Reja: Kimyo o’qitish usullari



Download 49 Kb.
bet4/5
Sana25.09.2021
Hajmi49 Kb.
#185177
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo o’qitish usullari, vositalarni tanlash va qo’llash qoidalari

O’quv axborotini berish va qabul qilish bo’yicha.

Usullar:

a) og‘zaki bayon qilish (hikoya, suhbat, lektsiya)

b) ko’rsatmali (illyustratsiya, demonstratsiyalar)

v) amaliy tajribalar (mashqlar, unumli o’quv mehnati).

O’quv materialini mantiqiy tuzilishiga ko’ra bayon qilish va qabul qilish.

Usullar:


a) induktiv

b) deduktiv



O’quvchilar tafakkurining bilimlarini egallashdagi mustaqil fikrlar darajasiga ko’ra.

Usullar:

a) reproduktiv

b) muammoli-izlanish



O’quv ishini boshqarish darajasiga ko’ra.

Usullar:

a) o’qituvchi rahbarligidagi o’quv ishi

b) o’quvchilarning mustaqil ishlari (kitob ustida ishlash, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mehnat topshiriqlarini bajarish)



O’qishga qiziqishni taqdirlash.

Usullar:

a) bilishga doir o’yinlar

b) o’quv munozaralari

v) emonatsional-ma’naviy holatlar yaratish

Burch va ma’suliyatni taqdirlash.

Usullar:

a) o’qishning ahamiyatiga ishonch hosil qildirish

b) talablar qo’yish

v) talablarni bajarishdagi mashqlar

g) rag‘batlantirish va tanbeh.

Dars vaqtida o’quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni tarbiyalash ham lozim. Tarbiyaviy usullar ham guruxlarga bo’lingan:

Shaxc ongini shakllantiruvchi usullar (suhbat, lektsiya, munozara, namuna ko’rsatish).

Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq tajribasini shakllantiruvchi usullar (pedagogik talablar, jamoat fikri, odatlantirish, mashq, tarbiyalovchi mashqlar yaratish).

Xulq va faoliyatni taqdirlovchi usullar (musobaqa, rag‘batlantirish, jazolash).



Og‘zaki bayon etish.

Kimyoni o’rganishda o’quvchilarning ozlari qiladigan ishlari katta ahamiyatga ega, chunki o’quvchilarda muhim amaliy o’quv va malakalar hosil qilinadi. Ammo butunlay ongli, ravshan, sistemali va puxta bilim olish uchun mustaqil ishning ozi kifoya qilmaydi.

O’qituvchining jonli sozi bo’lmasa, tayyor bilimlar bayon etilib turmasa, normal tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonining bo’lishi mutlaqo mumkin emas.

Kimyo darslarida bayon etish usullaridan:

1. hikoya (sozlab berish)

2. lektsiya

3. suhbat

4. ekskursiyadan foydalaniladi.

qaysi birini qo’llanilishi o’quv materialining mazmuniga va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq.

Mabodo o’quvchilar ayni material tug‘risida hech narsa bilmasalar, yoki juda oz bilsalar o’qituvchi sozlab berish yoki lektsiya usulidan foydalaniladi: past sinflarda bilimi ozroq bo’lgani uchun sozlab beriladi, yuqori sinflarda esa sozlab berish usuli bilan birgalikda lektsiya usuli qo’llaniladi. Ikkala usul ham asosan o’quvchilarga ular uchun ham noma’lum narsa berish kerak bo’lganda ishlatiladi.

Agar o’quvchilar ayni material tug‘risida ancha ma’lumotga ega bo’lsalar, unda sozlab berish hamda lektsiya usullaridan foydalanishi o’quvchilarning qizikishini, maqsadga intiluvchanligini, faolligini va, demak, bilimlarining sifatini pasaytiradi. Bunday hollarda o’qituvchi suhbat usulidan foydalaniladi. Nihoyat, o’qituvchining vazifasining ob’ektlari bilan tanishtirish bo’lsa, u holda eng yaxshi o’quv vositasi ekskursiyadan foydalaniladi.

S’Hunday qilib o’quv materialini bayon etish usullarini bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ular uchun umumiy bulgan ko’p narsa bor. Ammo bu usullarning har biri oziga ma’lum darajada xos xususiyatiga ega.

O’quv materialini darsda bayon etishda usullarning hammasidan foydalanishga imkon beradi. Bu narsa nihoyatda muhimdir.

Sozlab berish va lektsiya.

Sozlab berish va lektsiyada juda ko’p umumiylik bor. Bu ikkala usulda ham bilim beradigan asosiy manba o’quvchidir. O’qituvchi darsda o’quvchilarga fan asoslarini ochib beradi, o’quvchilar esa o’qituvchi sozini tinglaydi holos.

Sozlab berish va lektsiya jarayonida o’qituvchining vazifasi - o’quvchilarning fikrini imkoni boricha kuzatishdan iborat bo’ladi. Bu usullarning hamma "siri" o’quvchilarni:

qanday qilib qiziqtirish;

bu qiziqishni qanday qilib oshirish;

bayon etiladigan materialini butun o’qitish sistemasining qanday qilib uzviy qismi qilish mumkinligidan iborat.

Sozlab berish va lektsiyaga o’qituvchi yaxshilab tayyorgarlik ko’radi - eng qiziqarli material tanlab olinadi, ko’rgazmali qurollar, jadvallar, sxema, roznoma, oynoma, adabiyot, kinofilm konkret faktlarga asoslangan holda sozlashga tushadi.

Bayon etishga qo’yilgan talablar:

aniqliq - bayon etish muammosining o’quvchilar oldiga aniq qilib qo’yish;

ochiq-oydin, jonli sozlab berish;

hilma-hil usullardan foydalanish tajriba ko’rsatish, rasm, sxemani tushuntirib berish;

doskaga reaktsiya tenglamalarini yozish va hokazo.

Uzoq vaqt davomida sozlab berish o’quvchini charchatib qo’yadi, u yangi materialni idrok etishi juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun uzoq vaqt davomida o’quvchilarning idrok etish qobiliyatini sekin-asta o’stiriladi.

Kimyo kursining boshida o’qituvchi materialni qisqacha sozlab berish bilan kifoyalanadi. Keyin esa sozlab berishini ancha murakkablashtiradi. IX sinfda lektsiyaga tayyorgarlik ko’rilib, o’quv materialini darsning ancha ko’p qismi lektsiya usulida olib boriladi.

Sozlab berish dars davomida to’xtalib boshqa usuldan foydalanishga imkon beradi: mustaqil ishlash, laboratoriya ishlari va hokazo.

Lektsiya esa dars davomida ozilmaydi va 20-25 daqiqa davomida o’qiladi. Maktabdagi lektsiya darsida o’quvchilarning dars ozlashtirishi tekshiriladi.



Suhbat.

Suhbatning xususiyati shuki, yangi bilimlar olish jarayonida o’quvchilarni ham ma’lum darajada jalb qiladi. O’kuvchilarda tasavvurlar zaxirasi qancha ko’p bulsa, suhbat shuncha mazmunli, qizik o’tadi.

Suhbat o’tkazish sozlab berish va lektsiyaga qaraganda qiyinrok o’tadi, chunki suhbatda butun sinf faol ishtirok etadi. Suhbat vaqtida sinfni boshqarib borish - suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi garovidir. Shunda 2 printsipga rioya qilish kerak:

Suhbatni butun sinf bilan o’tkazish;

Suhbat davomida butun sinfni boshqarish.

Sinfni boshqarish - bu:

butun sinfga savol bermoq;

savolni o’ylab ko’rishga imkoniyat tug‘dirish;

bitta o’quvchi javob berganda, boshqalar diqqat bilan eshitmog‘i lozim; zarur bo’lganda javobni tuzatish va qo’shimchalar kirgizish uchun o’tirgan o’quvchilarni chaqirish;

suhbat oldindan tayyorlangan rejaga asoslanib olib borilishi.

Suhbat o’quvchilarning aktivlashtirishi, ularning fikrlash qobiliyatini uyg‘otish kerak. Shuning uchun suhbat vaqtida kimyoviy tajriba, sxema, jadval xar xil ko’rsatma vositalardan foydalanish kerak.

Suhbat vaqtida vaqt juda tez o’tadi va o’qituvchi oz vaqtini tejash maqsadida suhbat o’tkazish rejasini, beradigan savollarini oldindan belgilashi kerak.

O’qitish va tarbiyalash vositalari o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida foydalanadigan material ob’ektlarning sistemasidir. O’qitish vositalari uchta katta guruxga bo’linadi-

O’qituvchilar uchun qo’llanmalar

Maktab kimyoviy kabinetining jixozlari

Kimyo darsliklari.

O’qituvchilar uchun qo’llanmalarda kimyo o’qitish jarayenida tushunchalar xosil qilish moxiyati, tasavvur va tushunchalar xosil qilish yo’llari, tushunchalarni mantiqiy taxlil qilish va ularni xosil qilish bosqichlari oydinlashtirib beriladi. Kimyo o’qituvchilari uchun xamma vaqt kerak bo’ladigan qo’llanma-xar ikki oyda nashr etiladigan Ximiya v shkole , Xalq ta’limi jurnallaridir.

Maktab kimyo kabineti- kimyo fanini effektiv o’qitishga yerdam beradigan o’quv jixozlari, asbob-reaktivlar bilan ta’minlangan maxsus xonadir. Xamma o’qitish vositalari kabi maktab kimyoviy kabineti o’quvchilarni o’qitish , tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.



Kimyoviy kabinetga bo’lgan talablar:

Ilmiy-metodik: kimyoviy kabinet kimyo fanining mazmuni, didaktika, psixologiya, tarbiyalash nazariya talablariga javob berishi kerak.

Ergonomik, gigiyenik va texnik xavsizligini ta’minlash kerak.

Texnik, texnologik va iqtisodiy. Ishlatiladigan asbob va jixozlar sodda, arzon, uzoq vaqt davomiga chidaydigan materiallardan bo’lishi kerak.

Maxsus. Kimyo fanini o’qitishda oziga xos bo’lgan vositalardan foydalanish uchun maxsus o’quv qurollari.

O’quv jixozlarining sistemasi:

Tabiiy ob’ektlar: reaktivlar, idishlar, asboblar, minerallar, metallar to’plami va boshq.

Tabiiy ob’ektlarning tasviri: modellar, maketlar, ekran vositalari.

Jadval va sxemalar.

O’qitishning texnik vositalari: kinofilm, diafilm, diapozitiv, kodotransparant, audio-, videoyezuvlari, o’qitish programmalari, kompyuterlar.

O’qituvchi darsga tayergarlik ko’rishda maxsus laborant xona yerdam beradi. Bu xona o’qituvchi va laborantning ish joyi bo’lib, u yerga o’quvchilarni kirishi taqiqlangan. Laborant xonada tarqatuvchi reaktivlar, o’qituvchining kutubxonasi, kartoteka va o’quvchilarning daftarlari turadi. Bundan tashqari maxsus seyfda uchuvchan va zaxarli moddalar saqlanadi.

Kimyo darsliklari ma’lum tartibda, kimyo fanini ozlashtirish jarayenida materialning o’quvchilarga sekin-asta qiyinlashib borishi nazarda tutilib tuziladi. Darslikda mavzuning bayen etilishi o’qitishning faol usullaridan foydalanishga, o’qituvchi raxbarligi ostida tarbiyalovchi ta’lim jarayenini amalga oshirishga imkon beradi. Darslikning xar qaysi bobi oxirida berilgan, maxsus tanlab olingan mashq va masalalar ta’lim-tarbiya jixatidan katta axamiyatga ega.




Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish