Reja: Kirish Fannining predmet va vazifalari. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari. Axborot texnologiyalarining tasnifi



Download 89,5 Kb.
bet5/7
Sana24.03.2022
Hajmi89,5 Kb.
#508119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

To`rtinchi avlod EHMlarining texnik va programma vositalari hamda yangidan-yangi modellari axborot ishlab chiqarish tezligini sekundiga yuzlab milliard operatsiyagacha yetkazishga, asosiy xotira sig`imini esa yuzlab Gigabaytlargacha kengaytirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan ko`pgina davlatlar hisoblash texnikasi vositalarining 5 - avlodini-sifat jihatidan mutlaqo yangi, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblash sistemasini yaratish ustida ishlamoqda. Beshinchi avlod EHMlarida mashina tillarini xaqiqiy tilga yaqinlashtirish (matn, nutq, tasvir va boshqalar) ustida ham muntazam harakat qilinmoqda. Bundan tashqari 5-chi avlod EHMlari yordamida hisoblash sistemasi tashkil qilinganda ko`p ishlatiladigan mini, mikro va xususiy EHMlarini foydalanuvchilar uchun intellektual abonent punkti ko`rinishida foydalanishni ham ko`zda tutish kerak. Bu avlod mashinalarini inson faoliyatida qo`llash va intellektual informatsiya ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda ishlatish optimal qarorlar qabul qilishga jiddiy va samarali ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Beshinchi avlod EHMlarining o`ziga xos harakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat: axborotlarni har tomonlama aniqlangan va formallashgan bilim sifatida qayta ishlash;
EHMlarning hamma turlaridan, super EHMdan mikro protsessorgacha parallel foydalanib, ularning bajaradigan funktsiyalarini kengaytirish;
EHMning yuqori darajada ixtisoslashtirilishi va hisoblash vositalarining
universallashtirilishini iloji boricha kamaytirish;
mini va mikro EHMlar arxitekturasini hayotga tatbiq qilishda eski avlod EHMlaridan farqli o`laroq yangi progressiv formalaridan keng foydalanish har bir yechilishi rejalashtirilgan muammo hamda masalalar uchun xos bo`lgan bilimlar bazasini yaratish va ularni boshqaruv jarayonida faol ishlatish; intellektual interfeys vositalaridan iloji boricha to`la foydalanish hamda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirib, masalalarni qo`yishda va xal qilishda oddiy inson tilini ishlatishga erishish.
Beshinchi avlod EHMlari keng foydalanuvchilar ommasiga mos keladigan va sodda bo`lishi uchun, yuqorida aytganimizdek EHM bilan muomalani xaqiqiy tilda, shuningdek grafiklarni kiritish-chiqarish, hujjatlar, qo`lyozma belgilar va boshqalarni kiritish yoki o`qish organlari orqali amalga oshirilishi kerak.
Inson va mashinaning o`zaro aloqa jarayonida optimal dialog rejimini rivojlantirish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo`lib turibdi.
Dialog rejimda kompyuter xabarning ma’nosini tushunib, inson bilan intellektual dialog olib borishi shart, ya’ni savolga javob berishi, taxmin, so`roq, foydalanuvchiga umumlashtirilgan javob bermoq imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Sistema o`z oldiga qo`ygan vazifasini yechishi uchun kiritilayotgan axborotlarni tushunish uchun kerak bo`ladigan bilimlardan to`la foydalanishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun kompterda bilimlarni to`plash, ulardan effektiv foydalanish uchun u qaysi sohada qo`llanilayotgan bo`lsa, o`sha sohaga taalluqli bilimlarning hammasiga ega bo`lishi kerak. Bunday qobiliyatlarga ega bo`lgan mashinalar noto`g`ri qo`yilgan masalalarni ham aniqlab berish va iloji boricha to`g`rilab ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. 5-chi avlod EHMlari texnik masalalarni yechishda yangi qoidalarga rioya qilib, foydalanuvchilarning talabini to`la qondirishi shart. Bu avlod hisoblash mashinalari va sistemasining asosiy funktsiyalari: masalalarni avtomatik usulda yechishni amalga oshirish va natijalarni olish; bilim bazalarini boshqarish; intellektual interfeys vazifasini bajarishdan iborat. O’zaro intellektual sistema (interfeys) EHM bilan inson orasidagi dialogni nutq, grafika, xaqiqiy til hamda inson uchun axborot almashish imkoniyatiga ega bo`lgan vositalar yordamida amalga oshiradi.
Beshinchi avlod EHMlarida to`plangan bilimlardan axborotni qayta ishlashning hamma bosqichlarida, nutq kiritishdan boshlab, xaqiqiy tilda tekstlarni, tasvirni va hokazolarni kiritish va ularga javob tayyorlashgacha bo`lgan hollarda foydalaniladi va bu bilimlar bilim bazasida saqlanadi.
Beshinchi avlod EHMning yaratilishi mashinalarning element bazalari nihoyatda tez rivojlanib, yangi texnologiyani ishlab chiqarishga intellektual holda tatbiq qilish imkoniyatiga ega. EHMni intellektuallashtirish deganda, EHM vositalari va foydalanuvchilar orasidagi muomalani tabiiylashtirish uchun zarur bo`lgan qator tadbirlar ishlab chiqib, EHMdan foydalanuvchilar maxsus tayyorgarliksiz ham kompyuterdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo`lishiga aytiladi.
. 5-chi avlod EHMlarida axborotlarni kiritish-chiqarish formalarini tabiiylashtirish axborotlarning katta oqimini tez qayta ishlashni ta’minlashga olib keladi. Shuning uchun ham EHMlarning bu avlodi taqsimlangan lokal tarmoqlarning yadrosi bo`lib qoladi.
Xususiy EHMlar asosida qurilgan ishchi stantsiyalar va hisoblash sistemalari vaqti kelganda foydalanuvchi uchun xuddi telefon va energiya tarmoqlaridek hammabop bo`lib qoladi.
EHMlarning 6-chi avlodiga kelsak biz hozir faqatgina taxmin qilishimiz mumkinki, u davrda intellektual komplekslar (IK) paydo bo`lib, inson va mashinaning intellektual quvvatini bir qancha marotaba oshiradi. Bu inson ijodi imkoniyatini modellashtirib berishi mumkin, shuning uchun ham bu davrda mashina yaratish jarayonida inson faoliyatining fiziologik, psixologik, fikr yuritish kabi ijodiy tomonlarini o`rganishga qaratiladi.
Dastlabki elektron-hisoblash mashinalari yaratilganidan beri 60 yildan ortiq vaqt o`tdi. Lekin shu davr ichida EHMning bir necha avlodlari yaratildiki, ular o`zining texnikekspluatatsion ko`rsatgichlari jihatidan bir-biridan katta farq qiladi hamda har bir avlod EHM fan-texnika taraqqiyotining shu davrga mos ifodasi desa bo`ladi.
Elektron hisoblash mashinalari o`zining qator xususiyatlari tavsifiga muvofiq tasnifga ajratiladi.
Mashinalar turkumlarga ajratilganda ularning avlodi, guruxi, misollarni yechish tezligi, shakli, raqamlarni ifodalash shakllari va buyruqlari, adreslari, buyruqlarni bajarishi, konstruktsion quvvati hamda funktsional imkoniyatlari va boshqalar hisobga olinadi.

Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish