Kurs ishining predmeti: Hozirgi vaqtda planetamizdagi tabiiy resurslar har tomonlama o’rganilib, undan ratsional foydalanish va uni qo’riqlash metodlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda. Demak, rivojlangan jamiyatda tabiatga ongli munosabatda bo’lib, uni qo’riqlab va undan jamiyat manfaati yo’lida fan va texnika taraqqiyotiga tayangan holda ratsional foydalanilib, uni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda saqlab qolinadi. Buning uchun tabiat haqida tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabatlar haqida chuqur bilimga ega bo’lishi kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |