Kurs ishining maqsadi: Boshlang'ich sinf o'quvchilariga mehnatni ulug'lashni singdiradigan asarlarni bolalar kelajakda barkamol avlod bo'lib yetishishidagi o'rni va rolini aniqlash va o'quvchilarni o'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'rganish
Kurs ishining vazifasi. Boshlang'ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy til vositalari — sifatlash, o'xshatish, jonlantirish, m ubolag'a bilan ham amaliy ravishda tanishtirishni tahlil qilish
O'quvchilar adabiy ma’lumotlami o'zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g'oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. O'quvchilar adabiy tushunchalarni o'rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o'quvchilam ing nutqini o'stirish ham m uhim o'rin tutadi.
Kurs ishining obyekti, predmeti: 3- sinf o'qish kitobidagi mehnatni ulug'lovchi asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Tadqiqot uchun tanlab olingan mavzu, uning tarkibiga kirgan qator muhim muammolar to’liq, yaxlit holda, maxsus tadqiqot qilinmagan. Shu bois tadqiqotda ana shu holat hisobga olinib, hozirgacha yaratilgan mavjud adabiyotlar, maqolalar asosida. Mavzuga doir matеriallar ham jamlangan holatda tadqiq qilinmoqda
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, 4 ta bo’lim, xulosa. Ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati qismlaridan iborat.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o'quvchilarda o'z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o'qish ko'nikmasi o'stiriladi, asar kutubxonasi g'oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o'quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tom onidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta ’sirchanligi, o 'tk ir sujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o'qib bo'lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida aham iyat berish zarur.
3-sinf „O'qish kitobi“da keltirilgan „Kamaychi shoh" ertagida ,,yov qora bulutday yopirilib kelayotgan ekan", „Kuychi terak" ertagida „Terakning shoxlari xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirab raqsga tushar ekan", „To'rg'aylar qo'shiq aytib, ularga jo 'r bo'lar ekanlar", „Oh, deb nola qilibdi terak", „Ustun ularning nag'malariga jo 'r bo'lib, sho'x-sho'x kuy chalibdi" kabi badiiy vositalar yordam ida tasvirlangan m anzaralar juda ko'p. U lar ustida ishlash o'quvchi nutqini o'stirish bilan birga ularni fikr yuritishga, m ulohaza qilishga ham o'rgatadi.
Ertaklarda o'xshatishlar, jonlantirish va mubolag'alardan foydalanilgan. O'quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o'rgatish zarur.
3-sing õqish kitobidagi "Qo'riqchining sabog'i", "Mehnatkash qiz", "Barakalla bo'tam" hikoyalar, "Daraxtlarni oqlaganda""Hunarni sev" she'rlarning barchasi yosh õquvchi õngidan o'z aksini topar ekan, yosh avlodni kelajakda barkamol avlod mehnatni sevuvchi, mehnatga mehr muhabbatli inson bõlib yetishishida muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |