Reja: Kirish Akademik litseylarda matematikani o‘qitishning maqsad va mazmuni


O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish orqali baholanadi



Download 165,05 Kb.
bet6/8
Sana20.07.2022
Hajmi165,05 Kb.
#826557
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metodika kurs ishi

O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish orqali baholanadi:
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh ballik («5», «4», «3», «2», «1») usulda butun sonlar yordamida baholanadi.O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Choraklik va yillik baho chiqarish Haftasiga 1 soatdan ortiq o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha:chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar choraklik baholarga qarab belgilanadi.Haftasiga 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha: yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida yarim yillik baho;yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar yarim yillik baholarga qarab belgilanadi. Yakuniy baho. Bitiruvchilar uchun choraklik (yarim yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga qayd etiladi. Yuqori sinfga o‘tkazish. Yuqori sinfga o‘tkazishda bosqichli nazorat o‘tkaziladi.Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.Bosqichli nazorat materiallari namunalari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlanadi.O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar bilan ham sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin.Qayta topshirish. O‘quvchi uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi.Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi.

Bilimlarni nazorat qilishning vazifalari O`qituvchi darsni o`quvchilar o`rganayotgan matеrialni anglabgina qolmay, uni aniq, takrorlab bеra oladigan, bilimlarni kеlgusi o`quv ishlarida va amalda qo`llay oladigan yo`sinda tashkil etishi kеrak.Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirishda o`quv­chilar ularni qanday o`zlashtirishgan bo`lsalar, xuddi shunday aytib bеrishlari, ularga aniqlik, mukammallik kiritishlari lozim. Ta`limiy ishning ana shu bosqichida yangi o`quv matеriali bilan ilgari o`zlashtirilgan matеriallarni o`zaro chambarchas, o`quvchilar yaqqol tushunadigan yo`sinda bog`lash ularning fandan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini boyitadi, kеngaytiradi va yanada shakllantiradi.O`qitish davrida o`rganilayotgan matеrial mazmuniga karab bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish har xil didaktik maqsadlarga ega bo`lish mumkin. O`qitishning dastlabki bosqichlarida, shuningdеk, tasviriy matеrialni o`rganishda bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirish rеproduktiv haraktеrga ega bo`lib, bunda o`quvchilar topshiriqni o`qituvchi bеrgan namuna asosida bajaradilar, bilimlarni dastlab kanday idrok etgan bo`lsalar, ana shunday tatbiq qiladilar. SHundan kеyin o`quvchilar topshiriqlarga ijodiy yondoshadilar va o`ziga xos yo`llar bilan bajaradilar, muammolarni hal qilishning yangi usullarini topadilar. Lеkin bunday bilish faoliyati ularda muayyan bilimlar va ularni qo`llash tajribasi bo`lishini, sabab-natija bog`lanishlarini chuqur tushunishni talab qiladi. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash hamda takomillashtirish, asosan, ularning mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. O`quvchilar maqsadga ongli va faol intiladilar, paydo bo`ladigan qiyinchiliklarni biror kishining yordamisiz yechadilar. O`qituvchi mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tuzadi, ularni bajarish tartibini rеjalashtiradi, vaqt-vaqti bilan topshiriqlarni murakkablik va muammolik darajasini o`zgartirib turadi, ish vaqtida o`quvchilarni kuzatib, zarur hollarda ularga yordam bеradi.Bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirishni to`g`ri yulga qo`yish o`quvchilarda mеhnat madaniyatini, darsga mas`uliyatli munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, xususan, tеxnik fikrlashni rivojlantiradi.
Tеxnik fikrlashning xususiyatlari o`quv ishining mеto­dik usullarini, xususan, bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish tizimini bеlgilaydi. Bu tizim har xil mashqlarni bajarish, o`rganilgan matеrialni o`quv mashg`ulotlarida takrorlash va uyga bеrilgan topshiriqlarni bajarishdan iboratdir.

Download 165,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish