Kredit uyushmalari AQSH misolida
Kredit uyushmalari – mayda kooperativ ssuda tashkiloti bo‘lib, alohida guruh shaxslari atrofida umumiy majburiyatlar bilan tashkil etilgan (alohida firmalar xodimlari yoki kasaba uyushmasi a’zolari). Kredit uyushmalari soliqqa tortilmaydigan va shtat organlari va Federal hukumat tomonidan litsenziyalanishi mumkin bo‘lgn yagona moliyaviy tashkilot. Shu bilan birga yarimidan ko‘p kredit tashkilotlari Federal hukumat tomonidan lisenziyalanadi. Kredit tashkilotlarining milliy boshqarmasi (KTMB) federal litsenziya beradi va federal darajada ro‘yxatdan o‘tgan kredit uyushmalariga minimal kapital talablarini o‘rnatish, doimiy hisobotlarini tekshirish va kredit uyushmalarini doimiy tekshiruvlarni amalga oshirish orqali kredit uyushmalarining faoliyatini boshqaradi. KTMBning sho‘ba tashkiloti-kredit uyushmalari ulushlarining sug‘urtalash milliy fondi (KUUSMF) depozitlarni federal sug‘urtalash (bitta hisobraqamga 250 ming dollarlik limit doirasida) federal organ tomonidan va shtat hukumati tominidan litsenziyalangan uyushmalar tomonidan taqdim etiladi. Ko‘plab kredit uyushmalari asosan qisqa muddatli iste’mol ssudalarini taqdim etishadi, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyasi va o‘zaro jamg‘arma banklari singari qiyinchiliklarini sezishmaydi.
Kredit uyushmalarining a’zolari jami majburiyatlarini o‘zaro taqsimlanishadi, odatda ular katta emas va ularning aktivlari 10 mln.dollardan oshmaydi. Bundan tashqari, ma’lum bir tarmoq yoki kompaniyalar bilan uzviy bog‘liqlik kredit uyushmalarining inqirozi ehtimoli ko‘plab ishlaydigan tarmoq va kompaniyalar ssudalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa oshadi. Oxirgi regulyativ o‘zgarishlar xususiy kredit uyushmalarining turli iste’molchilar guruhlarini majburiyatlarini yumshoqroq talablari asosida xizmat ko‘rsatish kredit uyushmalarining sonini ortishi va ularning inqirozi ehtimolini kamaytirdi.
Tez-tez kredit uyushmalarining aksionerlari ko‘p shtatlar ba’zan butun dunyo bo‘yicha tarqalgan, shuning uchun federal darajada litsenziyalan kredit kredit uyushmalarining filiallarini turli shtat va mamlakatlarda ochishga ruxsat etiladi. Masalan, Navy Federal Credit Union aksiyadorlari Harbiy-daryo floti va AQSH Daryo korpusi a’zolari butun dunyo bo‘yicha filialga ega. 3
Kredit uyushmalarida boshqaruvning yuqori organi bo‘lib uning a’zolarining umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marotaba, moliyaviy yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. Kredit uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilinadi. Kredit uyushmasining har bir a’zosi, ustav fondidagi pay badali miqdoridan qat’i nazar, umumiy yig‘ilish tomonidan qaror qabo‘l qilish paytida bir ovoz huquqiga egadir
Jamg‘arma tashkilotlari (ssuda-jamg‘arma assotsiayasi, o‘zaro jamg‘arma banklari va kredit uyushmalari) sanoati strukturasi va boshqarish tizimi tijorat banklari tizimi bilan ko‘pgina umumiy jihatlarga egaligi hayratlanarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |