Reja: Kichik guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish. O‘rta guruhda bolalarni vaqt va fazodada mo‘ljalga olishga o‘rgatish. Katta guruhda bolalarni vaqt va fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish


Tayyorlov guruhda bolalarni fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish



Download 111,38 Kb.
bet7/8
Sana01.06.2022
Hajmi111,38 Kb.
#625382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish

Tayyorlov guruhda bolalarni fazoda mo‘ljalga olishga o‘rgatish
Tevarak-atrofda mo‘ljal olish. Bolalarni qog‘oz varag‘i sathida predmetlarning qanday joylashganligini (chaproq, o‘ngroq, o‘rtasida, yuqoriroq, pastroq aniqlashga) o‘rgatish.
Daftar sathini aniqlash va shakllarni shtrixlar orqali chizishni mashq qilish. Bolalarga predmetlarni pol, qattiq qog‘oz, daftar varag‘i ustiga joylashni mashq qildirish. Tevarak atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlar.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo‘nalishida ularniig o‘zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o‘zi orasidagi fazoviy munosabatlarda, shuningdek, qog‘oz varag‘ida (tekislikda) mo‘ljal olish malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi “chapdan—o‘ngdan”, “ustida—ostida” kabi qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak.
Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish uchun bunday topshiriq bernladi: varaqning yuqori chekkasiga 4 ta varaqcha va pastki chekkasiga shuncha gulcha qo‘yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima qayerda yotganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan (shakllar miqdorini orttirish, ular o‘rinlarini almashtirish va h. k.) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, “Kim eslab qoladi?”, “Nima o‘zgardi?”, “Nimalari bilan farq qiladi?”, “Juft kartochkalar” kabi o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Bunday topshiriqlarni o‘tkazish metodikasi haqida fikr yuritamiz.
Olti yoshli bolalar “o‘ziga” nisbatan to‘la ishonch bilan mo‘ljal oladilar. Ammo hali ularning ko‘pchiligi buyumlarnkng, boshqa odamlarning o‘ng va chap tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o‘zi tomoniga yuzi bilan aylangan o‘rtog‘ining o‘ng qo‘li uning chap qo‘li qarshisida bo‘lish holi ajablantiradi.
Nega bunday bo‘ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va malakalarning puxta stereotipi (andozasi) yig‘ilib qoladi: o‘ngda (o‘ngroqda, o‘ngga), o‘ng qo‘l turgan tomonda bo‘ladi. Bu fazo “o‘zidan” mo‘ljal olishda mutlaqo to‘g‘ri. Ammo endi vaziyat o‘zgardi. “Bolaga boshqa odamdan yoki boshqa buyumlardan mo‘ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi subyektning o‘zidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo‘ladi. Haqiqatda esa, masalan, bola o‘zi bilan juft bo‘lib turgan Malik o‘zidan o‘ng tomonda turganini yaxshi biladi. Bu endi odat, oddiy haqiqat. Ammo teskari fazoviy munosabatlarni (chunonchi, “Agar Malik mendan chap tomonda turgan bo‘lsa, u holda men undan o‘ng tomonda turgan bo‘laman”) tushunish tayyorlov guruh bolalari uchun ham unchalik oson emas. Bu yerda “boshqa odamga nisbatan” mo‘ljal olish vaziyati mavjud. Buni to‘g‘ri tahlil qilish uchun bsla eng oldin o‘rtog‘ining o‘ng va chap qo‘li (tomoni)nn aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar bu malakani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko‘nikma bo‘lishi kerak.
О lti yoshli bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni xuddi o‘ziga nisbatan o‘ng va chap tomoini aniqlagandek aniqlashini yaxshi tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o‘ng qo‘l turgan tomonda; o‘ng tomon chap qo‘l turgan tomonda). Aniqlashning samarali usuli hayolan o‘rtog‘ining orqasiga turishdan iboratdir. Shunday qilib; “yuzi bilan orqasiga” boshlang‘ich holatidan, ya’ni bola o‘rtog‘ining orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o‘ng va chap tomonni aniqlash kerak; shundan keyin “yuzma-yuz” holatida, ya’ni boshqa bola qarshisiga turib, “o‘ng-chap” ni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday boshlang‘ich holatda, hatto o‘rtog‘i orqasi bilan turganda ham, “o‘ng-chap” tomonlar aniqlanadi.


Download 111,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish