Past chastotali tóǵrilovchi diodlar ( PCh diodlar ) sanoat chastotasidagi (50 Gs ) ózgaruvchan toki ózgarmasga ógirishda qóllaniladi. PCh diodlariga qóyiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bólgan tóǵrilangan toklar olish. Tóǵrilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bólgan tóǵirlangan toklarga móljallangan kichik, órta va katta quvvatli diodlarga bólinadi. PCh diodlari katta r-n ótish bilan xarakterlanadilar.
Yuqori chastotali tóǵirlovchi diodlar (YuCh diodlar) ón va yuz megagers chastotagacha bólgan signallarni nochiziqli elektr ózgartirgishga móljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota ózgartirgich sxemalar va boshqalardan qóllaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bólgan nuqtaviy r-n ótishga ega va shu sababli ularning tósiq siǵimi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.
Shottki tósiǵli diodlar kuchlanish manbai qayta ulagichlarida keng tarqalgan, chunki ular qayta ulanish ishchi chastotasini 100 kGs va undan yuqoriga orttirishga, radioelektron apparatura óǵirligi, ólchamlarini kichraytirishga va kuchlanish manbai FIK oshirishga imkon yaratadilar. Shottki tósiǵi metallni yarim ótkazgich bilan kintakti natiyjasida hocil qilinadi. Yarim ótkazgich material sifatida kóp hollarda n-turdagi kremniy, metall sifatida esa Al, Au,Mo va boshqalar qóllaniladi. Bu vaqtda metall chiqish ishi kremniy chiqish ishidan katta bólishi talab qilinadi. Bunday diodlarda diffuziya siǵimi nolga teng, tósiq siǵimi esa 1 pF dan oshmaydi.
Stabilitronlar
Stabilitron – yarim ótkazgichli diod bólib, uning ishlash prinsipi r-n ótishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bólmagan ózgarishga olib kelishiga asoslangan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi. Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasidan joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan r-n ótishga boǵliq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega bólgan yarim ótkazgich qóllanilsa, u holda r-n ótish tor bóladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi. Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n ótishga ega bólishi kerak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda kóchkisimon teshilish sodir bóladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha bólgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bólgan stabilitronlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |