Reja: Kirish. I-bob. Bmt ning nogironlar huquqlari to`grisidagi konvensiyasi


I-bob. BMT ning nogironlar huquqlari to`grisidagi konvensiyasi



Download 56,63 Kb.
bet2/6
Sana06.07.2022
Hajmi56,63 Kb.
#750628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nogironlar to`grisidagi BMTning konvensiyasi

I-bob. BMT ning nogironlar huquqlari to`grisidagi konvensiyasi.
1.1 O‘zbekistonda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi amal qilinishi.
 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat a’zolari, markaziy idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus, fuqarolik jamiyati instituti va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doyna Muntyanu moderatorlik qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Karimov, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rishard Komenda, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi – elchi, doktor Per fon Arks va boshqalar so‘zga chiqdi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, keyingi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining oliy minbaridan turib ilgari surgan milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari keng jamoatchiligimiz hamda jahon hamjamiyati tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Bunday ijobiy munosabat O‘zbekistonning davlatimiz rahbari belgilab bergan milliy taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay, dadil odimlayotganini tasdiqlashi bilan birga mamlakatimizning xalqaro maydonda o‘rni va nufuzi tobora mustahkamlanib borayotganiga yana bir yorqin dalildir.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021 yil 22 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ilgari surgan yana bir tashabbus amalga oshirilgani munosabati bilan tashkil etildi. Bu o‘rinda gap 2021 yilda “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingani haqida bormoqda.
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari tengligi, ayniqsa, ayollar va bolalarning ta’lim olishi, salomatligini saqlashi, mehnat qilishi, o‘zi va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lishining huquqiy kafolatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjat. Mazkur konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan va 2008 yil 3 mayda kuchga kirgan.
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi XXI asrda qabul qilingan inson huquqlari to‘g‘risidagi birinchi shartnomadir. 2021 yil fevral holatiga ko‘ra, BMTning 192 a’zo-davlatdan 182 tasi ushbu xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan.
Konvensiya 50 ta moddadan iborat bo‘lib, dunyodagi nogironligi bo‘lgan shaxslar holatini tahlil qilish asosida qabul qilingan. Konvensiya insonlarning turli-tumanligi va qadr-qimmati prinsiplarini o‘zida mujassamlashtirgan. Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha inson huquqlari va erkinliklaridan kamsitishlarsiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda kam ta’minlanganlar, nogironlar, yoshlar, ayollar va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Mamlakatimizning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishiga oid masala Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan bir qator hujjatlarda aks etgan.2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida, 2018 yil 5 maydagi farmon bilan tasdiqlangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan Tadbirlar dasturida, 2020 yil 22 iyundagi farmon bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 2021 yil 22 fevralda bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasidagi nutqida nazarda tutilgan.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va BMT xalqaro shartnomaviy organlari – Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar qo‘mitasining, Irqiy kamsitishni tugatish bo‘yicha qo‘mitasining yakuniy tavsiya va mulohazalarida O‘zbekiston tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish va bu borada targ‘ibot-tashviqot faoliyatini amalga oshirish bir necha marta tavsiya etilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan noyob tajriba qo‘llanildi. Ya’ni xalqaro-huquqiy hujjat dastlab milliy qonunchilikka implementatsiya qilinib, shundan keyin ratifikatsiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi va tengligini kafolatlaydigan bir qator qonunlar qabul qilindi. 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun nogironlarning huquqlarini belgilaydigan asosiy qonun hujjati hisoblanadi.
Konvensiyani ratifikatsiya qilishda 3 ta manba: milliy qonunchilik, xorijiy yuridik amaliyot va ushbu konvensiyaning o‘ziga tayanildi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasi chuqur o‘rganildi.
Xususan, AQSH, Buyuk, Britaniya, Germaniya, Shveysariya kabi yetakchi xorijiy davlatlar Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan holda, tegishli milliy qonunlarini ham qabul qilgan. Bu qonunlarning barchasi mazmunan o‘xshash bo‘lib, konvensiya talablari negizida ishlab chiqilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini jamiyat hayotining siѐsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida himoya qilish asosida qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar insonni, shu jumladan nogironligi borligi tufayli kamsitmaslik tamoyili yotadi. Bu borada nafaqat davlat tuzilmalari, balki fuqarolik jamiyati institutlari ham faollik ko‘rsatayotgani juda muhim.
bugungi kunda mamlakatimizda nogironlik sohasida 600 ga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular orasida O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamoat fondi, O‘zbekiston Nogiron ishbilarmon ayollar milliy assotsiatsiyasi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, O‘zbekistondagi falaj nogiron bolalar va o‘smirlarga yordam berish “Umr” jamoatchilik markazi, “Inklyuziv hayot” nogironlar jamoat birlashmasi, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati kabi NNTlar bor.
Matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari konvensiyani ratifikatsiya qilishda faol ishtirok etdi.
Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida zamonaviy usullar va xalqaro standartlarni joriy etishga, konvensiyaning asosiy qoidalarini amalga oshirishga, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Hech kimni ortda qoldirmang” tamoyilini amalga oshirishga yordam beradi.
Konvensiyani ratifikatsiya qilish natijasida – nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning maqsadli resurslarini jalb qilish imkoni kengayishini, aholini ijtimoiy himoya qilishdagi mamlakatimizning ijobiy xalqaro imiji yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda aholi, ayniqsa, ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj odamlarni kuchli ijtimoiy himoyalash borasidagi ezgu sa’y-harakatlar xorijlik ishtirokchilar tomonidan ham yuksak baholandi. O‘zbekistonda BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining kuchga kirishi bu boradagi ezgu ishlarning o‘ziga xos davomidir.1



Download 56,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish