Reja: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish. O‘rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo‘ljalga olishga o‘rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish


O‘rta guruhda bolalarni fazodada mo‘ljalga olishga o‘rgatish



Download 108,23 Kb.
bet3/8
Sana21.05.2022
Hajmi108,23 Kb.
#606226
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish

O‘rta guruhda bolalarni fazodada mo‘ljalga olishga o‘rgatish
Tevarak- atrofda fazoda mo‘ljal olish. Narsalarni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga qarab terish ko‘nikmasini mustahkamlash.
U yoki bu predmetning o‘ziga nisbatan joylashuvini so‘z bilan ifodalashni o‘rgatish (oldimda - stol, orqamda – shkaf, pastda – pol, yuqorida – ship, o‘ng tomonimda – deraza, chap tomonimda - eshik, shkaf – uzoqda, stul - yaqinda ).
Bolalarga berilgan yo‘nalishda (oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga) harakat qilishni o‘rgatish.
Tevarak- atrofda fazoda mo‘ljal olish bo‘yicha ishlash bir necha yo‘nalishda o‘tkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqil bo‘lib qolishadi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o‘rnatilgan tartibga amal qilishadi. Urta guruhda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o‘rgatiladi, o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashg‘ulotga tayyorlash o‘rgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o‘quv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Bolalar endi binoda va bolalar bog‘chasi uchastkasida erkinroq mo‘ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, tibbiyot xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning hammasi atrofni o‘rab olg‘an fazoda katta qiziqish bilan mo‘ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yo‘nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o‘qishdan tashqari vaqtda ham keng joriy qilinadi.
O‘rta guruhda o‘quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni o‘yinlarda, dasturning boshqa bo‘limlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda har xil hayotiy situatsiyalarda qo‘llashga o‘rgatadi. «Bolajon» dasturining «Tevarak- atrofda mo‘ljal olish bo‘limiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o‘ziga nisbatan yo‘nalishni aniqlashni, berilgan yo‘nalishda harakat qilishni (oldiga—orqaga, yuqoriga—pastga, o‘ngga—chapga), o‘ziga nisbatan buyumlarning holatini so‘zlar bilan tushuntiradi.
Ammo oldin bolaga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda turgan, ya’ni oldida—orqasida, o‘ngda—chapda turgan 1—2 ta o‘yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlash-ga doir topshiriq beriladi. O‘yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta-sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o‘z oldida, chapida va o‘ngida qanday buyumlar turganini aytadi. Shundan keyin tarbiyachi boladan o‘ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo‘nalishda turganligini aytishni so‘raydi.
Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling-chi, nima o‘zgaribdi?” tipidagi) mo‘ljal olishga doir mashqlar o‘yin xarakteriga ega bo‘lishi kerak.

Download 108,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish