Reja: Kirish bob


-sinf o’qish kitobidagi mehnatni ulug’lash haqidagi hikoya va she’rlardan na’munalar



Download 41,56 Kb.
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi41,56 Kb.
#771231
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shabnam2

3-sinf o’qish kitobidagi mehnatni ulug’lash haqidagi hikoya va she’rlardan na’munalar
3-sinf o'qish kitobidagi kuz va mehnat bõlimida mehnatni ulug'lash haqida kõplab hikoyalardan namunalar keltirilgan. Bularga misol sifatida quyidahilarnibkeltirishimiz mumkin.
Qo‘riqchining sabog'i
(Ertak)
Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadimda mirishkor, mehnatsevar bir dehqon yashagan ekan. Poyoni ko'z ilg'amas dalasida kun bo'yi mehnat qilarkan. Yetishtirgan qovun-tarvuzlari-yu karamlariga bir kishining quiochi bazo'r yetarkan.

Bir kuni tushlik qilib dalasiga qaytsa, poliziga "o'g'ri" oralabdi. O'g'ri kim ekan, deysizmi? Shu yaqin atrofdagi o'rmonda yashovchi jajji tipratikan vaquyonchalarekan. Dehqonningjahli chiqib, ularga kesak otib quvlabdi. "Xo'sh, sen qayoqqa qarayapsan?", deya o'dag'aylabdi, polizga tikilgan jonsiz qo'riqchiga qarab...

Shu yili dehqonning dalasi shudring kasaliga chalinib, bor hosili nobud bo'libdi. Uning erta bahordan kech kuzgacha qilgan mehnatlari zoye ketibdi. Xafa bo'lib yotib uxlab qolibdi va g"alati bir tush ko'ribdi. Tushida poliziga tutash o'rmonda keksa bir donishmand tipratikan yasharmish. U jajji quyonchalar va tipratikanlarni bir yerga to'plab, nasihatlar qilarmish. Karam, sabzi yegisi kelib polizga ketayotgan jonivorlarga, ekinlarni payhon qilib tashlamanglar, isrof qilmanglar, bobodehqon ranjiydi-ya, deya tayinlarmish. Dehqonning tunov kuni jahl bilan otgan kattakon kesagi mittigina quyonchaning oyog'ini mayib qilgan ekan.

"Biz axir ekinlarni payhon qilmasdan, aytganingizdek, bir donagina sabzini hammamiz baham ko'rayotgandik-ku", deya zorlanayotganmish quyoncha tipratikanga...


Shu payt qarshisida jonsiz qo'riqchisi paydo bo'lib qolibdi va tilga kirib:
- Dehqon bobo, Siz juda mehnatkash insonsiz. Lekin biroz ziqnaroqsiz-da. Bir donagina sabzingizni mitti jonivorlarga rav ko'rmadingiz-a. Oyog'i singan quyonchaning ahvolini ko'rdingizmi? - debdi.
Jonsiz, hissiz bir qo'riqchidan ta'na eshitganidan dehqonrosamulzam bo'libdi...
Bu voqealar tushida sodir boisa-da, u o'ziga tegishli xulosa chiqarib olibdi. Savatchaga poliz mahsulotlaridan solib, o'rmonga eltib qo'yadigan odat chiqaribdi. Bundan buyon qo'li ochiq, saxovatli inson bo'lishga so'z beribdi

Mehnatkash qiz


Oybek
Shokir otanong kichkinagina, shinamgina, hovlisi, bu yerda Unsin ismli yetim qiz ikki oydan beri yashaydi. Shokir ota va uning kampiri qizni ko'nglini ko'tarishag tirishadilar. Otanong biri olti biri to'rt yashar yetim nabiralari ham Unsinni yaxshi ko'rishardi. Unsinuy ishlarida kamporga qarashadi, bolalarni yuvintiradi , eski tuski kiyimlarni yamab-yasqab butun qiladi. Kechqurun aho'rva, atala, umoch, moshxo'tda kabi ovqatlarni pishiradi. Shokir ota boshliq hammalari o'rtada baham ko'radilar. Lekin qiz bularni ish deb hisoblamaydi. Unsin otanong mehnatkashligininuaxshi biladi. U otanong ishini yengillashtirishni istaydi. Dastlab IP eshib mumlab beradi, Mahsilarga shon qoqadi. Shondan tushuradi, pardozlaydi lok surkaydi. Ammo bu bilan otanong ishi yengillashmaydi. Unsin oilaga yordam berishi chorasini ko'p o'ynaydi. Oxirgi mahsi tikishni o'rganishga qaror qiladi. U Shokir otadan shogirdlikka olishni so'raydi. Ota avvaloga rozi bo'lmaydi. Keyinchalik qizning intiliahini ko'rib, mahsi tikishni o'rgatadi. Ota unga so'zan bigiz tutishni ko'rsatadi. Ziyrak qizning qo'li darrov kelisha qoladi. Tagiga kichkina kursi qo'yib, epchil quloch tordadi. Birinchi kunlardanoq chokni puxya tikish bilan usta Shokir otani hayron qoldiradi. Endi ular o'rtasida ish taqsim qilinadi: chol do'konxonada o'totib ish bichib beradi. Unsin uni ichkari uyda o'torib tikadi. Shunday qilib, otanong ishi yengillashadi. Ota endi har Kim keltitgan yamoqlarni yamash uchun ham vaqt ajratadi. Bunday hayot kichiklogidan mehnatga ko'nilib osgan qizni sira bezdirmaydi.

Daraxtlarni oqlaganda


Yusuf Shomansur
Dam olish kun bolalar
Cho'tka ushlab barobar
Ishlashdi katta yo'lda
Daraxtzorda o'ng-so'lda
Qoldirmay hech daraxtni
Ohak bilan oqlashdi
O'quvchilari burchini
Bu safar ham oqlashdi.
Daraxtlar turar qator
Oq shim kiyib olgandek,
Barglar ham beixtiyor
Quvnoq chapak chalgandek
Qurt-qumursqa, hasharot
Kovak qilolmas endi
Hursamd bo'lgandek har daraxt
Boshin egib silkindi.
Hunarni sev
Tolib Yo'ldosh
Hunarni sev, Hunarni!
Hunar senga asqotar
Hunar otin soni yo'q
Sanasang qator-qator
O'rgan, sen ham yigitsan ,
Yetmish turi oz senga.
"Hunarli er xor bo'lmas"
Maqolin ok esingga.
Mayli, duradgor, usta,
Chilangar bo'l, xohishing.
Xalqqa biror manfaat
Yetkazsin qilgan ishing.
Binokor bo'l, haa balli.
Bizga zo'r uylar kerak.
Bastakor bo'l, marhamat,
Sho'x, Shirin kuylar kerak.
Hunarli bo'l, ilm ol,
Har ikkisi ham zarur.
Hunar - bu baxt-u iqbol,
Belga quvvat, ko'zga Nur.

Xulosa:
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mehnat, mehnat tarbiyasining ahamiyati bolaning hayotida, uning jisomanan, ma’nan tarbiya topishida, hamda yuksak kamolotga erishishida beqiyosdir.Har qanday tarbiya uchun poydevor eng avval oilada barpo qilinar ekan, mehnat tarbiyasi ham bolada o’z uyida uy yumushlarida oila a’zolariga ko’maklashishidan boshlab rivojlanib boradi. Shu orqali bolada mehnatga nisbatan muhabbat, kelajak uchun esa ko’nikma va malaka hosil bo’ladi. Keyinchalik ta’lim dargohlarida, ya’ni bog’cha, maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida mehnat tarbiyasi bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi. Bu esa bolani uning jismoniy, aqliy qobiliyatiga, qiziqish va imkoniyatiga qarab kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirishga yordam beradi.
Umuman, shuni aytish mumkinki, inson ma’naviyatining sog'lomlashuvi mehnatni ulug’lash uning fikrlari va xatti-harakati tozalanishida aks etadi. Shuni anglagan holda o'quvchilami taiim ning dastlabki bosqichidan to'g'ri tarbiyalashga erishmoq lozim. To'g'ri tarbiya - tarbiyalanuvchida tabiatan mavjud boigan sifatlami uyg'otish va ularning rivojlanishi, m alum maqsad sari yo'nalishiga koinaklashish, shu jarayonga monand ravishda bilim berishdan iborat.
Farzandlar ota-onalari qayerda va kim tomonidan ishlashlarini bilishlari, kasbining nozik jihatlarini bilishlari kerak. Ota-onalar farzandlari oldida o'z ishi haqida salbiy gapirishsa, yomon. Ularni tinglab, bolalar nafaqat ota-onalarning ixtisosligiga, balki umuman ishiga nisbatan hurmatsizlik bilan ajralib turadi. Ota-onalarning mehnat namunasining tarbiyaviy kuchi ularning farzandiga qanchalik yaqin ekanligiga, uni qanday qilib o'ziga jalb qilishni, u bilan aloqa o'rnatishni bilishiga bog'liq. Bolalar mehnatini baholashda pedagogik takt katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. agar ota-onalar bolaning mehnat topshiriqlarini bajarishda mehnatsevarligini sezmasalar, vaqt o'tishi bilan u undan yo'qoladi. Iqtisodiyot to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan oilada uy hamisha ozoda, har bir narsaning o‘z o‘rni bor, har bir ish turi uchun zarur vositalar mavjud. ish vazifalari quyidagicha taqsimlanadi. oilaning har bir a'zosi o'zining kuchli va imkoniyatlariga ko'ra yuklanganligini. Mashaqqatli ish birgalikda bajariladi, noxush ish navbat bilan amalga oshiriladi. Bolalar uy ishlarida ishtirok etishlari shart. Ular o'sib, ish tajribasiga ega bo'lgach, ularning vazifalari va vazifalari murakkablashadi. Barcha oila a'zolari xotirjamlik bilan, yaxshi kayfiyatda, asabiylashmasdan va bezovtalanmasdan, o'z vazifalarini vijdonan bajaradilar. Keksa odamlar uchun bu odat tusiga kiradi. Yoshlar oilaviy an'analarga bo'ysunadilar.
Adabiyot o'qitish jarayonida beriladigan tarbiyada hissiyot.badiiylik va samimiylik o'zaro uyg'unlikda bo'ladi. Badiiylik o'quvchida bilim, ko'nikma, malaka shakllantirish bilan birga unga hayotning rangi, ohangi, ofmohiyatini ochib beradi. Tarbiya jarayonidagi hissiyot va samimiyat esa. tarbiyaviy tadbirlaniing ta'sirchanligini ta'minlaydi. Bolalarga beriladigan bilimlar ham hissiyot bilan sug‘orilgandagina ulaming ruhiyatiga kirib, chuqur o'mashadi.Nimanidir yoqlash yoki unga qarshi kurashish uchun kishi ko'nglida unga nisbatan munosabat bo'Iishi kerak.Mana shu munosabat hissiyot hisoblanadi.Buning uchun yaratilajak yangilikni sevish kerak.Bu ham hissiyot sanaladi.Xullas, hissiyotga qorishgan faoliyatgina kishini kurashga, intilishga, izlanishga undaydi. Shuning uchun ham bolalarni kelajakda barkamol inson bo'lib yetishishida ularda mehnatni ulug'lash, mehnat qilishga nisbatan kuchli qiziqishni ularning ongiga hikoyalar she'rlar orqali singdirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday boshlang'ich sinfdagi o'qish kitoblar, darsliklarning ham o'rni beqiyosdir.


Download 41,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish