Reja Kirish Asosiy qisim


Quyida PKSh ning namunaviy shakli keltirilgan



Download 259 Kb.
bet10/16
Sana14.06.2022
Hajmi259 Kb.
#670459
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili

Quyida PKSh ning namunaviy shakli keltirilgan

Aktivlar

Passivlar

Sof хorijiy aktivlar (NFA)
Sof ichki aktivlar (NDA)
Cof kreditlar (NDC)
Davlatga sof kreditlar (NDC )
g
Iqtisodiyotga kreditlar (NDC )
r
Boshqa sof moddalar (OIN)

Keng ma’nodagi pul massasi (M2)
Tor ma’nodagi pul massasi (M1)
Muomaladagi naqd pullar (CY)
Bank tizimining talab qilib olinguncha hisoblaridagi mablag‘lar(DD)
Kvazi pullar (QM)

PKShning passiv qismi iqtisodiyotdagi likvid mablag‘lar miqdorini ifodalaydi.
Unga ko‘ra pul massasi bank tizimi yaratgan muomaladagi pullardir.
Moliyaviy vosita sifatida ”pul” tushunchasini aniqlashda iqtisodchilar bir qancha me’yorlarni qo‘llaydilar. Хususan, moliyaviy vosita, agar u to‘lov vositasi, qiymat me’yori kabi vazifalarni bajarib, belgilab qo‘yilgan nominal qiymatga ega bo‘lsa va likvid bo‘lsa (ya’ni, o‘sha zahotiyoq foydalanilishi mumkin bo‘lsa), hamda u qonuniy to‘lov vositasi bo‘lsagina pul tarkibiga kiritilishi mumkin.
Tor ma’noda pul massasi bankdan tashqaridagi naqd pullar (CY) bilan bank tizimidagi talab qilib olinguncha hisoblardagi mablag‘larning yig‘indisiga teng. Tor ma’nodagi pul massasi iqtisodiy adabiyotlarda M1 deb belgilanadi. Muomaladagi naqd pullar deganda barcha bosib chiqarilgan naqd pullar emas, balki bank tizimidan tashqarida bo‘lgan naqd pullar nazarda tutiladi.
Tor ma’nodagi pul massasi (M1) = Muomaladagi naqd pullar (CY) + + Talab qilib olinguncha depozitlar (DD).
Kengroq ma’nodagi pul tushunchasi M1dan tashqari kvazipullarni (QM) ham qamrab oladi. Kvazipullar tarkibiga bank tizimining muddatli va jamg‘arma hisoblaridagi mablag‘lar kiradi. Keng ma’nodagi pul massasi (M2) kategoriyasi bank tizimining majburiyatlariga mos keladi. Хususan, unga rezidentlarning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar, depozit sertifikatlari va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha REPO bitimlari kiradi.
Keng ma’nodagi pul massasi (M2) = Tor ma’nodagi pul massasi (M1)+
+ Kvazipullar (QM)
yoki
M2 = CY + DD + TD.
Bank tizimi aktivlari va majburiyatlarining ayniyati - pul massasi miqdori (M2) balansning qarama-qarshi tomonidagi komponentlarning, ya’ni: milliy valyutada ifodalangan sof хorijiy aktivlar (NFA) va sof ichki aktivlarning (NDA) yig‘indisiga tengligini anglatadi. Boshqacha aytganda, umuman bank tizimi uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin:
M2 = NFA + NDA .
Sof ichki aktivlar (NDA) sof ichki kreditlar (NDS) va boshqa sof moddalar yig‘indisiga teng bo‘lganligi uchun, 5.6 tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin:
M2 = NFA + NDC + OIN
yoki oqimlar ko‘rinishida:
DM2 = DNFA + DNDC + DOIN .
Yuqorida ko‘rib chiqilgan pulning M2 va M1 kategoriyalari amaliyotda eng keng tarqalgan kategoriyalardir. Ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat iqtisodiyoti erkinlashtirilganidan so‘ng pul massasining M3, M4 va L kabi kengroq ko‘rsatkichlari ham qo‘llanila boshlandi.
Har bir mamlakatda M3ning хususiy muayyan ta’rifi berilishiga qaramasdan, odatda ushbu agregat M2 va qo‘shimcha pul vositalarining kengroq spektorlari va emitent muassasalarini qamrab oladi. Pul massasining bu agregatiga yo‘l cheklari va turli tijorat qog‘ozlari (pul bozorining pay fondlarida qatnashish sertifikatlari, pul vaucherlari) kiradi.
M4 agregati M3 agregati va likvid davlat qimmatbaho qog‘ozlari, erkin muomaladagi obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositachilarning majburiyatlarini qamrab oladi. Ba’zan, shuningdek “likvid mablag‘lar” (L) deb nomlanadigan yanada kengroq pul kategoriyasidan ham foydalaniladi. Ushbu kategoriyaga M4dan tashqari likvidlik darajasi pastroq bo‘lgan g‘aznachilik qisqa muddatli obligatsiyalari, davlat obligatsiyalari, garovlar bilan ta’minlangan obligatsiyalar va hattoki, ayrim korporatsiyalarning obligatsiyalari singari moliyaviy aktivlar ham kiradi.

Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish