4.Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofislarining tuzilishi, asosiy vazifalarini o’rganish.
Bank buxgalteriya apparati Front-ofisi va Bek-ofisi sifatida tashkil etilgan. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofisi va Front-ofisiga bo֥‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofisi mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofisi mutaxassislari esa dastlab Front-ofisi xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
Front-ofisining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
2) mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shuningdek, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
3) mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
4) mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
Front-ofisi quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi korporativ bo‘lim.
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim.
3. Bankning ichki operatsiyalarini (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Bek-ofisi maxsus buxgalterlar guruhi bo‘lib, unga quyidagicha ta’rif berib o‘tiladi: “Bek-ofisi – Front-ofisi tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.”
Bek-ofisining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1) Front-ofisi tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish;
2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
3) hisobotlar tuzish.
Bek-ofisi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi.
2. Plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi.
3. Statistik ma’lumotlar bo‘limi.
4. Ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi.
5. Yakuniy nazorat bo‘limi.
Bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi:
1) bank yangi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazi (HKM) da ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o‘zlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”) vakillik hisobvarag‘ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlaydi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag‘i aylanma va qoldiq summalarining mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi;
2) HKM bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularning mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
3) HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so‘ng, bankga banklararo to‘lovlarni amalga oshirish uchun ruhsat beriladi;
4) filiallari mavjud bank filiallariga “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (“22204-Bosh bank-filiallarga to'lanadigan mablag’lar”) va filiallarda ochilgan (“16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar”) ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag‘i (16103) va “To‘lov markazi”da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag‘i o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo to‘lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o‘tib ishlashga ruhsat etilmaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa filiallararo va ichki to‘lovlar bank ish kuni davomida soat 18-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to‘lovlar bir bank mijozlari o‘rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o‘z mijozlaridan to‘lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki to‘lovlar qatoriga kassa amallari, to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o‘xshash amallar kiradi;
6) banklararo to‘lovlar bo‘yicha bank mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini bank ish kunining soat 16-00 ga qadar amalga oshirib soat 17-00 ga qadar HKMga yetkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo‘lmagan tashqi omillar mustasno;
7) HKM bankga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘g‘risida (bundan keyingi o‘rinlarda END fayl deb yuritiladi) ma’lumotni soat 17-20 da jo‘natadi, shundan so‘ng banklar o‘rtasida banklararo to‘lovlar to‘xtatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa, bank shu kunning o‘zida bank ish kuni yakunlangandan so‘ng, ya’ni soat 18-00 dan so‘ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo‘lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar.
Bankda ish kuni bank operatiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi.
“Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati bo‘lib, yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar hisoblanadi.”
Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
- balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans;
- balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
- oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek "Ko‘zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.
Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo'lsa, bank shu kunning o'zida bank ish kuni yakunlangandan so'ng, ya'ni soat 18-00 dan so'ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo'lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo'natadilar.
Bankda ish kuni bank operatiyalari buxgalteriya hisobotida to'liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so'ng yakunlanadi.
“Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro'yxati bo'lib, yordamchi kitob – bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag'lar turi va qimmatliklar bo'yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar hisoblanadi.”
Yordamchi kitobdagi ma'lumotlar bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma'lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
- balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans;
- balans hisobvaraqlari bo'yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
- oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
Bosh buxgalterning xohishiga ko'ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek "Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari bo'yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.
Kassa jurnallari dasturiy yo'l bilan kassa kirimi va chiqimi bo'yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo'yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so'ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma'lumotlarini bosh kitob ma'lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig'majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
Har kuni dasturiy yo'l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to'g'risidagi jamlanma ma'lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo'yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko'rsatiladi.
Bosh va yordamchi kitoblarni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
-shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o'tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to'g'ri o'tkazilganligi tekshiriladi.
-shaxsiy hisobvaraqlar aylanmalardagi har bir debet va kredit bo'yicha yozuvlar summalarini bankning o'zi rasmiylashtirgan pul hisob-kitob hujjatlari va boshqa banklardan kelgan elektron to'lov hujjatlaridagi summalari bilan birma-bir solishtirish orqali tekshiriladi.
-shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o'tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi.
XULOSA Bugungi kunda har bir sohada muvaffaqiyatning asosiy kalitlaridan biri bu – shubhasiz inson omildir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda faoliyatda personalni to’g’ri tashkil etish va oqilona boshqarish barcha korxona va tashkilotlarning, xususan tijorat banklarining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. O’Izbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me‘yoriy qonun hujjatlari qabul qilingan.
Shulardan,
―Mehnat kodeksi‖,
―Ta‘lim to’g’risida‖gi,
―Aholini ish bilan ta‘minlash to’g’risida‖gi Qonunlari,
―Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to’g’risida‖gi Prezident Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Samarali mehnat tizimiga erishishda ilk bora xodimlarning malakaviy darajasi tahlil etiladi Samarali faoliyat ko’rsatish tizimi dasturi bank faoliyatida qatnashuvchi barcha kadrlarni qamrab oladi. Tijorat banklarida personalni o‘qitishga ehtiyoj mavjud bo‘lib, unga xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kiradi. Menejment usullarini respublikamiz tijorat banklari kadrlari ular salohiyatini boshqarish jarayonlariga tatbiq etish va buning asosida bank xodimlari faoliyatining samaradorligiga erishish bugungi kunda bank sohasidagi dolzarb masalalardan biridir. O’rganilgan mavzuning dolzarbligi nuqtai nazaridan quyidagi xulosalar kelindi: BMIning natijalari asosida quyidagi asosiy xulosalar va amaliyotda foydalanish bo‘yicha quydagilarni tavsiya etamiz: