va internetga ulandi.O`tgan davrda oliy ta'lim muassasalarining soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va boshqa oliy o`quv yurtlarida 230 mingdan ziyod talaba ta'lim olmoqda. Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalharo obro`-e'tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo`lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o`quv yurtlarining filiallari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |