Reja: kirish bet I bob. Chig`atoy ulusining tashkil topishi


Qo`zg`alonning bostirilishi va uning ahamiyati



Download 56,63 Kb.
bet6/7
Sana03.07.2022
Hajmi56,63 Kb.
#737462
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Chig`atoy ulusining tashkil topishi

2.2. Qo`zg`alonning bostirilishi va uning ahamiyati.
G'oyat qisqa vaqt ichida qo'zg'olon juda keng hududga yoyildi. Xalq ommasining istilochi zolimlar va mahalliy ezuvchilardan tortgan jabri zulmi o'z ifodasini bermoqda edi.
Qo'zg'olonning qisqa vaqt ichida bunday ommaviy tus olishi mo'g'ul amirlari va bosqinchilarini qattiq xavotirga solib qo'yadi.11
Ular bu haqda xoqonning Movarounnahrdagi noibi Mahmud Yalovochga xabar qiladilar. Uning yaqinlarini Buxoroga aldab chaqirish va o'ldirish to'g'risida ko'rsatma beradi. Shu maqsadda mo'g'ullarning vakillari Mahmud Torobiy oldiga keladilar. Biroq undagi sehrgarlik qobiliyatini ko'rib qo'rqib qoladilar va o'z niyatidan qaytadilar.
SHuni ko'rsatish lozimki, mo'g'ullarning ushbu qo'zg'olonni bostirish sohasida sustkashligining sababi ularning sehrgarlik ilmiga g'oyat ishonganliklarida edi. Qo'zg'olonchilar Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoro tomon yuradilar.
Yo'l yo'lakay ularga har xil qurol aslaxalar bilan qurollangan dehqonlar ommasi qo'shilib qo'zg'olonchilarning kuch qudrati tobora osha boradi. Mahmud Buxoro shahriga haqiqiy hukmdor sifatida kirib keladi va Sanjar Malik saroyida to'xtaydi. Saroy oldi odamlarga to'la edi. Dushmanlarning uning o'ldirishlari niyatidan ogoh bo'lgan Maxmud saroydan yashirin yo'l bilan chiqib, o'z hamrohlari bilan oldindan tayyorlanib qo'yilgan otlarga minib Abu Xofsa qo'rg'oniga o'z tarafdorlari oldiga yetib keladi.
Uni ko'rgan haloyiq, Mahmud ularning oldiga qanotlar yordamida uchib kelgan deb hisoblaydi va zo'r shod xurramlik bilan uni kelgindi, g'ayridin zolimlar zulmidan qutqaruvchi olloh tomonidan yuborilgan farishta deb olqishlaydi.Maxmud Rabiy Malik saroyda to'xtaydi va ertasi kuni Buxoro machitlarida Xutba Maxmud nomidan o'qiladi.Mahmud Buxoro oqsuyaklarini o'z oldiga to'plab, ularga umumiy dushman mo'g'ullarga qarshi birgalikda kurash olib borishni taklif etadi. Buxoro sadrlarning boshlig'ini hatto xalifa deb e'lon qiladi. Sadrning o'rniga sadrlik vazifasiga Maxmud Maxbubiyni tayinlaydi.
Biroq bu hamkorlik uzoq davom etmaydi. Nazarimizcha Mahmud ma'lum darajada uslubiy xatoga yo'l qo'yadi. U qora xalq va «qaroqchilar»ning (J uvayniy) yordamiga tayanib, shahardagi oqsuyak va badavlat kishilarni ta'qib qila boshlaydi.
Ularning mol mulklari talanadi. Bu ishi bilan u shahardagi ko'pchilik e'tiborli kishilarni va ruhoniylarni o'ziga qarshi qilib qo'ydi. Uning bu ishiga sehrgar opasi ham qarshi chiqadi, SHahar boylari va Sadr-Buxoro ruxoniylarining rahbari ko'pgina ruhoniylar dushman tomoniga o'tadilar. Buxoroda o'z imkoniyatlarini qo'zg'olonchilarga berib qo'ygan tarafdorlari Karmana shahriga chekingan va u yerda kuch to'plamoqda edilar. Buxoro boylari va ruhoniylar tomonidan qo'llab quvvatlangan dushman Karmanadan Buxoro tomon, qo'zg'olonni bostirish uchun yuradi.
Dushmanning bu harakatlaridan xabardor bo'lgan Mahmud o'z tarafdorlarini jangga hozirlaydi. SHeroz tomondan yetib kelgan qurol aslaha bilan ular qurollandilar. Raqib tomonlar Buxoro ostonalarida uchrashadilar. Mahmud va Mahbubiy o'z qo'shinining oldingi saflarida hech qanaqa qurol aslaha va qalqonsiz turadilar. Bundan maqsad ular o'zlarining ilohiy kuchga ega bo'lgan shu davr payg'ambari ekanligini isbotlashdan iborat edi.
Haqiqatan ham qo'zg'olon rahbarlarining bunday holatda turishlari mo'g'ullar va ularning taraf dorlariga qattiq ta'sir qildi. Kimki payg'ambarga qo'l ko'tarsa qo'li shol bo'lib qoladi degan xulosaga kelgan dushman jang qilmasdan orqaga chekina boshlaydi.
Bundan ruhlangan qo'zg'olonchilar qarshi hujumga o'tib dushmanni tor-mor qiladilar. Bu jangda mo'g'ullardan o'n mingdan ortiq kishi o'ldiriladi. Ammo qo'zg'olon rahbarlari yo'qolib qoladilar. Ularning jasadlarini o'liklar tagidan topib oladilar. Chekinayotgan mo'g'ullar qo'zg'olonchilar tomon yoydan o'q yog'dirgan edilar. Mana shu o'qlardan bir nechasi ilohiylik kuchiga ishongan va hech qanaqa himoyasiz turgan qo'zg'olonchilarning rahbarlariga yetib borib, ularni halok qilgan edi. Qo'zg'olon rahbarlarining halokati va qo'zg'olon istiqboli uchun katta yo'qotish edi. Endilikda qo'zg'olonga Mahmudning ukalari Muhammad va Alilar yo'lboshchilik qildilar.
Biroq ular yosh va tajribasiz edilar. Muvaffaqiyatdan ruhlanib uni davom ettirish, tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turish uchun hujumni davom ettirish o'rniga, qo'zg'olonchilar sust himoyaga o'tadilar. Qo'zg'olonning mag'lubiyatiga asosiy sabablardan biri shu edi. Birinchi zarbadan o'zini o'nglab olgan mo'g'ullar bir haftadan so'ng Ildiz noyon va Jikyen xorchi boshchiligidagi katta qo'shin bilan Buxoroga yetib keldilar.
Qo'zg'olon rahbarlari Muhammad va Alilar xuddi akalariga o'xshab dushman oldiga qurol yarog'siz peshvoz bo'lib chiqdilar. Bu vaqtga kelib «katta sehrgar» Mahmudning qo'zg'olonchilar orasida yo'qligi haqidagi xabar mo'g'ullarga yetib kelgan edi. Ular hech narsadan taptortmay qo'zg'olonchilar ustiga bostirib bordilar va ularni tormor qildilar.
Qo'zg'olonchilardan 20 mingdan ortiq kishi o'ldirildi. Faqatgina Mahmud Yalovochning o'z vaqtida Buxoroga yetib kelishi, shaharni butunlay yakson qilinishidan saqlab qoldi. Mahmud Yalovoch xoqon O'g'idoy oldiga o'z elchilarini yuborib, Buxoro shahri aholisi uchun shafqat so'raydi va xoqon noyibining iltimosini qondiradi. Buxoro aholisi avf qilinadi.
Buxoroda bo'lib o'tgan Mahmud Torobiy qo'zg'oloni mahalliy xalq ommasining mo'g'ul bosqinchilariga, mahalliy ruhoniy va boylarga qarshi qaratilgan xalq harakati bo'lib, bu harakat xalq ommasi birlashgan taqdirda bosqinchi mo'g'ullar zulmiga barham berish mumkin ekanligini amalda isbotladi.
Musulmonlar ularning Markaziy hokimiyatdagi vakili Mahmud Yalovochga yomon ko'z bilan qarovchi Chig'atoy Mahmud Torobiy qo'zg'olonidagi butun aybni Xoqonning Movarounnahrdagi noyibi zimmasiga yukladi va uni bu vazifadan chetlash tirish uchun barcha imkoniyatiniishga soldi.
Mahmud Torobiy qo'zg'oloni bahonasi bilan, bu qo'zg'olonni bostirishda sustkashlik qilgani uchun Movarounnahr noyibi Maxmud Yalovoch o'z vazifasidan chetlashtiriladi. Mahmud Yalovoch o'rniga uning o'g'li Ma'sudbek 1289 yilgacha Movarounnahrga hukmronlik qildi.Mahmud Yalovoch ulug' xoqon O'g'idoy huzuriga yetib borgach Dasin (Pekin) shahriga hokim qilib tayinlanadi va 1230 yilgacha, ya'ni vafotigacha qadar shu lavozimda turadi.
1241 yil 2 dekabrda ulug' xoqon O'g'idoy vafot etadi.Uning vafotidan olti oylar o'tgach akasi Chig'atoy ham vafot etadi.

XULOSA
Tarixdan ma'lumki Chingizxon boshliq mo’g’ullar 1219 yilda Movoraunnahr hududiga bostirib kiradi. Yerli xalq vakillaridan chiqqan ayrim xukmdorlarning Chingizxon qo’shiniga yaxshi baxo bermaganligi va o’z taxtini yo’qotishdan qo’rqib boshka Movoraunnahr hukmdorlari bilan qo’shinni birlashtirmagani sababli Chingizxon Movoraunnahrni kattik kiyinchilik bilan bo’lsa ham qo’lga kiritishga erishgan. 1227 yilda Chinizxonning o’limidan keyin esa uning Chingizxon bosqinchilik bilan asos solgan saltanat uning 4 ta o’g’li o’rtasida bo’lib yuboriladi. Usha paytda Sharqiy Turkiston va Yettisuvdan Amudaryogacha bo’lgan xududlar Chig’atoyga nasib etadi. Ana shu tariqa 1227 yilda Chig’atoy ulusi xukmronligi boshlanadi.
Chig’atoyning davrida Movoraunnaxr uning otasi Chngizxonning davridagigadan xam yemon axvolga solinadi. Zulmu sitamlardan g’azabga tulgan xalk kelgindi xukmdorlar va maxalliy boylarga karshi bir emas bir necha bora turadi. Shunday yirik qo’zg’alonlardan biri esa Maxmud Tarobiy raxbarligidagi hunarmand va dehqonlar qo’zg’aloni edi. Maxmud Tarobiy asli Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog’idan bo’lib u hunuarmand oilasida tugilgan va u qo’zg’alonga boshchilik qilmasdan oldin g’alvirchilik bilan shug’ullangan.
Qo’zg’olon 1238 yilda aynan Buxoro yaqinidagi Tarob kishlog’ida boshlanadi va shu qishloq qo’zg’olonni markazi sifatida tan olinadi. Qo’zg’olonga rahbarlik qilishni Tarobiydan usha davrdga mashxur tasavvuf shayxi va ulamo Shamsuddin Maxbubiy suragan va Tarobiy bunga mamnuniyat bilan rozi bulgan. Maxmud Tarobiy boylarning xaddan ortiq uzboshimchiligiga qarshi turgani va ularning mol mulkini talab qilgani uchun dehqonlar va hunarmandlar unga darrov qo’shiladilar. Qo’zg’alonning dastlabki kunlari Tarobiy safdoshlari bilan butunlay Buxoroni qo’lga oladi va Robiya saroyida sulton qilib taxtga ko’tariladi. Mo’g’ul qo’shinlari bu paytda Karmanaga kochishadi. Karmadan qo’zgo’lonchilarni yengish uchun yuborilgan mo’g’ul askarlari yana Tarobiychilar tomonidan tor- mor qilinadi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda usha jangda mo’g’ullarning 10 ming ta askari qirib tashlangan ekan. Aynan mazkur jangda Maxmud Tarobiy qaxramonlarcha xalok bo’ladi. Keyinroq ma'lum bo’lishicha uning ustozi shayx Shamsuddin Maxbubiy xam shu jangda xalok bo’lgan.Shundan keyin ayni shu 1238 yilda qo’zg’alonni bostirishga Maxmud Yalvoch o’z qo’shini bilan yetib keladi va qo’zg’alon bostiriladi.


Download 56,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish