14-Mavzu: Keramik xom ashyo materiallarni quritish va kuydirish jarayonlari.
Reja:
1. Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi.
2. Keramik xom ashyomateriallarni quritish va kuydirish jarayonlari.
Karerdan keltirilgan xom ashyo yirikligi 5 mm gacha kilib maydalanadi. Kattik jinslar tosh maydalagich mashinalarida, yumshoklari esa (tuprok, bur) suv bilan maxsus xovuzda korishtirib maydalanadi.
Xovuzda xosil bulgan shlam deb ataluvchi kotmoksimon butka kuvur orkali silindr shaklidagi aylanma tegirmonga yuboriladi.
Pulat yoki chuyon sharchalar solingan tegirmon xar dakikada 28 marta aylanadi va natijada undagi 35-45% gacha bulgan shlam mayda kilib tuyiladi. Tuyilgan shlamning kimyoviy tarkibini tugrilash uchun uni uzatuvchi kuvurlar orkali shlam saklagich xovuzlarga yuboriladi va oksidlar mikdori laboratoriyada aniklanadi.
Pishirish. Tayyorlangan xom ashyo materiallari aylanma pechlarda pishiriladi. Pech kattik pulat listlardan yigilgan uzun silindr bulib, uning ichki kismi utga chidamli material bilan koplangan. Silindr uzunligi 185...230 m, diametri 5-7m. Aylanma pech maxsus tayanchlarga bir tomonga nishab (4o) kilib urnatiladi. Aylanish tezligi dakikasiga 1-2,5 aylanishga teng.
Xom ashyo namligi 34-40% bulgan shlam sifatida pechning yukori kismiga tushadi. Uning nishab tomonidan esa bosim ostida issiklik manbaidan olanga yuboriladi. Pechning tuxtovsiz aylanishi xisobiga xom ashyo asta-sekin yukori xarorat tomon siljiydi.
Asosiy fizik-kimyoviy jarayon aylanma pechda kuydirish vaktida ruy beradi. Bu jarayonlarni kurib utamiz.
Kuritish kismida. 70...200oS xaroratda xom ashyo kuritiladi, aylanma pechda asta sekin siljib mayda-mayda donalarga aylanadi va u kizib tarkibidagi gigroskopik namlik parlanib chikib ketadi.
Isitish kismida. 200...700oS xaroratda xom ashyodagi organik aralashmalar yonadi, gil tuprok minerallaridagi kimyoviy boglangan suv parlanib chikib ketib suvsiz kaolinit – Al2O3 2SiO2 xosil buladi.
Parchalanish (dekarbonizatsiya) kismida. 700...1100oS xaroratda kalsiy va magniy karbonatlar SaO, MgO va SO2 ga ajraladi, giltuprokdagi alyumosilikatlar SiO2, Al2O3 va Fe2O4 ga ajraladi. Xosil bulgan kattik xolatdagi kalsiy oksid kimyoviy boglanib, past asosli silikatlar – 2SaO SiO2 , kalsiy alyuminat va kalsiy ferrit 2SaO Fe2O4 larni xosil kiladi.
Ekzotermik jarayonlar kismida. 1100 ... 1300oS xaroratda kuyidagi birikmalar xosil buladi: uchkalsiyli alyuminat 3SaO Al2O3, turt kalsiyli alyumoferrit 4CaO Al2O3Fe2O4 , lekin kalsiy oksidning bir kismi ozod boglanmagan xolda koladi. Bu davrda donachalar tulik xosil bulib ulguradi.
Kuydirish kismida. 1300...1450oS xaroratda aralashma bir oz eriydi. Bunda 3CaOAl2O3; 4CaOAl2O3Fe2O4; MgO va tez eruvchi kushimcha aralashmalar eriydi. 2CaOSiO2 vaCaO eritmada aralashib, uzaro kimyoviy birikadi va klinkerning asosiy minerali 3CaOSiO2 ni xosil kiladi.