Yosh voleybolchilarni tayyorlashda texnik tayyorgarlikning rivojlantirish xusisiyatlari
Reja:
Kirish
I-bob.Asosiy qism
1.1. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanishi
1.2. Voleybolni O`zbekistonda rivojlanishi
II-bob. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda texnik tayyorgarlikning rivojlantirish
2.1. Voleybolga tanlov uslublari, me’yoriy testlar va vositalar Pedagogik uslublar
2.2.Voleybol o‘yining texnikasining tasnifi
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning bugungi salohiyati, uni butunjahon sport harakatida yuksak o‘rinlarga erishib kelayotganligi yurtimiz mustaqilligining asoschisi, taniqli davlat arbobi, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan amalga oshirilgan ulkan islohotlar bilan bog‘liqdir. Ana shu islohotlar, ayniqsa o‘zbek sportini Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalar shoxsupalaridan joy olishiga poydevor yaratuvchi chora-tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirishga urg‘u berib kelayotgan Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ommaviy sportdan profes- sional sport cho‘qqilariga olib chiqishga qodir mutaxassis-kadrlar, o‘qituvchi- trenerlar tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu soha davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga joriy etilgan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustu-vor yo‘nalishini amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi”, ijtimoiy va ma’naviy- ma’rifiy sohada joriy etilgan Prezidentimizning beshta tashabbusi, 2017-yil 3- iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori, 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni va boshqa shu kabi konseptual hujjatlar talablari doirasida shakllanib bormoqda. Lekin, bu borada erishilgan yutuqlar tarix sahifasiga mansubdir. Taraqqiyot “g‘ildiragi” to‘xtab qolmaganidek, sport natijalari ham raqobat ta’sirida o‘smay qolmaydi. Demak, o‘zbek sportining mamlakatimizda va jahon arenalaridagi taqdiri hamda salohiyati bo‘lajak mutaxassis-kadrlarning kasbiy-pedagogik bilimlari va amaliy mahorati bilan belgilanadi. Mazkur darslikning strategik maqsadi jismoniy tarbiya va sport, xususan voleybol bo‘yicha o‘qituvchi-trenerlik kasbini egallash niyatida muvofiq oliy ta’lim maskanlariga o‘qishga kirgan talabani milliy istiqlol g‘oyasi, “O‘zbekiston konstitutsiyasi”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunlar talablari doirasida oilasi, xalqi va yurtiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi, ularga sidqidildan xizmat qiluvchi, mustaqil fikrlovchi, jismonan baquvvat va aqlan teran, yuksak madaniyatli, o‘z kasbiga xos sir-asrorlarni chuqur o‘zlashtirgan, milliy va umumbashariy qadryatlarni e’zozlovchi, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalash hamda unda kasbiy bilim va mahoratni shakllantirishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |