Xalqaro to‘lovlar va vakillik munosabatlari “Trastbank” XAB yetakchi xorijiy va mahalliy moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilgan holda, o‘z mijozlariga xalqaro hisob-kitoblar sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi, mijozlarni qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish sharoitlari bilan ta’minlaydi.
“Trastbank” XAB ATB 17ta vakillik banklar, shu jumladan Yevropaning Commerzbank AG va Raiffeisenbank International AG kabi nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatgan.
Respublikamizning muvaffaqiyatli va xorijda e’tirof etilgan xususiy banklaridan biri bo‘lgan “Trastbank” XAB, o‘z mijozlariga tashqi savdo faoliyati bo‘yicha kompleks xizmatlarni ko‘rsatayotgani, malakali maslahat berayotgani, zarurat tug‘ilganda esa, alohida hisob-kitob sxemalarini ishlab chiqayotgani uning xalqaro moliya bozorida yuksak amaliy obro‘ga egaligidan dalolat beradi.
Postmoliyalashtirishli akkreditivdan foydalangan holda importni moliyalashtirish: • moliyalashtirish summasi – jo‘natilgan tovar summasining 100 foizigacha;
• moliyalashtirish muddati – xorijiy bank eksportchiga to‘lagan sanadan boshlab 12 oygacha;
• moliyalashtirilayotgan ob’ekt – asbob-uskuna, xom-ashyo, materiallar va hokazo.
• tovar jo‘natilib, hujjatlar bankka topshirilgandan so‘ng xorijiy bank mablag‘lari hisobidan eksportchiga 100 foiz to‘lash.
• xizmat haqi muddatga, tanlangan kredit liniyasiga va bankning xarajatlariga bog‘liq.
Post-moliyalashtirish sharti bilan akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob sxemasi
1. Korrespondent bank shartnoma munosabatlari bo‘yicha barcha turdagi banklararo operatsiyalar uchun limit beradi;
2. Xaridor va sotuvchi akkreditiv ochish shartlari bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzadi;
3. Xaridor sotuvchi foydasiga akkreditiv ochish uchun ariza beradi;
4. “Trastbank” XAB korrespondent bank (tasdiqlovchi bank) orqali moliyalashtirilgandan keyin (360 kungacha) akkreditiv ochadi;
5. Korrespondent bank (tasdiqlovchi bank) sotuvchi bankni sotuvchi foydasiga tasdiqlangan akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi;
6. Sotuvchi bank o‘z foydasiga akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida sotuvchini xabardor qiladi (maslahat beradi);
7. Sotuvchi xaridorga tovarlarni jo‘natishni amalga oshiradi;
8. Sotuvchi o‘z bankiga (sotuvchining banki) tovar jo‘natilganligini tasdiqlovchi barcha zarur (shartnomada ko‘rsatilgan) hujjatlarni taqdim etadi;
9. Sotuvchi bank hujjatlarning to‘liq to‘plamini ijro etuvchi bankka (vakillik bankiga) yuboradi;
10. Korrespondent bank barcha hujjatlarni muvofiqligini tekshirgandan so‘ng, akkreditiv bo‘yicha mablag‘larni sotuvchining bankiga o‘tkazadi va shu bilan birga, arizada ko‘rsatilgan muddat uchun tegishli ravishda “Trastbank” XAB ni xabardor qilib, keyingi moliyalashtirishni ochadi;
11.Sotuvchining banki akkreditiv bo‘yicha mablag‘larni sotuvchiga o‘tkazib beradi;
12.Xaridor post-moliyalashtirish bo‘yicha “Trastbank” XAB ning oldidagi majburiyatini bajaradi;
13.Xaridor tomonidan post-moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlar bajarilganidan so‘ng ”Trastbank” XAB korrespondent bankka post-moliyalashtirish bo‘yicha to‘lovlarni bajaradi.