Reja: Kirish Asosiy qism Mexnat shartnomasi munosabatlari


Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi



Download 83 Kb.
bet3/5
Sana01.08.2021
Hajmi83 Kb.
#134541
1   2   3   4   5
Bog'liq
mehnat shartnomasi

Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi.

Mehnat kodeksiga ko’ra, mexnat shartmomasini bekor qilish uchun yana bir asos bo’lishi mumkin. Chunonchi, dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo’lsa (ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati belgilangan hollarda), ish beruv-chi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimlarning korxonadagi va-killik organlarining roziligini olmasdan va ishdan bo’shatish nafaqasini tula-masdan turib ham bekor qilishga haqqi bo’ladi.

Mustaqillik davrida ishlab chiqilgan mehnat qonunchiligida ish vaqti

tushunchasiga ham katta e’tibor qaratildi. Ish vaqti xalqaro inson huquqlari me’yorlariga muvofiqlashtirildi. Xususan, Mehnat kodeksining 115-moddasiga


asosan xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan oshmasligi, olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan ortib ketmasligi lozimligi belgilandi.

Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki hodim) mehnat sohasidagi vazifalarni bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga yetkazgan zararni ushbu Kodeks va mehnat to’g’risidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi.

Mehnat shartnomasi yoki unga qo’shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shuningdek jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qo’yilishi mumkin. Bunda shartnoma bo’yicha ish beruvchining hodim oldidagi javobgarligi ushbu kodeksda nazarda tutilganidan kam, hodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko’p bo’lmasligi kerak.

Zarar yetkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo’lmaydi.

Mehnat shartnomasining bir tarafi o’zining g’ayrihuquqiy aybli xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazgan zarari uchun, basharti ushbu ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, moddiy javobgar bo’ladi.

Taraflarning har biri o’ziga yetkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart.

O’z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g’ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida hodimga, boquvchisi ish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda esa – uning oila a’zolariga (192-moddaning birinchi qismi) yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti ushbu Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, to’liq hajmda to’laydi.

Ma’naviy zarar (jismoniy yoki ruhiy a’zoblar) pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda hamda ish beruvchi va hodim o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, hodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda esa, – ish beruvchi va vafot etgan hodimning oila a’zolari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, bu masala sudda ko’rib chiqiladi.

Xodim mehnat qilish imkoniyatidan g’ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga to’lashi shart. Bunday majburiyat, agar ish haqi ishga qabul qilish g’ayriqonuniy ravishda rad etilganligi, mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki hodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilganligi va mehnat nizolarini ko’ruvchi organning bunday ishlar yuzasidan chiqarilgan qarori o’z vaqtida bajarilmaganligi, mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi, har qanday yo’llar bilan hodimning sha’niga dog’ tushuruvchi ma’lumotlar tarqatilganligi natijasida, basharti bu ma’lumotlar haqiqatga to’g’ri kelmasa,

shuningdek boshqa hollarda olinmay qolgan bo’lsa, kelib chiqadi.

Xodimning sog’lig’iga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o’z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining
boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi to’liq hajmda to’lashi shart.

Xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo’lishi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo’ladi.

Mehnatda mayib bo’lish oqibatida yoki o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tazda shikastlanishi sababli hodimga yetkazilgan zararni ish beruvchi , basharti zarar uning aybi bilan kelib chiqmaganligini isbotlab berolmasa, to’lashi shart.

O’z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda yuqori xavf manbai natijasida hodimning sog’lig’iga yetkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin bo’lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, to’lashi shart.

Xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni to’lashi shart.

Bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayligi yoki yomon xolatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining ortiqcha to’lovlar qilish zarurati tushuniladi.

Xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to’lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo’ladi.

Agar zarar, uni bartaraf etish mumkin bo’lmagan kuchlar, normal ho’jalik tavakkalchiligi oqibatida, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa natijasida kelib chiqqan bo’lsa, hodimning moddiy javobgarligi istesni etiladi.

Ish beruvchi zarar yetkazilgan chog’dagi aniq xolatlarni xisobga olib, aybdor hodimdan zararni undirishdan qisman yoki to’liq vos kechishga haqli. Davlat mulki shaklidagi korxonalarda ana shunday qaror, agar u jamoa shartnomasida nazarda tutilgan bo’lsa, qabul qilinishiu mumkin. Bunday xolda yetkazilgan zarar korxona foydasi hisobidan qoplanadi.

Yetkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda hodimga to’liq moddiy javobgarlik yuklatiladi:



  • Maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishi ta’minlanmaganlik uchun (203-modda)

  • Bir gallik hujjat asosida olingan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlanmaganlik uchun;

  • Qasddan zarar yetkazilganda;

  • Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’sirida mastlik holatida zarar yetkazilganda;

  • Xodimning sud hukmi bilan anqilangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;

  • Tijorat sirlari oshkor etilganda;

  • Qonunlarda, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik xolatida yoki jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar.

Mehnat shartnomasi


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish