Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari


 Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari



Download 107,1 Kb.
bet2/17
Sana20.07.2022
Hajmi107,1 Kb.
#827306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Andijon shaxar moliya bolimi (1)

1. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni
amalga oshirish usullari.

Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun muhim moliyaviy manba-davlat budjeti zarur. Davlat bu manba orqali jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun meʼyoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan oʻz fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.
Davlat budjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari uning shakli, moddiy mazmuni va mohiyatida namoyon boʻladi. Shakl jihatidan, davlat budjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi boʻlib, unda budjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdor jihatidan ifodalanadi. Binobarin, aynan budjet rejasi mamlakatning muhim moliyaviy hujjati sifatida tuziladi, koʻrib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Unda pul mablagʻlarining markazlashtirilgan jamgʻarmasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi. Moddiy mazmun jihatidan, davlat budjeti - davlatning budjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasidir.
Mohiyat jihatidan, davlat budjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi boʻlib, uning yordamida davlat takror ishlab chiqarish jarayonlariga taʼsir koʻrsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy taʼsirini bartaraf etadi.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti - bu davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir.
Davlat budjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy oʻrinni egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qoʻlida toʻplanadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat budjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham oʻynaydi.
Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Ijtimoiy soha (maorif, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy taʼminot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashda davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir.
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon boʻladi. Davlat budjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy boʻlinmasi hamda budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajaradi.
Budjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, budjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3-3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Budjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda budjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat budjetlari va davlat budjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, budjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigʻma budjetini tashkil etadi.
Budjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga budjetdan mablagʻlarni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablagʻlarini taqdim etishning oʻziga xos boʻlgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda maʼlum bir prinsiplarga tayanadi. Budjetdan moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari boʻlib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali budjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Davlatning oʻz funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq ravishda vujudga kelgan chiqimlar - budjet xarajatlari davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablagʻlarini turli yoʻnalishlar boʻyicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida budjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni maʼlum belgilarga koʻra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda budjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular oʻzlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy boʻlinishi, ijtimoiy moʻljallanganligi boʻyicha, hududiy turkumlanishi, maʼlum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga koʻra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.1

Download 107,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish