Reja: Kirish I bob. Bolalar psixologiyasi faniga kirish va uning maqsad, vazifalari


Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi



Download 66,77 Kb.
bet6/8
Sana31.05.2022
Hajmi66,77 Kb.
#621861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalar konsultasiyasining xususiyatlari

2.2.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu uyindir. Bog’cha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Bog’cha yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Malumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyoskarashi kengayib boradi.
Bog’cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam yetmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosobatda bulishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni uzi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bulib samolyotda uchgisi va rostakam milisioner bulgisi keladi. Birok tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yul bilan kondira olmaydi. Bu urinda savol tugiladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiyejlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasidagi karama - karshilik kanday yul bilan xal kilinadi? Bu karama karshilik fakatgina birgina faoliyat orkali yaoni bolaning uyin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning uyin faoliyati kandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni uyinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu uyin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir. Ikkinchidan esa, bolalar uyin jarayonida uz ixtiyorlaridagi narsalarni, uzlarini kiziktirgan, ammo kattalargagina mansub bulgan narsalarga aylantirib xoxlaganlaricha erkin faoliyatda buladilar. Bolalarning uyin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. Uyin bolalar xayetida shunday kup kirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mexnat xam, turli narsalar xakida tafakkur kilish, xom xayol, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujjasamlangandir, yani mana shu jarayonlarning barchasi uyin faoliyatida anik buladi. Shuni xam takidlab utish kerakki uyin fakat tashki muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli uyinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari xam shakllanadi. Demak, bogchadagi taolim tarbiya ishlarining muvaffakiyati kup jixatdan bolalarning uyin faoliyatlarini maksadga muvofik tashkil kila borishga boglikdir.
Shunday kilib, uyin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Shuni xam aytib utish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga guyo bir mujizadek kurinadi. Natijada ular xam uzlarining turli uyinlari jarayonida uxshatma kilib (yaxni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
Bolalarning uyin faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning xam) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, uzgartiruvchan jarayondir.
Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, uyin jarayonida bolaning kiladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega buladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola uzining turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, milisionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta , turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(baxzan kichik gruppa bolalari xam) uzlarining uyinlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). Urta, katta bogcha yoshidagi bolalarning uyinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi bolalarning uyinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Boshkacharok kilib aytganda, uyin kudratli tarbiya kurolidir. Bolalarning uyinlari orkali ularda ijtimoiy foydali, yaxni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning uyini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, uyin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari(kimning nimaga kuprok kizikishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini kuramiz. Shuning uchun bolalarning uyin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar.Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining idrok,xotira , tassavur ,tafakkur xamda xarakat layokatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli uyinlarda bolalar asosan uzlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar.4-5 yoshli bolalrning uyini asta – sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini xususan ularning kollektiv uyinlari orkali kuzatish kulaydir. Bu uyinlarda bolalar kattalarning fakat predmetlarga munosabatini emas, balki kuprok uzaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, kollektiv uyinda bolalar bir gruppa odamlarning murakkab xayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poyezd» uyini olaylik. Bunda mashinist, parovozga kumir yokuvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stansiya xodimlari va yulovchilar buladi. Bolalarning mana shu kabi kollektiv uyinlari artistlarning faoliyatiga uxshaydi. Chunki kollektiv uyindagi xar bir bola uz rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga uyinning umumiy mazmunidan xam chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa , xar bir boladan uzining butun kobiliyatini ishga solishni talab etadi. Malum rollarga bulingan kollektiv uyin bolalardan katxiy koidalarga buysunishi va ayrim vazifalarni uxshatib bajarishni talab etadi. Shuning uchun bolalarning bunday kollektiv uyinlari psixologik jixatdan katta axamiyatga ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik uyin koidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta bogcha yoshida syujetli-rolli uyinlar rivojlanadi,lekin enda bu uyinlar uz mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu uyinlar jarayonida bolalrda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek tashkilotchilik kunikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy sanxatning xam axamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga kura uning atrof xayotni kanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baxo berish mumkin. Katta bogcha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va extiyojlarini xam aks ettiradi.
yoshdagi bolalar rasm chizishga xam nixoyatda kizikadilar Rasm chizish bolalar uchun uyin faoliyatining uziga xos bir shakli bulib xisoblanadi. Bola avvalo kurayotgan narsalarini, keyinchalik esa uzi biladigan, xotirasidagi va uzi uylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaka juda katta axamiyatga ega bulib,aynan shunday uyinlarda muvafakkiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimlm vakt- yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
Katta maktabgacha yeshdagi bolalar uchun musobakalar juda katta axamiyatga ega bulib, aynan shunday uyinlarda muvaffakiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustaxkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimli vakt-yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
Katta bogcha yoshida konstruktorlik uyinlari asta-sekinlik bilan mexnat faoliyatiga aylanib boradi. Uyinda bola elementar mexnat kunikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
3-7yoshli bolalar psixik rivojida badiiy-ijodiy faoliyat bulgan musikaning xam axamiyati xam juda katta. Musika orkali bolalar ashula aytishga, musika oxangiga mos ritmik xarakatlar kilishga urganadilar. 3-7 yosh davrida bolalar asosiy faoliyati kuyidagi ketma-ketlikda keladi:

  • predmetlarni urganish,

  • individual predmetli uyinlar, kollektiv syujetli-rolli uyinlar,

  • individual va guruxiy ijod,

  • musobaka uyinlar,

  • mulokot uyinlar,

  • uy mexnati.

Bog’cha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari xakida gapirar ekanmiz, albatta ularning uyinchogi masalasiga xam tuxtab utish kerak.
Bolalarga uyinchoklarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, tarkkiyot darajalarini va ayni paytda ularni kuprok nimalar kiziktirishini xisobga olish kerak.
Maolumki, 1-3 yosh bolalar xali tashki muxitni juda oz uzlashtirganlar. Ular xali xattoki narsalarning rangini, xajmini xam yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga kugirchok bilan birga xar xil rangli kiykim, laxtak matolar xam berish kerak. Ayniksa. kiz bolalar uz kugirchoklarini xar xil rangli matolarga urab, rumol kilib uratib mashk kiladilar. Ugil bolalarga esa, xar xil rangli, bir-birining ichiga sigadigan kuticha uyinchoklarni berish foydalidir.
Uyin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bulgan taxlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani uzlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutkni egallagan bulishi, maxlum malakalar, ukuvlar va elementar tushunchalarga ega bulishi kerak buladi. Bularga bola yukorida batafsil kursatib utganimizdek uyin faoliyati orkali erishadi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, dikkat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutk, xayol, xissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi fark kila olmaydi. Unga ranglarning farkini bilishga yordam kiladigan uyinchoklar berish lozim (bolalarning kugirchoklari uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalkalar, kutichalar va shuning singar i narsalar juda yaxshi buladi).
Bog’cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok kilishda ularning kuzga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar xam, lekin chukur taxlil kilmaydilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok kilish kobiliyatiga ega buladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok kilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil kilishga urgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar dikkatini:

  1. suratning mazmunini (syujetini) tugri idrok kilishga,

  2. suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning urnini tugri idrok kilishga,

  3. tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga karatish kerak.

Dikkat xar kanday faoliyatimizning doimiy yuldoshidir. Shuning uchun dikkatning inson xayotidagi axamiyati xam benixoya kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar dikkati asosan ixtiyorsiz buladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy dikkatning usib borishi uchun uyin juda katta axamiyatga ega. Uyin paytida bolalar dikkatlarini bir joyga tuplab, uz tashabbuslari bilan maxlum maksadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga kuyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Bog’cha yoshidagi bolalar uzlarining faoliyatlari uchun kandaydir axamiyatga ega bulgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni kiziktirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning usishi uziga xos xususiyatga ega.
Tafakkur bolaning bogcha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bogcha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan kupayishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutkining yaxshi usgan bulishi, uchinchidan esa, bogcha yoshidagi bolalarning juda kup erkin mustakil xarakatlar kilish imkoniyatiga ega bulishlaridir.
Bog’cha yoshidagi bolalarda xar soxaga doir savollarning tugilishi ular tafakkurining faollashayotganidan darak beradi. Bola uz savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga axamiyat bermasalar, undagi kizikuvchanlik susaya boshlaydi.
Odatda xar kanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, xayron kolish va natijada turli savollarning tugilishi tufayli paydo buladi. Juda kup ota-onalar va ayrim tarbiyachilar xam bolalar ortikrok savol berib yuborsalar, «kup maxmadona bulma», «sen bunday gaplarni kayerdan urganding», deb jerkib tashlaydilar. Natijada bola uksinib, uz bilganicha tushunishga xarakat kiladi. Ammo ayrim passiv va tortinchok bolalar xech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashgulotlar va sayoxatlarda kattalarning uzlari savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Xar kanday tafakkur, odatda biron narsani takkoslash, analiz va sintez kilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu takkoslash, analiz va sintez kilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayoxatlarlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga kilingan sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan takkoslaydilar va analiz xamda sintez kilib kurishga intiladilar.
Bog’cha yoshidagi bolalar nutki va uning usishi Agar 2 yashar bolaning suz zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bulsa, 3 yashar bolaning suz zapasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning suz zapasi 4000 taga yetadi. Demak, bogcha yoshi davrida bolaning nutki xam mikdor , xam sifat jixatidan ancha takomillashadi. Bog’cha yoshidagi bolalarning nutkini usishi oilaning madaniy saviyasiga boglik
Kattalar bolalar nutkini ustirish bilan shugullanar ekanlar, bogcha yoshidagi bolalar baxzi xollarda uz nutk sifatlarini tula idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashkari, bolalarda murakkab nutk tovushlarini bir-biridan fark kilish kobiliyati xam xali tula takomillashmagan buladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi shartlaridan biri bola bilan tula va tugri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.

Bog’cha yoshidagi bolalar shaxsining shakillanishiga kura bu davrni uch kismga ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oraligida bulib, bola emosional jixatdan uz–uzini boshkarishning mustaxkamlanishi bilan boglikdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil kilib axlokiy uz – uzini boshkarish. Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shalklanishi bilan xarakterlanadi.


Maktabgacha davrda axlokiy tushunchalar borgan sari katoiylasha boradi. Axlokiy tushunchalar manbai bulib ularning taolim –tarbiyasi bilan shugullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari xam bulishi mumkin. Axlokiy tajribalar asosan mulokot, kuzatish, taklid kilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning ayniksa onalarning maktovi va tankidlari orkali utadi va mustaxkamlanadi. Bola doimo baxo, ayniksa maktov olishga xarakat kiladi. Bu baxo va maktovlarning bola shaxsidagi muvaffakiyatga erishishga xarakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy xayoti, xamda kasb tanlashida axamiyati juda katta.
Bog’cha yoshidagi davrda bolalarda mulokotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy mulokot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan boglik, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan boglik bulgan motivlardir. Bu motivlarga asta – sekinlik bilan bilim, kunikma va malakalarni egalash bilan boglik bulgan ukish motivlari kuyiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiy kizikuvchanligi urnida paydo buladi. Uzini kursatish motivlari xam bu yoshda yakkol namoyon buladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli –rolli uyinlarda asosiy rolni egallashga boshkalar ustidan raxbarlik kilishga, musobakaga kirishishga kurkmasligida nima bulganida xam yutishga xarakat kilishlarida kurinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baxolari juda muxim. Bolalar birinchi navbatda maishiy axlok norma va koidalarni, uz majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, xayvon va narsalar bilan muomila kilish normalarini egalaydilar. Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun kiyin xisoblanib, ularni yaxshi uzlashtirish uchun syujetli – rolli uyinlar yordam berishi mumkin. Bog’cha yoshining oxirlariga kelib, kupchilik bolalarda anik bir axlokiy karashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan boglik bulgan shaxsiy sifatlar xam shakllanadi. Kishilarga nisbatan dikkatli, mexribon bulish xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar kup xollarda uz xatti – xarakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .
3–3,5 yosh oraligida uzlarining muvaffakiyat va muvaffakiyatsizliklariga uz munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat asosan ularning uzlariga beradigan baxolari asosida buladi. 4 yoshli bolalar esa uz imkoniyatlarini real baxolay oladilar. Lekin 4 –5 yoshli bolalar xali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baxolashga kodir emaslar, shuningdek uzlari xakida maolum bir xulosani bera olmaydilar. Uz –uzini anglash layokati katta bogcha yoshidan boshlab rivojlanib avval u kanday bulganini va kelajakda kanday bulishini fikrlab kurishga xarakat kiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda kanday bulgan edim?», «Men katta bulganimda kanday bulaman?» singari savollarida kurinadi. Kelajak xakida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aklli va boshka shu singari kimmatli insoniy fazilatlariga ega bulishiga xarakat kiladilar.
Kichik va urta bogcha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab bolada axamiyatli xisoblangan –iroda, mustakillik va tashabbuskorlik kabi axamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta bogcha yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda mulokot va munosabatlarga kirishishga urgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish buyicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda urnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota –onalari xakidagi fikrlari va ularga beradigan baxolari nixoyatda axamiyatlidir.
.Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli, asosan, ularning turli-tuman uyin faoliyatlarida usadi. Birok, shu narsa dikkatga sazovorki, agar bogcha yoshidagi bolalarda xayol kilish kobiliyati bulmaganda edi, ularning xayoli xam xilma-xil bulmas edi. Bog’cha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashgulotlarda xam usadi. Masalan, bogcha yoshidagi bolalar loy uynashni, yaxni loydan turli narsalar yasashni, kumdan turli narsalar kurib uynashni va rasm solishni yaxshi kuradilar. Ana shunday mashgulotlar bolalar xayolining usshiga faol taxsir kiladi.
Bog’cha yoshidagi bolalar xayolining usishiga faol taxsir kiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar xakidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan maxlum munosabat yuzaga keladi.
Bog’cha yoshidagi bolalar xissiyoti va uning usishi.Bog’cha yoshidagi bolalarda yokimli va yokimsiz xis-tuygular goyat kuchli va juda tez namoyon buladi. Bog’cha yoshidagi bolalarning xis-tuygulari ular organik extiyojlarining kondirilishi va kondirilmasligi bilan boglikdir. Bu extiyojlarning kondirilmasligi sababli bolada noxushlik(yokimsiz), norozilik, iztiroblanish tuygularini kuzgaydi.
Katta bogcha yoshidagi bolalarda burch xissi – nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan axlokiy tasavvurlari urtasida bogliklik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshirikni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuygulari paydo bulsa, biron tartib koidani buzib kuyganlarida xafalik, taxbi xiralik xissi tugiladi.
Shuningdek, bogcha yoshidagi bolalarda maxnaviy xissiyotlardan urtoklik, dustlik va kollektivizm xislari xam yuzaga kela boshlaydi.
Bolaning bogcha yoshidagi davrida estetik xissiyotlar xam ancha tez usadi.
bogcha yoshidagi bolalarda estetik xislarning namoyon bulishini ular biron chiroyli , yangi kiyim kiyganlarida juda yakkol kurish mumkin.

Download 66,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish