Crocodile Chemistry dasturi haqida.
Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ruy berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo‘q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o‘tkazish va, eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.
Bu dasturdan o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida kimyo fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin.
10-rasm.
Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli reaktivlarni o‘zaro aralashtirib kimyoviy reaksiyani ko‘zatish mumkin. Kimyoviy reaksiya vaqtida reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reaksiya formulalarni maxsus oynada ko‘rish imkoniyati dasturning kuchli pedagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Crocodile Chemistry dasturining bunday imkoniyatlari kimyo fanini o‘qitishda inqilobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi.
Xulosa
Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg aytganidek: “Kim-dan-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham bilmaydi”,-degan fikri juda qo‘l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o‘qituvchi o‘z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. Ularning fikrlash doiralari ancha tor bo‘lib, ma’lum bir fanlar bo‘yicha cheklangan bilimlarga egadir va, mustaqil fikirlash ko‘nikma va malakalari anchagina past darajada. O`qituvchi va o`quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o`qituvchi talaba – o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi, bular o`qituvchi va talaba – o`quvchilarga bog`liq.
Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyihalash zarur, bu jarayonda o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitini, O`TV ni, eng asosiysi, o`qituvchi – talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi tashkil eta olishini hisobga olish kerakdir, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o`qituvchi – talabaning ta`limning markaziga olib chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |