Reja: Kirish Akademik litseylarda matematikani o‘qitishning maqsad va mazmuni


Zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarni fanning so’nngi kashfiyotlaridan xabardor qilib borish



Download 165,05 Kb.
bet3/8
Sana20.07.2022
Hajmi165,05 Kb.
#826557
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metodika kurs ishi

Zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarni fanning so’nngi kashfiyotlaridan xabardor qilib borish;


1.Akademik litseylarda matematikani o‘qitishning maqsad va mazmuni.
Hozirgi davrda jamiyatning ta’limga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmasi tub o‘zgarishlarga uchradi: har bir o‘quvchiga o‘zining qiziqish, qobiliyat va moyilliklarini e’tiborga olgan holda ta’limning aniq maqsadlariga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish nazarda tutilmoqda. Ijtimoiy buyurtmani ta’limning rivojlantiruvchi vazifalari zaminida amalga oshirish vositasi bo‘lib o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tizimi xizmat qilmoqda.O‘rta maxsus, kasbiy ta’limning maqsadi-o‘quvchilarni jadal intellektual rivojlantirish, ularga chuqur, ixtisosiy va tabaqalashtirilgan ta’lim berish, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqish, qobiliyat va moyilliklariga mos holda ixtisosliklarni egallashlariga erishishdan iborat.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar” (3;3.3.3). SHu tufayli akademiy litseylar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarida 5 ta yirik yo‘nalish qayd etilgan: aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy filologiya, san’atshunoslik.O`rta maxsus, kasbiy ta’lim ikki turdagi ta’lim muassasalarida, xususan akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida kunduzgi o‘qish shaklida amalga oshiriladi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.O‘rta maxsus, kasbiy ta’lim Davlat ta’lim standartlariga mos ta’limiy va kasbiy dasturni amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Umumta’lim maktablariga xos bo‘lgan matematika ta’limi maqsadlarini ta’lim, tarbiya, rivojlantirish va amaliy turlarga bo‘linishi kasbga yo‘naltirilgan maktablarda dixotomik bo‘linishga aylanadi: matematika ta’limining umumiy va maxsus maqsadlari farqlanadi. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan an’anaviy maqsadlarni umumlashtiruvchi umumiy maqsadlar o‘quvchilarni bilim va malakalarning muayyan umumta’lim darajasi bilan ta’minlash uchun qo‘yiladi, maxsus maqsadlar esa ta’limning yo‘naltirilishi xususiyatlari bilan belgilanadi.Ta’lim mazmunining har bir yo‘nalishi uchun matematika ta’limining umumiy xususiyatlariga erishish maqsadida barcha yo‘nalishlar uchun umumiy bo‘lgan, muayyan “asos”ni tashkil etuvchi bo‘limlarni qamrab olishi kerak. Bunday “asos”ning mundarijasi ta’lim mazmunini tanlashga doir asosiy didaktik va metodik prinsiplarga tayangan holda tuziladi. Masalan, bunday mezonlar matematik-metodist V.A. Oganesyan (85) tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda olim tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’limning didaktik prinsiplariga, ta’limni hayot va uning politexnik jihatdan yo‘naltirilganligiga tayangan.Matematik ta’limning prinsiplari va mexanizmini tanlashga zamonaviy yondashuvlar G.V. Dorofeev(50)ning maqolasida ifodalangan. Olimning maqolasida aniq bilimlar orasidan maqsadga yo‘naltirilgan va qo‘shimcha bilimlar guruhlari ajratib ko‘rsatilgan.Barcha mamlakatlar o‘quv rejalarida matematika etakchi o‘rinlardan birini egallagan bo‘lsa-da, ammo qiyoslaganda maktablarning matematika kurslari mazmunan xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Buni xorijiy pedagoglar ham tasdiqlaydi. Ularning fikricha, matematikaning umumiy hususiyatlariga qaramay, ayrim mamlakatlarda o‘rta maktabning matematika dasturlari hech qanday umumiylikka ega emas. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda matematika kursi faqat mazmuni bilangina emas, balki ularni bayon qilinishi bilan ham turlicha ekanligi ma’lum bo‘ldi. Fransuz pedagoglarining fikricha, ularning dasturlari boshqa qo‘shni mamlakatlar dasturlariga nisbatan keskin bo‘lmasa-da, ammo bilimlarga yuqori talab qo‘yiladi. Biz 22 ta rivojlangan mamlakatlar misolida islohotlardan oldingi matematika kurslari tahlilining chet el mutaxassislari tomonidan keltirilgan natijalari bilan tanishib chiqdik. Bizning dasturlardan muhim farq, masalan, ehtimolliklar nazariyasi, statistika va kombinatorikaning majburiy o‘rganilishidadir, fazoviy figuralarning hajmlari 7-sinfda boshlanadi, matematik induksiyani o‘rganish majburiy tarzda olib boriladi.Islohotlardan so‘ng aksariyat dasturlar jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. SHu bois, biz o‘z tadqiqotlarimizda zamonaviy chet el dasturlaridagi turli yo‘nalish bo‘yicha mazmun jihatdan umumiylikni topishnigina emas, balki ularning o‘zgarishini kuzatish, qaysi mavzu invariant bo‘lganini aniqlash, zamonaviy matematika fanining o‘tgan asrning 60-70-yillaridagi matematikadan og‘ib ketganiga qaramay, bugungi kundagi islohotlardan keyingi dasturlardagi yangi g‘oyalarni va ularning mazmunida, o‘qitish texnologiyalarida asosiy e’tibor qaysi tomonga siljishini aniqlashni maqsad qilib qo‘yganmiz. SHuni alohida ta’kidlaymizki, agar ishimizning 1-bobida chet el maktablari tajribalari kasbga yo‘naltirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, bu bobda bevosita matematik ta’lim mazmuni nuqtai nazaridan qarab chiqiladi.Yaponiya. Ilgari oliy o‘rta maktabda matematika “qisqa kurslar” sifatida tashkil etilgan edi. Asosiy kursni barcha o‘quvchilar o‘rganishgan. Akademik dasturlar uchun matematik analiz asoslari va ehtimolliklar nazariyasi, differensial va integral hisob standart hisoblangan. Statistika asoslari boshlang‘ich maktabdayoq o‘rganilgan. Tabiiy fanlar va matematikaga ixtisoslashuvga olib keluvchi tabiiy-ilmiy matematika dasturlarining tarkibiy qismlaridan biri “integratsiyalashgan matematika” edi. Dasturlar kompyuterlar uchun dasturlar tuzish tajribasini kiritish; ular bilan ishlash; shuningdek, natijalarni tahlil qilishni ko‘zda tutardi. Albatta, g‘arb mamlakatlaridagi “zamonaviy maktab”ning ta’siri Yaponiya maktablari dasturlarida aks etmay qolmadi. CHunonchi, asosiy matematika kursidagi eng birinchi bo‘lim to‘plamlar haqidagi bo‘lim edi. Uni o‘rganayotgan o‘quvchilar Morgan qonuni, ikkita to‘plam elementlari o‘rtasidagi munosabatlarni bilishi kerak edi. Bu material maktablarga 1989 yildan boshlab joriy etilgan matematika dasturlariga kiritilmadi.Yangi dasturlarning tarkibi o‘zgarmadi(132). O‘qitishning majburiy mavzulari: “Kvadrat funksiya”, “Figuralar va ularni o‘lchash”, “Kombinatorika” va “Ehtimolliklar”dir. Ikkinchi va uchinchi mavzular dasturlarning o‘zgarishiga nisbatan invariant bo‘lib qoldi. Ilgari kombinatorika majburiy mavzu sifatida o‘rganilmasdi. U, hattoki, qo‘shimcha bo‘lim sifatida ham qaralmagan va uni o‘rganish umuman ko‘zda tutilmagan. Mazkur mavzuning majburiy mavzu sifatida dasturga kiritilishi yapon pedagoglarining kombinatorik tafakkurni rivojlantirish zarur deb hisoblashi to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladi. Ixtiyoriy mavzu sifatida o‘rganilgan mantiq(logika) elementlari hozirgi vaqtda umuman dasturdan olib tashlangan. Bundan farqli o‘laroq, “Vektorlar va matritsalar” deb nomlangan va asosiy kursda ixtiyoriy hisoblangan mavzu zamonaviy dasturning “Matematika-S” bo‘limida yuqori darajada o‘rganiladi. Mazkur kurs ko‘proq texnika yo‘nalishi uchun moslashtirilgan bo‘lib, unda shuningdek, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va qutb koordinatalari o‘rganiladi. Amaliy hisoblashlar, tenglamalarning taqribiy echimlari, sonli integrallash alohida mavzu sifatida qaraladi.Maktabni zamonaviylashtirishning ta’limda informatikaning yangi imkoniyatlari va texnika vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlaridan biri dasturda “Kompyuter hisobi”, “Algoritmlar va kompyuterlar” kabi bo‘limlarning alohida kurslarga ajratilishi tariqasida aks etdi. Zamonaviylashtirishning boshqa yo‘nalishlari matematikani o‘qitishning amaliy jihatini kuchaytirish va uni o‘quvchilarda tafakkurning rivojlanishi bilan bog‘lashga bog‘liq. O‘rta maktabda katta hajmli mavzuga oid masalalarning har bir bo‘lim materialiga hamda sintezlashni taqozo etadigan maishiy va ishlab chiqarish mavzulariga tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishlar o‘quvchilarda mustaqil bilim olish ehtiyojini hamda taraqqiy etib borayotgan jamiyatga moslashish qobiliyatini shakllantirish maqsadiga bo‘ysundirilgan.Vengriyadagi akademik o‘rta maktab dasturi muayyan qiziqish uyg‘otadi, bu dasturning yaratilishidan avval 2000 yildan keyin matematik ta’lim muammolarini tadqiq etish bo‘yicha izchil tajriba ishlari olib borilgan. Asosiy e’tibor 4 yillik oliy maktab dasturiga qaratilgan bo‘lib, undagi o‘zgarishlar amaliy hayot talablariga javob beradi. Qiziqishimizni shu bilan izohlash mumkinki, xalqaro matematika olimpiadalarida umumjamoa hisobida vengriyalik o‘quvchilar yuqori o‘rinlarni olgan.SHunday qilib, ayrim chet el maktablari matematika o‘quv dasturlarini o‘rganish asosida matematikani o‘qitish mazmunini tanlash nuqtai nazardan xalqaro ahamiyatlilik mezonini ro‘yobga chiqarishda texnika yo‘nalishidagi akademik litseylar matematika kursi o‘quv dasturiga kombinatorika elementlari, ehtimolliklar va statistika nazariyasi, kompleks sonlar, koordinata va vektor metodlari kabi bo‘limlarni kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.Matematik ta’lim mazmunini zamonaviylashtirishning boshqa yo‘nalishi ta’limda informatikaning yangi imkoniyatlari va texnika vositalaridan foydalanishga bog‘liq. Kalkulyator va kompyuterlarning axborotni qayta ishlash hamda muammoni echish va tadqiq etish vositasi sifatida qo‘llanilishi ta’lim texnologiyasidagi asosiy qo‘llash sohalaridan biridir.Matematik ta’lim bo‘yicha o‘tkazilgan V Xalqaro Kongressda mikrokompyuterlar nima: “Mo‘‘jizami yoki tahdid?” degan savol muhokamaga qo‘yilgan bo‘lsa, matematik ta’lim bo‘yicha VI Xalqaro Kongressda mikrokalkulyator va kompyuterlarning keng tarqalishi alohida bo‘limlar roliga ortiqcha baho berishga, xususan, geometriya va matematik statistika rolining ortishiga olib kelishi e’tirof etildi Akademik Litseylarda va o'rta maktab o'quvchilarini o'qitishning murakkab mazmuni va usullari ulardan mustaqillikni, faoliyatni, tashkilotni, fikrlash usullarini va amaliyotlarini amalda qo'llash qobiliyatini talab qiladi. Fikrlash yanada chuqur, to'liq, ko'p qirrali va tobora mavhum bo'ladi; aqliy faoliyatning yangi usullari bilan tanishish jarayonida eski, avvalgi ta'lim bosqichlarida o'zlashtirilgan modernizatsiya qilinadi. Fikrlashning yuqori shakllarini o'zlashtirish intellektual faoliyatga bo'lgan ehtiyojni rivojlantirishga yordam beradi, natijada nazariyaning ahamiyatini va uni amalda qo'llash istagini tushunishga olib keladi.Katta yoshdagi maktab o'quvchilari uchun ta'limning ahamiyati, vazifalari, maqsadlari, mazmuni va usullari muhim ahamiyatga ega. Umum ta`lim maktab o'quvchisi birinchi navbatda aqliy faoliyatni qabul qilishning ahamiyatini tushunishga harakat qiladi, keyin esa, agar u haqiqatan ham muhim bo'lsa, uni egallashga harakat qiladi. Ta'limotning sabablari ham o'zgaradi, chunki ular o'rta maktab o'quvchisi uchun muhim hayotiy ma'noga ega.
Akademik Litseydagi va umum ta’lim maktab o'quvchilarining fikrlashdagi yetakchi ma'nosi mavhum fikrlashdir, lekin ma'lum bir fikrlashning ro`li hech qanday darajada pasaymaydi: umumiy ma'noga ega bo'lish, muayyan fikrlash texnik tasvirlar, Sxemalar, chizmalar va boshqalar shaklida ishlaydi, u umumiy tashuvchiga aylanadi va umuman, muayyan ifodani ifodalaydi. Mavhum va nazariy bilimlarni o'zlashtirish Akademik litsey va umum ta’lim maktab o'quvchilarining fikrlash jarayonining eng ko'p o'zgarishiga olib keladi. Fikrlash faoliyati umumlashma va abstraktsiyaning yuqori darajasi bilan ajralib turadi, talabalar atrofdagi dunyo hodisalari o'rtasidagi sabab–ta'sir munosabatlarini va boshqa narsalarni o'rnatishga, fikrlashning kiritikligini (eng yuqori chegarasi), hukmlarni tasdiqlash qobiliyatini namoyon etishga, bilim va ko'nikmalarni bir vaziyatdan boshqalarga ko'chirishga intiladi. O'quv materiallarini o'zlashtirish jarayonida umum ta`lim maktab o'quvchilari umumiy va o'ziga xos munosabatlarni mustaqil ravishda ochib berishga, muhim ahamiyatga ega bo'lishga, so'ngra ilmiy tushunchalarning ta'riflarini shakllantirishga intiladi.Akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi va Kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi asosida tegishli malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning malaka talablari Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. (18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son). Akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini jadallashtiradigan, muayyan bir yo‘nalishda kasbiy yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiradigan, ularning oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishini yoki mehnat faoliyatiga yo‘naltirishni nazarda tutgan sohasi hisoblanadi.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari kasbiy tavsifnoma asosida muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumini va pirovard maqsadlarini, o‘quv yuklamalari hajmini hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Download 165,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish