Reja: Kirish. 1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi


-bob. Farg’ona vodiysining iqlim sharoiti



Download 115,52 Kb.
bet4/7
Sana24.06.2022
Hajmi115,52 Kb.
#698232
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Farg‘оna vоdiysi iqlimi kurs ishi, зияев Д

2-bob. Farg’ona vodiysining iqlim sharoiti.
1. Iqlimi va uni asosiy xususiyatlari hamda iqlimi xosil qiluvchi omillar tavsifi
Vodiy hududisining geografik o‘rni, uniig Yevroosiyo materigining ichki qismida joylashganligi, hamda quyosh radiaqiya-si, er yuzasining tuzilishi va atmosfera qirkulyaqiyasiga bog’liq holda unda issiq, quruq va uzoq yoz, yumshoq va qisqa qish, yog’inlar asosan bahor va qish vaqtida bo‘ladigan subtropik iqlimning kontinental tipi shakllangan.
Faroqada yil davomida quyoshli kunlar ko‘p bo‘lib, yozda quyosh ufqdan ancha baland ko‘tariladi. Masalan, 22 iyunda Farona shahrida quyosh ufqdan 73 gr., Shohimardon esa 74 gr. baland ko‘tariladi. Quyosh nur sochib turadigan davr ham ancha uzoq davom etib, vodiyning hamma rayonlarida o‘rta hisobda 2600—2800 soatga to‘g’ri keladi. Quyosh ufqdan baland ko‘tarilganligi va quyoshli kunlar ko‘p bo‘lganligi sababli vodiy hududi quyosh radiatsiyasini ko‘p oladi (1-jadval). Faronada gorizontal maydonning har kvadrat santimetri yil davomida 145 kilokaloriya issiqlik qabul qiladi. Uning 58 kilokaloriyaga yaqin qismi yozga, 16 kilokaloriyasi qish oylariga to‘g’ri keladi. Demak, yozda qishdagiga nisbatan 4 marta ko‘p issiqlik tushadi.
Qishda kuyosh radiasiyasi susayganligidan vodiyga kirib kelgan xar bir havo massasi temperaturani, umuman ob-havoni tez o‘zgar-tira oladi. Bundan tashqari, noyabrning o‘rtasidan to fevral oyining o‘rtasigacha erning nur sochish yo‘li bilan yo‘qotadigan issiqligi unga quyoshdan keladigan issiqlikdan oshib ketishi ham qish oylarining birmuncha sovuq bo‘lishiga mahlum darajada, sabablidir. Xavo massalarining almashinib turishi muhim o‘rin tutadi. Sovuq faslda mo‘htadil mintaqaning kontineptal havo massalari territoriyani qoplab olib qikloiik harakatlarni kuchaytiradi. Buning natijasida sovuq faslning ob-havosi o‘zgaruvchan, yog’inli va sovuq bo‘ladi. Iliq davrda kontinental tropik havosi hududini egallab olib past bosimli oblasini hosil qiladi. Boshqa o‘lkalardan kelgan havolar xam bu davrda tezda o‘zgaradi, havo ochiq, yoginsiz, issiq va quruq antitsiklon ob-havosi kuzatiladi.
Iqlimning tashkil topishida vodiyning relefi katta tahsir ko‘rsatadi. Relef xususiyatlari va er yuzasining turli balandlikda joylashganligi vodiyning ayrim rayonlari o‘rtasidagi iqlimda farqlar, ayniqsa issiqlik va namlikni tarqalishida yaqqol ko‘rinadi. Eng katta farq vodiyning tekislik va tog’lik rayonlari o‘rtasida mavjuddir.
Vodiyning g’arb tomoni ochiq bo‘lganligidan shu tomondan havo massalari kirib keladi. Baland tog’lar havo massalarini tutib kolib, tog’larda ko‘proq yog’in yog’ishiga sabab bo‘ladi. Tog’larda bu-lutli yog’inli kunlar ko‘proq bo‘ladi, qish uzoq davom etadi, qor ko‘p yogadi va er betini uzoq qoplab yotadi, yoz qisqa va salqin bo‘ladi. Shu bilan birga tekislik iqlimidagi kontinentallik va qurshqchilik tog’ iqlimi uchun ham xosdir.
Vodiyning iqlim sharoitiga insonping xo‘jalik faoliyati ham tahsir ko‘rsatadi. Ayniqsa- katta maydoilarni egallagan sug’oriladigan vohalarning bo‘lishi yozgi maksimal harorat ancha pasaytira-di, pisbiy namlikni oshiradi, garmsellar kuchini ozaytiradi. o‘rtacha yillik harorat tekisliklarda 13—14 gr., tog’larda 9—10 gd. bo‘ladi. Viloyatda eng sovuq oy yanvardir. Tog’lardan esadigan sovuq havo qishda vodiyning markaziy qismida to‘plaiib qoladi, natijada yanvarning o‘rtacha haroragi—Z gr.S bo‘ladi. Bahzi yillari shimol va shimoli sharqdan sovuq havo massasi esib, vodiyning g’arbiy qismidagi past tog’lardan oshib o‘tadi va uning haroratini pasaytirib gaboradi. Ana shunday paytlarda viloyatda mipimal harorat pasayib —30 gr. ga tushadi. Havoning isnil iyulgacha davom etadi va avgustdan yanvargacha havo harorati pasayib boradi. (2-jadval). Eng yuqori harorat Kirovda (plyus46 gr.S) eng past harorat Fedchenko va Shohimardonda ( -30 gr.S) kuzatilgan. Tekisliklarda yillik o‘rtacha harorazchshng amplitudasi (tebranishining) bu qadar kattaligi ko‘proq yozgi yuqori harorat hisobiga bo‘ladi. Sovuq bo‘lmaydigan davr tekisliklarda o‘rta hisobda 200—230 kun, tog’larda esa 190 kun davom etadi. Shu davrdagi musbat haroratning yig’indisi 3800-50000 ga boradi (3-jadval). Viloyatimiz hududi okinlarga ancha zarar etkazadigan bahorgi va kuzgi sovuqlar bo‘lib turadi. Bahorgi sovuqlar (oxirgisi martning oxirida) ko‘pincha sovuq havo massalarining bostirib kirganida, kuzgi sovuqlar (oktyabrning o‘rtalarida) esa sovuq havo massalari o‘tib ketgandan keyin, ochiq havoli kechalarda kuzatiladi.
Havoning nisbiy namligi tekislik va tog’larda bir xil emas. Havonin1g o‘rtacha yillik nisbiy namligi kunduzi soat 13 da tekis-liklarda 55 foiz, tog’larda 45 foiz, Ertalab nisbiy namlik tekisliklarda 75—80 foizga, tog’larda esa 60 foizga orta-di. Kish oylarida harorat pasayishi va yog’ingarchilik ko‘p bo‘lishya natin;asida nisbiy namlik birmuncha ortadi. Tekisliklarda yanvar» da kunduzi nisbiy namlik 70 foiz atrofida bo‘ladi. Tog’lqrda nisbiy namlik kam—50—55 foiz. Bahorning o‘rtalaridan to igolgacha nisbiy namlik tekislShglarga nisbatan tog’larda goqori bo‘ladi. Aprel oyida nisbiy namlik tekisliklarqa 40—45 foiz, tog’larda 55 — 60 foiz. May oylaridan. boshlab nisbiy namlik kamaya boshlaydi. Nisbiy namlik 30 foiz past bo‘lgan havo quruq hisoblanadi. May va iyung’ oylarida nisbiy namlik tekisliklarda 30-35 fonz, tog’larda 40—45 foizga etadi.
Iyul oyida tekislik va tog’larda nisbiy namlik deyarli tenglashadi (30—40 foiz). Bunga kunduzi quruq va issiq vodiy shamolining esishi sabab bo‘ladi. YOzning ikkinchi yarmida (avgust— sentyabr) tekisliklarda nisbiy namlik 37—45 foizga ko‘tarilsa, tog’larda nisbiy namlik 25—27 foizga kamayadi. Oktyabr va noyabr oylarida kunduzi nisbiy namlik orta boshlaydi (40—50 foiz). Bu ortish tekisliklarda tog’larga nisbatan tezroq yuz beradi.Bulutlilik vodiyning g’arbidan sharqqa tomon ko‘payib boradi. Nishda bulutlik 65 — 70 foiz, bahorda 55 — 70 foiz, yozda !o—40 foiz, kuzda 25—56 foizga boradi. Qish faslida. ko‘prok qatlam bulutlar, iliq faslda esa to‘p-to‘p bulutlar kuzatiladi, Viloyatning g’arbiy qismida tumanli kunlar 20, sharqiy qismida esa, ayniqsa YOzyovon atrofida 29 kunga boradi. G’arbda tez-tez bo‘lib turadigan shamollar tuman tushishiga to‘sqinlik qiladi.

Download 115,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish