KIRISH 1. Buxoro amirligidagi siyosiy hayot.
2. Ahmad Donish va uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati.
3. Ahmad Donishning tarixiy asarlari.
4. Ahmad Donishning ilmiy merosida davlat boshqaruvi masalalari.
XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo’lga kiritgach, xalqimiz o’z tarixini xolisona va hech qanday to’siq va qarshiliklarsiz o’rganish imkonyatini qo’lga kiritdi. Markaziy Osiyo mintaqasida vujudga kelgan davlatchilik an’analari tarixi uzoq o’tmishga borib taqalishi bugungi tarixchi olimlar tomonidan dalillar orqali, ilmiy yondashuv asosida o’z isbotini topgan.
Xalqimiz bosib o’tgan har bir davr bevosita boy tarixiy o’zgarish, taraqqiyot xususiyatlari va o’zaro madaniy ta’sirlar bilan sodir bo’lgan. Bugungi kunga kelib millatimiz tarixining jabhalari va bosqichlarini manbalar asosida o’rganish muhimdir.
Qo’lyozma asarlar, tarixiy obidalar, turli etnografik va lingvistik yodgorliklar asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Buni Yurtboshimiz I.A.Karimov “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi o’ziga xos urf – odat va an’anlari hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi”1 deb takidlaganlar.
Mazkur tamoyildan kelib chiqib, tarixchi olimlar mamlakatimiz tarixini yorituvchi manbalarni alohida guruh va davrlarga bo’lgan holda tadqiq etmoqdalar. O’zbek davlatchiligi tarixida Buxoro amirligi alohida o’rin kasb etadi. Amirlik davri tarixini o’rganishda “Navodir ul-vaqoe”, “Tarixi salotini mang’itiya”, “Tarixi Salimiy”, “Kashkuli Salimiy va Tavorixi mutaqaddimin va muttaaxirin”, “Buxoro mang’it amirlari tarixi” kabi asarlar muhim manba vazifasini bajaradi. Bu kabi manbalarda amirlikning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti masalalariga alohida yondashuvlar orqali yoritilganligini ko’rishimiz mumkin. Biz tarixchilar mazkur manbalarni qiyosiy tahlil va tadqiq orqali o’rganishimiz darkor.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida amirlikdagi siyosiy hayot, ijtimoiy hayotdagi ro’y bergan o’ziga xos o’zgarishlarni Ahmad Donish qarashlari va uning ilmiy me’rosida o’ziga xos yoritilganligini qayd etish joiz. Ahmad Donishning asarlari davr tarixini yoritish bilan birga mang’it amirlarining siyosiy portretlarini ochib berishi bilan ham muhimdir. Shundan kelib chiqib, Ahmad Donish ilmiy merosini tadqiq etish va uning siyosiy qarashlari xususidagi fikr va mulohazalarini tarixiylik nuqtai nazaridan o’rganish biz yosh tarixchilar oldida turgan muhim va dolzarb masalalardan biridir.