1.Bob. O’ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATGA QO’SHILISHI,
UNING RIVOJLANISHI VA XALQARO NUFUZINING ORTIB BORISHI.
1.1
.
O’zbekiston Respublikasi tinchliksevar tashqi siyosatining yaratilishi va
uning siyosiy, huquqiy asoslari.
XX asr so’ngida Markaziy Osiyo mintaqasida yirik o’zgarishlar va katta
jahonshumul voqealar yuz berdi. Markaziy Osiyo mintaqasida yangi suveren,
mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bu esa esa jahon siyosiy xaritasida o’zgarishlarga
olib keldi. Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmanston,
Tojikiston, Qirg’iziston kabi yangi mustaqil davlatlar o’zining yangi taraqqiyot
yo’li hamda milliy rivojlanish modellarini ishlab chiqdilar va hayotga tadbiq
etdilar. Endigina mustaqil taraqqiyot yo’lida turgan davlatlarning har birining olida
eng muhim ustivor vazifa sifatida mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va barqaror
taraqqiyot masallari turar edi. Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O’zbekiston
tashqi siyosatining eng muhim ustivor yo’nalishlaridan biri mintaqaviy xavfsizlik
va barqarorlikni ta’minlash, xalqlar tinchligiga raxna soluvchi terrorizmning har
qanday ko’rinishiga qarshi kurash olib borishdan iborat.
Kishilik taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, hech qaysi davlat, jamiyat o’z
qobig’iga o’ralib, rivojlanmagan. Buning aksi o’laroq, mustaqil rivojlanish yo’lini
tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilib, o’zaro ko’p tomonlama
hamkorlikni rivojlantirib taraqqiyot pillapoyalaridan dadil borgan.
O’zbekiston ham mustaqillikni qo’lga kiritishi bilanoq o’z tashqi siyosatining
ustivor yo’nalishlarini belgilab oldi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to’la huquqli sub’ekti sifatida tashqi siyosati davlatlarning
suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslangan huquqiy asoslari
ishlab chiqildi. SHuningdek, respublikamiz davlatning xalqning oliy manfaatlari,
farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida
ittifoqlar
tuzishi,
hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib
chiqishi konstitsutsiyaviy normalar asosida mustahkamlandi.
5
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning milliymanfaatlariga
mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash, jahon hamjamiyatiga
qo’shilish, horijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida
ko’ndalang bo’lib turardi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi.
Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat
yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva,
markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan,
O’zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilolmaydigan
yopiq mamlakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham,
jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas
edi. Respublikada bunday kadrlar tayyoplovchi birorta ham o’quv yurti yo’q edi.
Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni
talab qilmoqda edi. Respublikamiz Biinchi Prezidenti Islom Karimovning
Do'stlaringiz bilan baham: |