Reja: Kirish. Asosiy qism: Moliyaviy rejalashtirish va prognozlash. Strategik moliyaviy rejalashtirish. Rejalashtirishning asosiy printsiplari, usullari, vositalari va turlari. Moliyaviy rejalashtirish tizimlari


-qadam. Rejalashtirilgan muddatda korxonaning foyda va chiqimlarini tasvirlash; 2-qadam



Download 497,25 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2022
Hajmi497,25 Kb.
#520166
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi moliya

1-qadam. Rejalashtirilgan muddatda korxonaning foyda va chiqimlarini tasvirlash;
2-qadam. Joriy va asosiy aktivlarda, prognoz qilinayotgan sotuv darajasini qoʻllab turish uchun kerak boʻladigan investitsiya darajasini baholash;
3-qadam. Oʻz aktivlarini moliyalashtirish uchun kerak boʻlgan, butun rejalashtirilgan muddatdagi korxonaning moliyaviy talablarini aniqlash;
Sotuvlar prognozi korxonaning rejalashtirish jarayonidagi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich odatda bir necha manbalardan olingan ma’lumotlardan kelib chiqadi. Kelgusi yil uchun sotuvlar darajasi prognozi eng kamida kelayotgan yilda roʻy berishi kutilayotgan oʻtmishdagi har qanday trend va ushbu tendensiyaga sezilarli darajada ta’sir koʻrsata olishi mumkin boʻlgan har qanday hodisalarning ta’sirini oʻz ichiga oladi.Reklama kampaniyasining tashabbusi yoki narxlash siyosatini oʻzgartirilishi ikkinchisi uchun misol boʻla oladi.
Moliyaviy oʻzgaruvchilarni prognoz qilish. Odatiy moliyaviy prognoz sotuvlar prognozi,berilgan hisobotlarni hisobga olgan xolda, uni ta’sirini korxonaning turli xil chiqimlari, aktivlari va majburiyatlarida aks ettiradi. Ushbu aks ettirishni amalga oshirish uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan metod bu sotuvlar darajasi foizi metodi.
Moliyaviy prognozlashning sotuvlar darajasi foizi metodi. Sotuvlar foizi metodi kelajakdagi davr uchun xarajatni, aktiv yoki majburiyatni sotuvlarning bir qismi sifatida baholashni prognoz qilishni oʻz ichiga oladi.
Ishlatiladigan foiz miqdori eng oxirgi moliyaviy hisobotga asosan joriy sotuvlar foizidan, bir necha yillar uchun hisoblangan oʻrtacha miqdordan, tahlilchining fikridan, yoki ushbu manbalarning jamlanmasidan kelib chiqadi.
1-jadvalda Drew Inc. kompaniyasi uchun moliyaviy prognozda sotuvlar darajasi foizi metodi qoʻllanilgan toʻliq misol keltirilgan.Ushbu misolda korxonaning buxgalterlik hisobidagi har bir oʻzgarib turuvchi koʻrsatkich 2013-yilgi sotuvlarning ($10 million) foizi sifatida keltirilgan.2014-yilda aks ettirilishi rejalashtirilayotgan muddat uchun balansdagi har bir element foizni $12 million ga koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Ushbu metod korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini baholashda nisbatan arzon va ishlatishda oson boʻlgan yoʻl taklif qiladi.
Eslatib oʻtish kerakki, 1-jadvaldagi misolda joriy va asosiy aktivlar sotuv darajasiga qarab oʻzgarib turadi. Buning ma’nosi, korxona prognoz qilinayotgan sotuv hajmini oshiraoladigan ishlab chiqarish quvvatiga ega emas.Ya’ni, agar sotuvlar $1 ga oshsa, asosiy aktivlar $0.40 ga yoki aks ettirilgan sotuv darajasi oʻsishining 40% iga oshadi. Agar hozirda korxona aks ettirilgan sotuv darajasini ushlab tura oladigan darajada asosiy aktivlarga ega boʻlganda edi, aktivlar sotuvlar darajasi foizi oʻzgarmas edi vaprognoz etilayotgan muddatda oʻzgarmay turishi aks ettirilar edi.
Bundan tashqari, e’tiborga olish kerak boʻlgan jihat: kreditorlik qarzlari va hisoblangan chiqimlar sotuvlar darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin boʻlgan yagona majburiyatlardir. Ushbu ikkita majburiyatlarning haqli ravishda, korxonaning sotuv koʻrsatkichlariga qarab oshishi yoki kamayishini kutish mumkin.. Chunki ushbu ikki joriy majburiyatlar kategoriyasi odatda toʻgʻridan toʻgʻri sotuv darajasiga boʻgliq ravishda oʻzgaradi, koʻpincha ular oʻz-oʻzidan (spontan) moliyalashtirish manbalari bilan bogʻlanadi. Oʻz oʻzidan moliyalashtirishga korxonaning kunlik faoliyati tufayli oʻz oʻzidan yuzaga keladigan savdo kreditlari va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi. Ishchi kapitalni boshqarishni oʻrganadigan 15-bobda, moliyalashtirishning ushbu shakli haqida koʻproq ma’lumot berilgan. Toʻlanadigan veksellar, uzoq muddatli qarzlar, oddiy aksiyalar, va toʻlangan kapital kabilar korxonaning sotuvlari darajasi oʻzgarishiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq emas. Ushbu moliyalashtirish manbalari, diskret moliyalashtirish deb ataladi, va ular har gal mablagʻ jalb etilganda korxona boshqaruvchilari tomonidan aniq qaror talab qiladi. Misol uchun banknota, muzokaralar olib borilishini va moliylashtirish sharoitlari bayon etilgan kelishuv imzolanishini talab qiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichi rejalashtirilgan sotuv hajmiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichining kutilayotgan oʻzgarishi soliqlar toʻlangandan keyingi taxminiy foyda (aks ettirilgan sof foyda) ya’ni sotuv hajmining 5%idan ($ 600,000) oddiy aksiyalarning dividendlarini($ 300,000) ayirmasiga ga teng.
1-jadvalda keltirilgan Drew Inc. misolida, korxonaning sotuv hajmi $10milliondan $12milliongacha oʻzgarishini taxmin qildik, va bu oʻz navbatida korxonaning umumiy aktivlarga ehtiyojini $7.2 milliongacha oshishiga sabab boʻldi. Ushbu aktivlar $4,9 million miqdorida mavjud majburiyatlar va tabiy majburiyatlar orqali; $1.8 million miqdorida tasischilar mablagʻlari orqali, qoʻshimcha $300,000 miqdoridagi kelgusi yildagi sotuvlarning taqsimlanmagan foydasini oʻz ichiga oladi; va nihoyat, $500,000 miqdoridagi diskret moliyalashtirish orqali moliyalashtiriladi; ushbu mablagʻlar toʻlanadigan veksellar nashr qilish, obligatsiyalarni sotish, aksiyalar emissiyasini taklif qilishlar orqali, yoki ushbu manbalarning kombinatsiyasi orqali olinishi mumkin.

Download 497,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish