Endoekologik kasalliklar.
Tashqi muhit – havo, suv, tuproq va boshqa narsalarni zararlanishi odam organizmining ichki muhiti (гомеостазис) ni buzilishiga, ya`ni endoekologik deb nomlangan kasalliklarni vujudga kelishiga sabab bo`layapti. Jumladan,
Avtotransportdan ajratiladigan chiqindi gaz tarkibida 100 dan ko`proq zaharli kimyoviy moddalar bo`lib, ular havo tarkibida nafas a`zolariga kirib, yallig`lanish va allergik kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo`layapti.
Shular jumlasidan:
1. Allergik (vazomotor) rinit;
2. Allergik bronxit;
3. Bronxial astma (nafas qisish);
4. Allergik alveolit;
5. O`pkaning surunkali kechadigan interstitsial – fibroz kasalligi;
6. O`pka raki;
7. O`pka sili.
8. Shuningdek, allergik dermatit – terini qizarishi, qichishi, yaralanishi kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |