Bugungi kunda biz talaba yoshlarning oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri yuqori malakali kadrlar bo'lib yetishish shuningdek kasbimizni puxta egallash chuqur bilimga ega bo'lish va bu asosida fan rivojiga munosib hissa qo'shishdir.
Organizmlarda uchraydigan xromasomalarning kariotiplarini va morfologik tuzulishini o'rganish hamda ularning sitologik va genetik xaritalarini tuzib chiqish hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Xromasoma tushunchasi va uning kashf etilishi. Xromasomalar ularDNK molekulasi va unga bog'langan oqsillardan tashkil topgan tuzilmalardir. Ular eukariot hujayralar yadrosida joylashib genetik materialning katta qismini o'z ichiga oladi.