Reja: kirish aqsh ning moliya tizimi


AQSH va uning xalqaro moliya munosabatlardagi o’rni



Download 88 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2022
Hajmi88 Kb.
#455351
1   2   3   4   5
Bog'liq
Word MM 82-2

AQSH va uning xalqaro moliya munosabatlardagi o’rni. 2008-yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishida AQSH moliya tizimining hissasi ancha yuqori ekanligini aytib o`tish joizdir. Chunki 1933-yilda qabul qilingan Glas-Stigl aktiga ko`ra, AQSH banklari investitsion va tijorat banklariga ajratilgan edi. 1999-yilda bu aktning bekor qilinishi (amalda bu jarayon 80-yillardan boshlangan) yuqoridagi banklar faoliyatini aralashtirib yubordi: Uol-strit (Wall-Street) investitsion banklari tijorat banklari depozitlarini investitsiya qila boshladi. Natijada deyarli hamma mablag` muomalaga jalb qilindi. Ipoteka kreditlarida boshlangan inqiroz banklar depozitida mavjud pulning juda kamligi uchun tezda tarqalib, nafaqat AQSH, balki butun jahon iqtisodining katta yo`qotishlariga sabab bo`ldi.
Moliya tizmini tahlil qilish mobaynida, mamlakat valyutasi tizimini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi. Mamlakat valyuta tizimi ahamiyati nafaqat AQSH ning o`zida, balki xalqaro maydonda ham beqiyos. Chunki AQSH valyutasi dollarning butun jahon savdo aloqalarida keng qo`llanilishi mamlakatning xalqaro munosabatlarda, xususan xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi o`rnini nihoyatda katta darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda ko`pgina davlatlarning valyuta rezervalaridagi asosiy ulushni AQSH dollari tashkil qilmoqda. Birgina Xitoyning rezervlarida 2.9 trln. $ miqdoridagi mablag` mavjud.
AQSH moliya tizimining xalqaro maydondagi o`rnini tahlil qilish maqsadida jahon savdo aloqalari tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, I Jahon urushiga qadar xalqaro savdoda oltin standartidan foydalanilgan. Bunga ko`ra har bir davlat valyutasi qat`iy belgilangan kurs bo`yicha oltinga konvertatsiya qilingan, ya`ni biror mamlakat valyutasi boshqa bir mamlakat valyutasiga oltinga solishtirilgan holda fiksirlab qo`yilgan, o`zgarmaydigan kurs bo`yicha almashtirilgan. Bu tizim davlatlarga pul massasini nazorat qilishga yo`l qo`ymas edi, chunki pul massasi oltin qazib olish hajmiga bog`liq bo`lgan. Iqtisodiy yuksalish va pul massasi o`sishi muvofiq nisbatda ushlab turilmaganligi uchun narxlar tusha boshlaydi, deflatsiya vujudga keldi. Buyuk Depressiyaning sodir bo`lishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yangicha tizimni kashf qilishga undadi. Natijada, 1944-yili AQSH da dunyoning yetakchi mamlakatlari o`rtasida Bretton-Vud bitimi imzolandi, Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) tashkil etildi. Xalqaro savdo aloqalarida oltin o`rniga AQSH dollari ishlatila boshlandi, 1 unsiya oltin 35 $ qiymatida fiksirlab qo`yildi. Bu munosabatlarda aynan AQSH dollari tanlanishiga sabab, o`sha davrlarda mamlakat butun jahon oltin hajmining deyarli yarmiga egalik qilar edi. Bundan tashqari, II Jahon urushidan keyin ko`pgina qiyin ahvolga tushib qolgan Yevropa mamlakatlariga AQSH hukumati katta miqdorda qarzlar bera boshladi hamda mamlakatlardan ushbu pullarni AQSH bilan bo`ladigan savdo aloqalarida ishlatishlarini talab qildi(Marshall rejasi). Natijada bir tomondan Bretton-Vud bitimi, ikkinchi tomondan Marshal rejasi AQSH dollarini jahon valyutasi darajasiga olib chiqdi. Biroq Bretton-Vud tizimi 1971-yilgacha amal qildi, AQSH dagi inflatsiya va savdo balansidagi defitsit dollar qiymatiga zarar yetkazdi. Shu sababli AQSH qolgan mamlakatlardan, xususan Germaniya va Yaponiyadan o`z valyuta qiymatlarini dollarga nisbatan oshirishlarini qat`iy talab qildi, lekin ichki valyutaning dollarga nisbatan oshishi mamlakatlar eksport salohiyatini kamaytirib yuborishi sababli, ular bunday talabni amalga oshirishmadi. Bunday o`zgarish fiksirlangan dollardan voz kechilishiga olib keldi, dollar boshqa valyutalarga nisbatan o`zgaruvchan kursga ega bo`ldi. Hozirgi davrda ham aynan shunday o`zgaruvchan kurs amalda bo`lib turibdi, lekin mamlakatlar valyuta intervensiyasi siyosati orqali buni nazorat qilib borishmoqda.



Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish