Reja: Kirish I bob. Asosiy qism



Download 427,84 Kb.
bet1/7
Sana10.06.2022
Hajmi427,84 Kb.
#651145
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
masala kurs


Mavzu:Modda miqdori. Avagadro qonuni va ularga oid mashq va masalalar yechish yoʻllari.
Reja:
Kirish
I bob. Asosiy qism
1.1 Modda miqdori va uning masalalar yechishdagi ahamiyati.
1.2 Avagadro qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan biri.
II bob. Modda miqdori va Avagadro qonuniga oid masalalar yechish yoʻllari.
2.1 Mol asosida hisoblashlar.
2.2 Avagadro qonuniga oid masalalar yechish usullari.
2.3 Avagadro sonini hisoblashga oid masalalar yechish.
2.4 Mavzuga oid test topshiriqlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O'zbekiston Respublikasida " Ta'lim to'g'risida " gi Qonun va " Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har bir sohada zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi .
Bugungi kunda jahon miqyosida ta'lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar , zamonaviy o'quv loyihalari negizida ishlab chiqilib , mamlakatlarning milliy kasbiy malaka talablarini xalqaro andozalarga moslashtirish asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash muhim ahamiyat kasb etmoqda . Jumladan , xorijiy mamlakatlarda ilg'or pedagogik tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchi University of the West of England ( Angliya ) , Curtin University ( Avstraliya ) , Emily Carr University of Art and Design ( Kanada ) , Art Center Colleje of Design ( AQSH ) kabi nufuzli ta'lim muassasalarida kasb - hunar ta'limi mazmunini modernizatsiyalash ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda .
Jahon andozalariga m os yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ko'p jihatdan ta'limning barqaror rivojlanishiga hamda uni ta'minlovchi pedagog kadrlarni tayyorlash bilan bog'liqdir . O'z navbatida bu o'quv jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar talabi asosida tashkil qilish orqali amalga oshirilishini taqozo qiladi . Bu esa ta'lim jarayonini bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olgan holda tashkil etish , unga tegishli o'qitish texnologiyalarni joriy qilish , ta'lim mazmunini doimiy ravishda yangilab borishga qaratilgan uslubiy ta'minotni takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi .
Bugungi kunda yurtimizda uzluksiz ta'lim tizimini jahon talablari asosida takomillashtirish , yangi sifat bosqichiga olib chiqish , ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi . Mamlakatimizda ham ushbu yo'nalishning davomi sifatida barcha sohalari qatori ilm - fan , san'at , adabiyot , ma'rifatga katta e'tibor qaratilmoqda .
Xususan , O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi " O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida ” gi PF - 4947 - sonli Farmonida belgilangan " Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish , sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish , mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish " vazifalarini amalga oshirishda ta'lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish ... , 2017 yil 20 apreldagi PQ - 2909 - sonli " Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida " gi , 2018 yil 5 iyundagi PQ - 3775 - sonli " Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida " gi qaror larida ta'limni innovatsion texnologiyalari asosida rivojlantirish , yangi paradigmalarini ishlab chiqish , axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlari orqali o'qitishning an'anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish hamda didaktik vositalarning integrativ imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish ko'zda tutilmoqda .
O’zbekiston Respublikas i Prezidentining 12.08.2020 yildagi PQ-4805-sonli “Kimyo biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish to’g’risida”gi qarori:
“Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.
2. Tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar:
Kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari kafedralariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli dastur) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:

Download 427,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish