Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari
Andijon shahar1
6-rasm
7-rasm Andijon shahar tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushumlari va ularning sarflanishi tahlil qilinganda (8-ilova, 7-rasm) yillarga nisbatan yuqori darajada oʻsish holatlari kuzatilmadi. Ushbu gʻazna hisob varagʻiga tushumlar asosan qonunchilikda belgilangan budjet mablagʻlari hisobidan 5 foizgacha (4821600-xarajat moddasi) rejalashtirilgan tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish fondini shakllantirish xarajatlari hisobiga tushgan. Ushbu tushumlar asosan tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun moʻljallangan boʻlsada, tushumlarning katta qismi budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismi kreditor qarzdorliklarni qoplashga yoʻnaltirilgan, jumladan: 2019-yilda budjetda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 1 140,3 mln.soʻm tushgan boʻlsa, shundan 804,3 mln soʻmi, yaʼni 70,5 foizi kreditor qarzdorlikni qoplash hamda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismini qoplash maqsadida kommunal xizmat xarajatlariga sarflangan (TMRJ hisoboti ilova hujjatlarda). 2020-yilda budjetda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 1 304,9 mln.soʻm tushgan boʻlsa, shundan 1 512,8 mln soʻm, yaʼni 5 foizgacha rejalashtirilgan mablagʻlardan tashqari, turli tashkilotlar tomonidan berilgan homiylik mablagʻlari hamda pullik xizmatlardan tushgan tushum mablagʻlarining ham bir qismi kreditor qarzdorlikni qoplash hamda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismini qoplash maqsadida kommunal xizmat xarajatlariga sarflangan (TMRJ hisoboti ilova hujjatlarda). 2021-yilda esa budjetda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 2 002,7 mln.soʻm tushgan boʻlsa, shundan 464,8 mln soʻmi, yaʼni 23,2 foizi kreditor qarzdorlikni qoplash hamda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismini qoplash maqsadida kommunal xizmat xarajatlariga sarflangan (TMRJ hisoboti ilova hujjatlarda). Xulosa. Amaliyot jarayonida budjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini oʻrgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berishga harakat qildik, budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari manbalar shakllanishini oʻrganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq boʻldik. - bizning fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan boʻlishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarishi, ularning faoliyatini tashkil etishi va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berishi shart: - budjetdan moliyalanadigan sohalarga mablagʻlarni toʻliq hajmda safarbar etish imkoniyatini taʻminlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini taʻminlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; - ijtimoiy sohalardagi taʻlim, sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini oʻrnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati oʻrtasidagi bogʻliqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblaymiz; - aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar koʻrsatilishini davlat bundan keyin ham oʻz zimmasiga olishi, bu xizmatlarning toʻliq moliyalashtirilishiga erishishi lozim; - budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilishga boʻlgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, budjet tashkiloti notijorat asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari oʻylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; - aksariyat aholi ongida taʻlim, va ayniqsa, sogʻliqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam oʻrnashgan, bu esa budjet tashkilotlarini pullik asosga oʻtkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik narsa qadrli boʻladi” degan naqldan kelib chiqib, budjetning chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablagʻlari hisobiga qoplashning obyektiv tarzda imkoni yoʻqligini tushunib etish vaqti keldi; - hozirgi kunda budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy toʻlovlardan ozod etilganligini eʻtirof etgan holda, budjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham ragʻbatlantirib borishi maqsadga muvofiq; - budjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, budjet tashkiloti tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan koʻp sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor boʻlishi lozim, deb hisblaymiz. Ushbu xulosalarimizdan kelib chiqqan holda istiqbolda budjet tashkilotlarini mablagʻlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdim: Birinchidan, davlat budjetini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish ustidan operativ nazoratni taʻminlash maqsadida oʻz faoliyatlari bilan bogʻliq munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim. Ikkinchidan, sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalarni aralash moliyalashtirish tizimiga erishish, ixtiyoriy tibbiy sugʻurtani keng joriy qilish, mavjud maxsus sugʻurta tashkilotlari orqali shartnomalar asosida sogʻliqni saqlash muassasasini qoʻshma moliyalashda ishtirokini ragʻbatlantirish va yoʻlga qoʻyish lozim. Foydalanilgan manbalar roʻyxati. 1. Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (2013-yil 26-dekabr, OʻRQ-360-son qonuni). 2. Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-589-sonli Qonuni. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvaridagi PF-60-son Farmoni. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-son qarori. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-sentyabrdagi 775-son qarori. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan roʻyxatga olingan “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom. 8. Xalq deputatlari Shoyxontohur Shaharkengashining “Qibray Shaharining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yilning 27-yanvaridagi VI-35-1-10-139-K/22-son qarori. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan (16.05.2016 y № 06-3/456) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (16.05.2016 y № 11-SP) hamda Moliya vazirligi (16.05.2016 y № 12-03-02/975) bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “Shahar (shahar) tibbiyot birlashmasining tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlari vaqtinchalik shtatlar meʼyori”. 10. Moliya organlarida foydalaniladigan Davlat moliyasini boshqarishning Axborot tizimi (DMBAT). 11. Budjet muassasalari tomonidan foydalaniladigan “UzASBOʻ dasturiy majmuasi. 1 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 11-oktyabrda2146-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma” 2 Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 18-modda. 3 Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 1-modda. 4 Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 3-modda. 5 Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 4-modda. 6 Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 5-modda. 7 Barcha daromadlar boʻyicha toʻliq tahlil jadvali ilova hujjatlarda. 8 Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.2019-yildagi OʻRQ-589-son qonuni, 21-modda. 9 Barcha sohalar boʻyicha xarajatlar toʻliq tahlili ilova hujjatlarda. 10 Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.2019-yildagi OʻRQ-589-son qonuni, 21-modda. 11 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni. 12 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni 23-bandi. 13 Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.2019-yildagi OʻRQ-589-son qonuni, 21-modda. 14 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qarori 1-bandi. 15 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentyabrdagi 575-son qarori 2-bandi. 16 Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.2019-yildagi OʻRQ-589-son qonuni, 21-modda. Download 130,59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |