Reja: Kirish Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati



Download 0,64 Mb.
bet1/11
Sana30.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#598740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
107 O\'zbekiston milliy universiteti “makroiqtisodiyot “ kafedrasi


Mavzu: Davlat qarzi o‘sishining makro iqtisodiy oqibatlari


Reja:
Kirish


1.Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
2.O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzlarining hozirgi holati tahlili.
3. Davlat qarzini boshqarish — dolzarb vazifa.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Davlat qarzining kelib chiqish sabablari, uning miqdoran oshib yoki kamayib borishi har bir mamlakatning iqtisodiy siyosati, islohotlar qamrovi va dinamikasi bilan uzviy bogʻliq.
Keyingi oʻn yillikda dunyo mamlakatlarida tashqi qarzga boʻlgan talab nisbatan oshganligi hamda davlatlar oʻrtasida bu borada tafovutlar kuchayganligining bir qancha sabablari bor. Ulardan eng muhimlari sifatida jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishi, ayrim mamlakatlarda ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi, iqtisodiy xavf­sizlik masalalari, iqtisodiy qudrat bilan ijtimoiy ­talablar oʻrtasidagi nomutanosibliklar, moliyaviy manbalardan nooʻrin foydalanish natijasida byudjet taqchilligining oshib ketishi, favqulodda vaziyatlar, xususan, koronavirus pandemiyasi kabi omillarni keltirish mumkin.
Dunyoda davlat qarzi ­masalasini chetlab oʻtib, ­rivojlanishga erishgan mamlakatni topish qiyin.
Odatda, davlat qarzi va uning dinamikasiga baho berilganda qarzning yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbati oʻrganiladi. Ushbu koʻrsatkichning eng yuqori chegarasi Maastrixt (1992-yil 7-fevralda Niderlandiyaning Maastrixt shahrida imzolangan) kelishuvi mezonlariga koʻra, 60 foiz, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Yevropa Ittifoqining koʻrsatmalariga muvofiq 50 foizdan ­ortmasligi tavsiya qilinadi.
Agar dunyodagi tashqi qarz geogra­fiyasiga nazar tashlansa, davlat qarzining nisbiy va absolyut qiymatlariga koʻra eng yuqori daraja AQSH, Yaponiya, va Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Ularning aksariyatida mamlakat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 60 foizlik “qizil chiziq”dan allaqachon oshib boʻlgan, ayrimlarida esa 100 foizdan ham ortiqligini kuzatish mumkin. AQSH hamda YEI mamlakatlari qarzni koʻproq tashqi bozorlardan olishni maʼqul koʻrsa, Yaponiya va ildam rivojla­nayotgan mamlakatlar (Xitoy, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari) ichki bozordan olingan qarzlar hisobiga iqtisodiyotning moliyaviy resurslarga boʻlgan talabini qondiradi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiya mablagʻlarining aksariyat qismi korporativ qarzlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Tashqi qarz “oldi-berdi”si jahon amaliyotida keng qoʻllanilib kelayotgan moliyaviy vositalardan boʻlib qolayotganligiga qaramasdan davlat byudjeti kamomadini toʻldirishda undan foydalanishning xavf-xatarlarini ham xolisona eʼtiborga olish lozim. Rivojlanayotgan davlatlar uchun tashqi qarz ulushining keskin koʻtarilishi xalqaro moliyaviy tuzilmalarga nisbatan iqtisodiy va siyosiy qaramlikni keltirib ­chiqarishi yoki kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, qarz miqdorining koʻpayishda davom etishi davlat tomonidan qarzlarni qaytarishda byudjet yukining ortib borishiga sabab boʻladi. Bundan ­tashqari, korporativ qarzlarning ichki va tashqi bozorlardan jalb qilinishi hamda samarasiz loyihalarga sarflanishi yoki makroiqtisodiy konyunkturaning (masalan, inflyatsiya darajasi, iqtisodiy oʻsish surʼati, milliy valyuta kurslari) keskin oʻzgarishi natijasida iqtisodiyotda salbiy holatlar yuzaga keladi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish